Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

133
Taras Bulba
bo‘lar! Bir yoqda allaqachon Metelitsyani nayzaga 
olibdilar. Yana bir Pisarenkoning boshi chirpirak 
bo‘lib kesilib tushdi, ko‘zlari ola-bula alangla nib 
yumildi; to‘rt taqsim qilib, chopilib tashlangan 
Oxrim Guska ham ag‘anab tushdi. Taras: «Ha, 
bo‘linglar!» – deb ro‘moli bilan ishora qildi. Ostap 
uning bu ishorasini fahmlab, pistirmadan chi qib, 
dushmanning otliqlariga o‘zini urdi. Lyaxlar uning 
hamlasiga bardosh qilolmay qochdilar. Ostap 
ularni quvlab, yerga nayza va yog‘ochlardan qoziq 
qoqilgan joyga haydab kirgizdi. Lyaxlarning otlari 
qoqilib, egalari ustidan uchib tushaverdi. Arava-
lar orqasida hammadan keyinda turganlar dush-
man o‘q yetar yerga yaqin kelganini ko‘rib, to‘sat-
dan o‘qqa tutib qoldilar. Lyaxlar hammasi bir yer-
ga g‘uj bo‘lib, esankirab qoldi. Kazaklar g‘ayratga 
mindilar; har tomondan «Zafar biz tarafda, zafar 
biz tarafda!» degan ovozlar ko‘tarildi. Shodiyo-
na karnay chalib, zafar tug‘ini tikdilar. Shikast 
yegan lyaxlar har tarafga tumtaraqay qochdilar. 
Taras qal’a tomonga qa rab: «Hali batamom g‘ala-
ba qilganimiz yo‘q» – dedi; voqea shunday edi.
Shahar darvozasi ochilib, barcha otliq askar-
larning shon-shavkati bo‘lgan navjuvon otliq 
askarlar dabdaba bilan chiqdilar. Hammasi-
ning tagida bir xilda to‘riq arg‘umoq ot, hamma-
dan oldinda bir juvonmard pahlavon kelar edi. 
Jez dubulg‘asi tagidan qora kokillari chiqib tu-
rar, go‘zallarning go‘zali qo‘li bilan tikilgan qim-
matbaho sharf qo‘lida hilpirab borar edi. Taras 
buni ko‘rib tanigach, es-hushi og‘ib, hayratda 
qoldi. U Andriy edi. Pahlavon jangning jonboz-
lik zavq-shavqiga to‘lib, qo‘liga bog‘langan tuhfa-
ga loyiq mardlik ko‘rsatmoq havasi bilan mast 


134
Nikolay Gogol
bo‘lib, bir gala tozilar ichida barchasidan ildam, 
barchasidan chiroyli tozichadek javlon urib borar 
edi. Shikor ustasi uni olkishlab qo‘yib yubordi, u 
ham to‘rt oyoqlab, yakka kiftlab, qorni to‘zg‘itib, 
avjiga olganda har qanday yugurik quyonni ham 
yo‘lda qoldirib borar edi. Chol Taras uning o‘ng-u 
so‘lini chopib kelishini tomosha qilib, ag‘rayib qol-
di. Taras toqat qilolmay: «Hoy, o‘z qarindoshlaring-
nimi? Hali-ya? Iblis bolasi, o‘zingnikini urasanmi?» 
deb baqirdi. Ammo Andriy kim bilan urush qilayot-
ganini, oshnami, begonami farq qilmay, o‘ng-u 
so‘lini surishtirmay urar edi. Uning ko‘ziga hech 
narsa ko‘rinmas, faqat parishon kokillar, daryo 
yuzida suzib yurgan oqqushdek siynalar, oppoq 
qordek tomoq va kiftlar, totli-tot li o‘pish uchun 
yaratilgan dudoqlar ko‘rinar edi, xolos.
Taras baqirib: «Hoy, azamatlar, aldab-suldab 
chakalakka olib kelinglar uni, chakalak ichiga 
kelsa bo‘lgani!» – der edi. Ildam, chaqqon kazaklar-
dan o‘ttiz kishi darrov hozir bo‘lishdi, bular uzun 
telpaklarini rostlab olib, ot qo‘yib dushmanning 
oldini to‘sib chiqmoqchi bo‘ldilar. Yon tomondan 
kirib, oldindagilarga hamla qildilar, ularni paro-
kanda qilib orqadagilardan ayirib tashladilar, ke-
yin ikki tomonni ham xo‘b kaltakladilar. Goloko-
pitenko Andriyning orqasiga qilichining teskarisi 
bilan urdi. Kazaklar darrov orqaga qarab qochdi-
lar. Andriy g‘azablandi, yosh qoni tomir-tomirla-
rini o‘ynatdi. Otiga qamchi urib, jon-jahdi bilan 
kazaklar ketiga tushgancha, orqasiga qayrilib 
qaramay, ketidan atigi yigirma kishigina kelayot-
ganidan bexabar, ot chopib boraverdi. Kazak-
lar esa otlarining joni boricha choptirib borib
chakalakka urib ketdilar. Andriy quvlab borib, 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling