Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

124
Nikolay Gogol
keltirgan qari ota-onalarining baxtiga yosh qalbi 
ko‘pni sezgan o‘spirinlarda ham bo‘ladigan totli 
hissiyotlarni qo‘zg‘atdi.
Dushmanning askari ham karnay va nog‘oralar-
ni chalib, shahardan chiqa boshladi; ulug‘lari be-
hisob navkar va chokarlari bilan kibr-havo bilan 
kerilib chiqdilar. Semiz polkovnik buyruq berar 
edi. Miltiqlarini o‘qtalib, sovut-qalqonlarini yal-
tiratib, ko‘zlarini chaqchaytirib, kazaklar usti-
ga yopirilib kela boshladilar. O‘q yetar yergacha 
yaqinlashib kelishlari bilan kazaklar birdaniga 
yetti qarichlik miltiqlardan o‘qqa tutib, tinmas-
dan otaverdilar. Miltiq ovozidan dala-yu dashtni 
gumbur-gumbur bosdi. Yer-u ko‘kni tutun qop-
ladi, kazaklar tinmasdan otar edilar. Orqadagilar 
miltiqni o‘qlab oldindagilarga uzatar edilar; dush-
manlar kazaklarning miltiqlarini o‘qlamasdan 
otishlariga hayron qolar edilar. Yer-u ko‘kni tu-
tun qoplab, ikki tomon ham bir-birini ko‘rolmay 
qoldi, safdagilardan hali unisi, hali bunisi yiqilib 
turar, kimligini hech kim bilmas edi. Lekin lyax-
lar o‘q yomg‘irday yog‘ilib turganini, jang qizib 
borayotganini payqadilar. Tutun chiqib, o‘zlarini 
bir chetga olish uchun ketlariga chirangan edi-
lar, oralarida ko‘p kishilarning yo‘qligini ko‘rdi-
lar. Kazaklardan bo‘lsa yuztadan ikkita-uchta 
o‘ldi. Kazaklar bir dam ham to‘xtamasdan otaver-
dilar. Buni ko‘rgan farang muhandisi ham ular-
ning bu xilda urush qilishlariga hayron bo‘lib, 
qoyil qolganidan hammaning oldida: «Zaporojyе-
liklarga qoyilman! Boshqalar ham boshqa yurtga 
borganlarida shunaqa urushsinlar!» – dedi-da, 
darrov: «To‘plarning og‘zini kazaklar tomoniga 
to‘g‘rilang», – deb maslahat berdi. Cho‘yan zam-


125
Taras Bulba
baraklarning katta og‘zidan gumburlab chiqqan 
o‘q ovozidan yer ham larzaga kelib, hamma yoq-
ni tutun bosdi. Uzoq-yaqindagi shaharlarning 
bozor va mahallalariga ham zambarak tovushi 
eshitildi, dori hidi keldi. Ammo to‘pchilar mo‘ljal-
ni juda baland olgan ekanlar, o‘q yuqorilab, ka-
zaklar tepasidan o‘tib, yerga tushdi va tushgan 
joyida qop-qora tuproqni ag‘darib tashlab, yerga 
kirib ketdi. Buni ko‘rgan farang ustasi sochlari-
ni yulib, kazaklar tinmasdan o‘q yog‘dirib turgan 
bo‘lsalar ham, bunga qaramay, to‘pni o‘zi mo‘ljal-
ga olib otishga tutindi.
Taras buni uzoqdan ko‘rib, Nezamaykovskiy 
va Steblikovskiy bo‘linmasining falokat bosishini 
bilib turib edi, shuning uchun: «Darrov aravalar 
orasidan chiqib, otga mininglar!» – deb hayqirdi. 
Ammo Ostap askarlari bilan yetib kelib, o‘zini 
o‘rtaga urmasa, kazaklar aravalar orasidan ham 
chiqolmas edilar, otga ham minolmas edilar. 
Ostap olti to‘pchining piltasini tor tib oldi, lekin 
to‘rttasidan tortib olishga ulgurolmadi, chunki 
lyaxlar uni qaytardi. Bu orada farang to‘pchi ka-
zaklarning hech qaysisi haligacha ko‘rmagan kat-
ta to‘pning piltasini o‘z qo‘liga oldi. Bu to‘pning 
katta og‘zi hayhotdek ochilib turar, undan necha 
ming ajal baqrayib turgandek edi. Gumburla tib 
chunonam otdiki... keyin uning ketidan yana 
uch to‘p otildi, yer tagida ham to‘p otilgandek 
to‘rt marta gurillagan ovoz chiqdi. Bu to‘plar 
askarga qiron soldi. Ko‘p kazaklar ning boyaqish 
kampir onalari oriq qo‘llarini so‘ligan ko‘ksilari-
ga urib yig‘larlar; Gluxov, Nemirov, Chernigov va 
boshqa shaharlarda ko‘p kazaklarning xotinlari 


126
Nikolay Gogol
tul qol dilar, har kuni boyaqishlar bozorga chiqib, 
har bir o‘tgan-ketganga tikilib suygan yorlarini 
izlarlar, ammo shahardan o‘tgan askarlar orasi-
da suygan yorlari topilmaydi.
Nezamaykovskiy bo‘linmasidan deyarli tirik 
askar qolmadi. Boshog‘i oltindek bo‘lib, to‘lib tur-
gan bug‘doyni do‘l urib ketgandek, ularni shun-
doqqina qirib to‘kdi.
Kazaklarning qutlari o‘chib, hayron qoldilar. 
G‘azablari oshdi, bo‘linma atamani Kukuben-
ko odamlarining yarmisi qirilib ketganini ko‘rib, 
darg‘azab bo‘lib qolgan odamlari bilan o‘zi-
ni o‘rtaga urdi, avval duch kelganining boshini 
sapchadek kesib tashladi, ko‘p otliqlarning otini 
ham, o‘zini ham nayza bilan urib-yiqitib, to‘pchi-
lar tepasiga bordi va bir to‘pni o‘lja oldi. Nari-
roqda Umanskiy bo‘linmasining atamani Stepan 
Guska katta to‘pni tortib olish harakatida edi
bularni bu yerda qoldirib, o‘zini dushmanning 
boshqa to‘dasiga urdi, Nezamaykovskiy bo‘linma-
sining odamlariga dushman pisand emas, ularni 
bosib-yanchib, qirib borardilar. Lyaxlarning saf-
lari siyraklanib, o‘liklari dasta-dasta bo‘lib yotar 
edi. Aravalar oldida Vovtuzenko, oldinda Cherevi-
chenko, orqadagi aravalar oldida Degtyarenko
uning orqasida bo‘linma atamani Vertixvist turar 
edi. Degt yarenko ikki lyaxni nayzaga olib, endi 
uchinchisini olmoqchi edi, lekin bunisi osonlik 
bilan jon bermay qattiq olishib qoldi. Lyaxning 
ot va egar-jabduqlari xo‘b dabdabali, orqasida 
navkar va chokarlarning o‘zidan ellik kishi bor 
edi. Degt yarenkoni yengib, otidan yiqitdi, qilichi-
ni uning boshiga ko‘tarib: «Siz itvachchalar ning 
bittasi ham menga bas kelolmaydi!» – deb baqirdi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling