Kazus mavzu
Download 36.67 Kb.
|
Davlat mexanizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi muammoga
- Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi qonunning 3-moddasida
Davlat organlarining asosiy o’rni shundan iboratki, bu hokimiyatlar tizimida bir-birini tiyib turish va muvozanatni ushlash prinsipining mexanizmi mavjud va ularning har qanday ko’rinishda biron bir organ yoki shaxs qo’lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiste’molliklarga olib keladi hamda shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Shuningdek, bu mexanizmning borligi bizning yutug’imiz, zero uning qanchalik samarali bo’lishini biz mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy taraqqiyot suratlaridan va rivojlanish darajasidan bilishimiz mumkin5.
Ikkinchi muammoga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bizning fikrimizcha, davlat organlari muayyan hokimiyat vakolatlariga ega ekanligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan ajralib turadi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan holda qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydilar. Davlat tashkiloti va muassasalar bunday hokimiyat vakolatiga ega emas. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy miqdoriga ko’ra muayyan tuzilishga ega. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazirlik va davlat qo’mitalaridan iborat; vazirlik(qo’mita) tarkibi esa bosh boshqarma, boshqarmalar, bo’lim, bo’linmalar tarzida tashkil etiladi. Respublikamizning davlat mexanizmida Vazirlar Mahkamasi organ sifatida kata ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi qonunning 3-moddasida shunday deyilgan: “Vazirlar Mahakamasining faoliyat ko’rsatish tartibi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”, jumladan 20-modda birinchi qismiga ko’ra “Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”6. Bundan ko’rinib turibdiki, Vazirlar Mahkamasi qonunda keltirib o’tilganidek ijro jokimiyati sifatida katta vakolatlarga ega va u chiqargan qonun doirasidagi har qanday qaror va farmoyishlar O’zbekiston fuqarolari tomonidan bajaralishi majburiydir. Download 36.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling