Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

121
Taras Bulba
Biroq juhudlar fursatdan foydalanib, sirdan vo-
qif bo‘ldilar; zaporojyеliklarning qayoqqa va nega 
ketganla rini, qaysi bo‘linmadan qancha odam 
ketganini, lashkarboshilari kimligini, qolganlar 
qanchaligini, endi ularning fikri nimaligini bilib 
oldilar. Xullas, oradan bir necha daqiqa o‘tar-
o‘tmas shahardagilar hamma gapdan xabardor 
bo‘ldilar. Shahardagilarning lashkarboshilari 
botirlanib, jangga tayyorlana boshladilar. Taras 
shahardagi shovqin-suron, g‘avg‘o va harakat-
ni ko‘riboq payqadi va darrov farmon chiqarib
tayyorgarlik ko‘ra boshladi, hamma bo‘linmalar-
ni uch guruhga bo‘lib, ot-aravalardan istehkom 
yasadi, bu tariqa urush qilganda zaporojyеliklar 
sira yengilmas edilar. Ikki bo‘linmani pistirma-
ga qo‘ydi. Siniq nayza bormi, boshqa qurollar 
bormi, yog‘och bormi to‘plab, tevarak-atrofga 
qoziq qoqtirdi. To‘g‘ri kelib qolsa, dushmanning 
otliq askarlarini bu yerga qamab olmoqchi edi. 
Hamma ish tayyor bo‘lgandan keyin kazaklarga 
va’z aytdi; ularning ruhlarini ko‘tarib, dalda be-
rish uchun emas, chunki bunga ehtiyoj yo‘qligini 
bilar edi, yuragida saqlagan gaplarni aytib olmoq 
uchun va’z so‘zladi.
– Og‘alar, bizning o‘rtamizdagi birlikning ni-
maligini sizga aytmoq istayman. Ota-bobolari-
mizdan eshitgansizki, bizning yurtimiz avval juda 
ulug‘ va aziz ekan; bizni hamma hurmat qilar 
ekan, yunonlargacha bizni bilar ekan, bizga boj-
xiroj berar ekan; shaharlarimiz obod, ibodatxo-
nalarimiz rivojda, katoliklardan chiqqan dinsiz 
podsholar emas, o‘zimizdan, rusdan chiqqan 
podsholarimiz bor ekan. Dinsizlar kelib, ham-
ma narsani egallab oldilar, hamma barbod bo‘lib 


122
Nikolay Gogol
ketdi, yolg‘iz bizlar qoldik; azamat eridan ajrab, 
tul qolgan yesirdek biz ham yesir qoldik, yurtimiz 
ham bizdek yesir qoldi. O‘rtoqlar, ana shunday 
og‘ir zamonda bizlar qardoshlik ahdi paymoni-
ni qildik, qardoshchiligimizning negizi ana shu-
naqa, bu qardoshlik ahdidan muqaddas, aziz 
hech narsa yo‘q. Ota-ona bolasini yaxshi ko‘radi, 
bola ham o‘z ota-onasini yaxshi ko‘radi, ammo 
jigarlarim, bu yaxshi ko‘rish boshqa, chunki hay-
vonlar ham o‘z bolalarini yaxshi ko‘radilar. Jon 
va tan bilan bog‘lanib, qardosh bo‘lish, yolg‘iz 
odamlar orasida bordir. Boshqa yurtlarda ham 
bu qardoshlik bo‘lgan, lekin rus tuprog‘idagidek 
qardoshlik hech qayerda bo‘lgan emas. Sizlarning 
ko‘plaringiz ko‘p yurtlarni ko‘rgansiz, ko‘p yillar 
musofirchilikda yurgansiz; bu yurtdagilar ham 
odam, ular ham Xudoning bandasi, siz-u bizdek 
gapirishadi, biroq sidqidil bilan, yurak-bag‘ridan 
chiqarib gapirish ularda yo‘q. Aqllari ham joyida, 
bizga o‘xshagan odamlar, lekin baribir ular bosh-
qa. Azizlarim, rus qalbi singari yaxshi ko‘rish, aql 
yoki boshqa bir narsa bilan emas, balki butun 
jon-taning, borlig‘ing bilan yaxshi ko‘rmoq, eh-
ha! – Taras shunday deb qo‘lini siltadi, oq mo‘ylo-
vini uchirdi, so‘ngra yana dedi: – Yo‘q, hech kim 
bu xilda yaxshi ko‘rolmaydi! Endi bu dunyoning 
odamlarida insof qolmadi, pastkashlik rivoj olib 
ketdi, faqat o‘zim bo‘lay deydilar; xirmon-xirmon 
bug‘doyim, g‘aram-g‘a ram pichanim, yaylov to‘la 
yilqim bo‘lsin, ombor larda xum-xum sharoblar 
tursin deydilar; kim bilsin allaqanday shaytoniy 
odatlarni qiladigan bo‘lib qoldilar; tillarini tiy-
maydilar; qarindosh qarindosh bilan so‘zlamoqni 
xohlamaydi; bozorda chorvani sotgandek bir-bir-


123
Taras Bulba
larini arzonga sotadilar. Yot podshoning iltifo-
ti, podshoniki qayoqda, saxtiyon chorig‘i bilan 
tumshuqlariga tepsa ham, bir mumsik polyak 
boyning qilgan iltifoti ularga har qanday qardosh-
likdan qimmatroq. Ammo har qanday past, razil 
odam bo‘lsa ham, xusho 
madgo‘ylikning loyiga 
belangan, qora kuyaga bo‘yalgan bo‘lsa ham, chi-
rog‘larim, harnechuk badanida zarracha rus ruhi 
bor; axir bir kun ruhi uyg‘onib, sho‘rlik attang 
deb, peshonasiga uradi, razolatda o‘tgan umri-
ga la’natlar o‘qib, sharmandalik loyini yuvmoq 
uchun o‘zini har bir azob-uqubatga solishga 
tayyor bo‘ladi. Rus tuprog‘ida qardoshlik nimali-
gini barcha bilsin, o‘lim haq bo‘lsa, ulardan hech 
kim bunday o‘lim topolmaydi! Hech qaysisi! Bizga 
nasib bo‘lgan o‘lim bilan o‘lmoqqa u ko‘r sichqon-
lar toqat qilolmaydilar!
Atamanning so‘zi shu bo‘ldi. Ko‘pni ko‘rib 
sochlari oqargan kumushdek boshini gapi tamom 
bo‘lgandan keyin ham qimirlatib turar edi; uning 
so‘zi yig‘ilganlarning hammasiga qattiq ta’sir qilib, 
yurak-bag‘riga borib tegdi; safda turgan mo‘ysa-
fid keksalar ham sochi oqargan boshlarini quyi 
solib, jim bo‘lib qoldilar. Qarigan ko‘zlar jiq-jiq 
yoshga to‘ldi. Mildir-mildir oqqan yoshlarini as-
tagina yeng uchida artib olgach, hammalari itti-
foq qilgandek birdaniga qo‘llarini, ko‘pni ko‘rgan 
boshlarini silkitib qo‘ydilar. Chol Taras ularga 
o‘tmishdan ko‘p narsalarni eslatdi, alam-has-
ratlarni ko‘p tortgan, mehnat va mashaq qatlarni 
ko‘p chekib, jang-jadallarni ko‘p ko‘rib, tiriklik-
ning azob-uqubatini ko‘p tortib pishgan, aqli 
to‘lgan odamlarning ko‘nglida bo‘ladigan yoki 
bu qattiqliklarni ko‘rmasa ham, ularni dunyoga 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling