Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
156
Nikolay Gogol tiling bordi! Sizlarning bid’at dinlaringizni hech kim tanimaydi, – dedi Bulba. Sarboz: – E-ha, e-ha! Oshnam, kimligingni bildim. Sen ham mana shu yerdagi bandilardansan. Shosh- may tur, men odamlarimizni chaqiray, – dedi. Taras chakki ish qilib qo‘yganini bildi, ammo qaysarligi ustiga alami qo‘shilib, qilgan xatosini tuzatish to‘grisida o‘ylashga qo‘ymadi. Yaxshiki, Yankel darrov kelib qoldi. – Muhtaram afandi! Qanday qilib graf kazak bo‘lsin. Agar bandi kazak bo‘lsa, ustidagi jomalar- ni qayerdan oladi, qiyofati shunaqa bo‘ladimi? – Menga cho‘pchagingni aytma! – shunday deb sarboz boshliqlarni chaqirmoq bo‘lib, og‘zini ochdi. Yankelning quti o‘chib: – Shavkatli podshohim! Chaqirmang! Xudo haqqi, shovqin solmang. Ovozingizni chiqarmang, umringizda ko‘rmagan narsangizni beramiz, o‘n so‘mlik tilladan ikkitasini beramiz, – dedi. – E-ha, ikki oltin! Ikki oltiningiz menga nima? Sochimning yarmisini qirib qo‘yganiga sartarosh- ga ikki oltin beraman. Hoy, juhud, yuz oltin ber- sang, unda mayli! – dedi va sarboz yuqori mo‘ylo- vini burab qo‘ydi. – Agar yuz oltin bermasang, hozir chaqiraman! Rangi o‘chib, qoni qochgan juhud charm ham- yonini yecharkan, qaltirab: – Nega buncha ko‘p so‘raysiz? – dedi. Ammo uning baxtiga hamyonida yuzdan ortiq pul yo‘q edi, sar- boz ham yuzdan ortiq sanashni bilmas edi. Sarboz ko‘proq so‘ramaganiga afsuslangan- dek bo‘lib pullarni qo‘lidan qo‘liga olib turganini ko‘rgan Yankel hovliqib: 157 Taras Bulba – Afandim, afandim, tezroq ketaylik! Bu odam- larning yomonligini ko‘rdingizmi! – dedi. Bulba achchiqlanib: – Hoy, shaytonning sarbozi, pulni olishga ol- ding, endi ko‘rsatmayman deysanmi; yo‘q, endi ko‘rsat. Pul olganingdan keyin ko‘rsatmaslikka haqqing yo‘q! – dedi. – Keting, keting, yo‘qoling! Bo‘lmasa hozir ma’lum qilaman; sizni darrov tutib... Sizga ayta- man, tezroq tuyog‘ingizni shiqillating! Bechora Yankel: – Afandim, afandim, yuring ketaylik, azbaroyi Xudo, ketaylik, qurib ketsin, tushida bosinqira- sin! – deb qarg‘ar edi. Bulba boshini quyi solib, sekin orqasiga qay- rildi. Bekorga qo‘ldan ketgan oltinlar esiga tush- ganda, alamiga chidamagan Yankel uni koyib, orqasidan borar edi. – Tegib nima qilardingiz? It akillasa akillar- di-da! Bu xalq so‘kmasdan turolmaydi. Sho‘rim qursin, Xudoning xohishi shu ekan-da! Bizni quv lab chiqargani uchun yuz oltinimizni oldi-ya! Bizlar bo‘lsak, kokilimizni yulib olsalar ham, aft-basharamizning rasvosini chiqarsalar ham, hech kim bizga yuz oltin bermaydi. E, Xudoyim, o‘zing rahm qil! Ammo bu mag‘lubiyat hammadan Bulbaga yo- mon ta’sir qildi. Uning ko‘zida paydo bo‘lgan o‘t buning alomati edi. Go‘yo bexushlikdan seskanib uyg‘ongandek: – Yur, ketamiz! Bozor joyiga boramiz. Uni qan day qiynar ekanlar, shuni ko‘rmoq istayman, – dedi. – E afandim, nima qilasiz borib? Baribir bu- ning foydasi yo‘q-ku. 158 Nikolay Gogol Bulba qaysarlik qilib: – Yur, boramiz! – dedi, juhud yosh bolaning ena- gasi bolaning xarxashasiga ko‘nib, uning ayt ganini qilgandek uh tortib, orqasiga tushib ketaverdi. Mahbuslarga jazo beriladigan maydonni topib borish qiyin emas, chunki hamma o‘sha yoqqa borar edi. U dag‘al zamonda dor avom xalq uchun emas, balki kibor toifalar uchun ham katta to- mosha edi. Qancha-qancha xudojo‘y kampirlar, qancha-qancha qo‘rqoq qiz-juvonlar tomosha qil- gandan keyin, tuni bilan bosinqirab, ko‘zlariga qonga belangan o‘liklar ko‘rinib, mast sarbozlar- dan battar baqirishsalar ham, bu tomoshadan qolmay dor tagiga borar edilar. Ularning ko‘plari yuraklari zirillab, qarashga toqatlari qolmay, teskari qarab ko‘zlarini yumib: – Voy, vo-yey, muncha azob beradilar-a! – der edilar-ku, lekin baribir, ketmasdan qanchaga- cha bo‘lsa ham turaverar edilar. Ba’zilari yax- shiroq tomosha qilmoq uchun og‘izlarini ochib, qo‘lla rini cho‘zib, odamlarning tepasiga minib olguday bo‘lar edilar. Birtalay kichkina, oddiy kallalar orasidan qassob xum kallasini chiqarib turar va bu ishlardan yaxshi xabardor kishidek jallodlar ning har bir harakatiga diqqat qilib tu- rar, yonida turgan miltiqsoz ustani «oshna» der- di, chunki bayram kunlarida u bilan birga araq- xonaga kirib, ichishar edi. Ba’zilar juda qizishib gapirar edilar, ba’zilar hatto bas bog‘lashar edi- lar. Biroq odamlarning ko‘pchiligi, butun dunyo- ga va bu dunyoning barcha mojarolariga qarab turaveradigan odamlar edi. Hamma dan oldinda shahar soqchilari bo‘lgan mo‘ylovdor sarbozlar oldida boyvachcha yoki boyvachchanamo bir yi- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling