Kazus davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan
Download 288.24 Kb. Pdf ko'rish
|
dhn oraliq distant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Beshinchidan
Federativ davlat (lotincha «foederare» so‘zidan olinib, «ittifoq bilan
mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat hisoblanadi. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat: birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, ikki fuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi. To‘rtinchidan, federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega: quyi palata butun mamlakatning manfaatini, yuqori palata federatsiya subyektlari manfaatlarini ifoda etadi. Beshinchidan, markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi yagona qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xizmatlari, bojxona tizimi mavjud bo‘ladi. Oltinchidan, federatsiyaning subyektlari davlat belgilariga – o‘z konstitutsiyasiga, oliy davlat hokimiyat organlariga (subyekt boshlig‘i, parlament, hukumat), o‘z ramzlariga ega bo‘ladi. Davlatlarning yagona federatsiya tarkibiga birlashuvi ayrim hollarda ularning bitta davlat tarkibiga singib ketishi natijasi, davlatning tuzilishi shakli dastavval federatsiya bo‘lsa, keyinchalik unitar siyosiy shaklga aylanib ketishi hollari uchrab turadi. Fransiya misolida ko‘radigan bo‘lsak, mazkur davlat tarixda bir necha ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘lgan alohida kichik mustaqil davlatlar, jumladan, bir qirollik, bir kurf-yuretlik, 26 gersoglik, 6 knyazlik, bir markgraflik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 mulk, bir markizlik, bir «kaptalat» va 13 vaqf yerlaridan tashkil topgan edi. Ular dastlab federatsiya tarkibiga birlashdilar, keyinchalik bu kichik davlatlarning barchasi yagona Fransiya davlati sifatida birlashib, o‘zida unitar siyosiy shaklni tashkil etdi.Federatsiyalarga AQSH, Braziliya, Meksika, Rossiya hamda Germaniya kabi davlatlarni misol qilib keltirsak bo’ladi. Download 288.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling