Kazuslaar 1- kazus


Savol: Ushbu holatda sud tomonidan yuridik faktni tasdiqlash uchun asoslarmavjudmi? 9-kazus


Download 18.53 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi18.53 Kb.
#1524613
1   2   3   4
Bog'liq
IPH YAKUNIY KAZUSLAAR

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
Savol:
Ushbu holatda sud tomonidan yuridik faktni tasdiqlash uchun asoslarmavjudmi?
9-kazus
“Neftegazservis” MChJ (Rossiya) 51% ulushda hamda “Qaldirg‘och” MChJ (O‘zbekiston) 49% ulushda birgalikda faoliyat yuritish maqsadida “Neftgaz” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasini tashkil etib, Toshkent shahar Adliya boshqarmasida 2010 yil 15 oktabr sanasida ro‘yxatdan o‘tkazib faoliyat boshladi. “Qaldirg‘och” MChJ o‘zining 49% ulushini “Neftgaz” MChJ shaklida QK ro‘yxatdan o‘tkazulguniga qadar shakllantirdi, ammo “Neftegazservis” MChJ 51% ulushini to‘liq 2011 yil noyabr oyida shakllantirdi. Ushbu xolat yuzasidan xech qanday eъtiroz bildirilmadi. “Neftgaz” MChJ ustavida ta`sischi jamiyatdan chiqish istagini bildirgan vaqtdan boshlab u jamiyatdan chiqqan hisoblanishi haqida norma biriktirilgan bo‘lib, 2015 yil 25 avgust kuni “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) “Neftgaz” MChJ taъsischilari ro‘yxatidan chiqishini maъlum qilib, ulushini faqatgina mol -mulk ko‘rinishida ajratib berishni so‘ragan. Jamiyat ijro organi taъsischilar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirib, “Neftegazservis” MChJning arizasini muhokama qilib, ulushini mulk ko‘rinishida ajratib berishni rad etgan. Shundan so‘ng, ijro organi “Neftgazs” MChJ shaklidagi QK ustaviga o‘zgartirish kiritib, “Neftegazservis” MChJni ta`sischilar safidan chiqarib, jamiyatni MChJ shaklidagi QKdan MChJ shaklida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) 51% ulush egasi ekanini, uni noqonuniy tartibda ta`sischilar safidan chiqarilganini, uni arizasi muhokamasida uning vakillarini ishtiroki ta`minlangan bo‘lsada ovoz berish jarayonida ularni ovozlari inobatga olinmaganini ma`lum qilib ushbu nizo yuzasidan sudga murojaat qilishini ma`lum qilgan.


Savol:
1. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering, javobingizni asoslantiring.
2. “Neftegazservis” MChJ huquqlarini tiklanishi asoslarini hamda tartibini tahlil qiling.
10- kazus
Arizachi “SADAF” MChJ xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “PLAST” MChJga nisbatan O‘zbekiston Savdo sanoat palatasihuzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining 29.12.2013 yildagi2013/10- 009- sonli hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘ragan va hal qiluv qarorinibekor qilish uchun asos sifatida uning hakamlik sudining majlisida ishtiroketmaganligi keltirilgan. Hakamlik sudning 21.10.2013 yildagi ajrimi bilan da’vo arizasi ishyurituvga qabul qilingan va 01.11.2013 yilga tayinlangan . Mazkur ajrim aloqabo‘limi tomonidan 27.10.2013 yilda “SADAF” MChJning ishonchnomabo‘yicha vakili “Xoliqov”ga topshirilganligini tasdiqlovchi pochta xabarnomasimavjud. Hakamlik sudining majlisi javobgar ishtirokini ta’m inlash uchun01.11.2013 yildan 29.12.2013 yilga qoldirilgan va ishni ko‘rishni qoldirishhaqidagi ajrimlar o‘z muddatlarida “SADAF” MChJ huquqshunosi tomonidanqabul qilib olingan.
IPKning 155- 4- moddasi birinchi qismi 5- bandi talablariga ko‘ra, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqidategishli tarzda xabardor qilinmaganligi sababli u hakamlik sudiga o‘ztushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etishilozim .


Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering? Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asoslar mavjudmi?
Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling