Kazus mavzu


Download 36.67 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1370120
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat mexanizmi

Davlat organi - davlat funksiyalarini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun tegishli hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan davlat mexanizmining bo’g’inidir. Davlat organlari o’zaro farq qilishiga qaramay, bir butunning qismlari hisoblanadi va o’zaro chambarchas bog’liq2.
O’ylashimizcha, masalan O’zbekistonning davlat mexanizmini yirik bir tizim deb oladigan bo’lsak, uning tarkibiga kiruvchi kichik tizimlarni misol keltirish uchun davlatning yuqori organlarini aytishimiz mumkin. Bularga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Sud organlari kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Davlat mexanizmining tashkil etilishi qonun yo’li bilan amalga oshiriladi va uni amalga oshirishda biz bilamizki hokimiyatlar bo’linish prinsipiga amal qilinadi, ya’ni davlat hokimiyat tizimi 3 ta tarkibiy qismga bo’linadi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11- moddasida ham aytib o’tilgan – O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi3.
Shu o’rinda yirik siyosatshunos olim Lazerovning fikrlarini keltirib o’tmoqchiman: “ Muayyan bir davlatda davlat organlarining tizimi, haqiqatdan hokimiyatlar bo’linish prinsipiga asoslangan bo’lsa, bu holda nazorat, ta’sis va boshqa hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan bir qatorga qo’yib bo’lmaydi, zero, bunday yondashuv, umuman, nafaqat hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishini inkor etibgina qolmay, balki butunlay hokimiyat bo’linishini inkor etadi”4.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 18-dekabrda ma’qullangan Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi qonunning 7-moddasida O’zbekiton Respublikasining Qonunchiligi to’g’risida alohida to’xtalib o’tilgan, ya’ni unda :
Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo’lib, ular O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.

Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling