Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
162
Nikolay Gogol sochlarini yulib, oq ko‘ksiga uruvchi rafiqa sining yig‘isini eshitgisi kelmaydi. Uning tilagi shu, u bunday paytda yaxshi so‘z bilan uni yupatuvchi, ko‘nglini ovlovchi bir er yigitni ko‘rmoq istaydi. Holdan ketib, darmonsiz yiqilarkan: – Otam! Qayerdasan? Eshityapsanmi? – deb qichqirib yubordi. Hamma jimjit turgan bir kezda: – Eshitdim! – degan bir hayqiriq chiqdi-yu, jami xaloyiq ichiga g‘ulg‘ula tushdi. Otliq sipohlardan bir qanchasi odamlarni ora- lab qidirishga tutindi. Yankelning rangi o‘chib murda bo‘lib qoldi; sarbozlar undan nariroq ketganlaridan keyin Tarasga qaramoqchi bo‘lib, qo‘rqa-pisa qayrilib boqdi, ammo Taras yo‘q, al- laqachon izi ham qolmabdi. XII Tarasning izi topildi. Bir yuz yigirma ming ka- zak qo‘shini Ukraina chegaralarida paydo bo‘ldi. Bu qo‘shin o‘lja qidirib chiqqan, yoki tatarlarni quvlab kelgan kichik bir askar emasdi. Yo‘q, endi butun millat qo‘zg‘aldi, chunki xalqning sabr kosasi to‘ldi. Haq-huquqlarini poymol qilganlar- dan, uni xo‘rlaganlardan, ota-bobosining dini va urf-odatlarini haqorat qilganlardan, ibodat- xonalarini oyoqosti qilganlardan, zulm qilgan, ezgan, jabr-u jafosini o‘tkazgan ajnabiy boyonlar- dan, o‘z diniga kirgizmoqchi bo‘lgan bid’atchilar- dan nasroniylar yurtida juhudlar hokimlik qilib millati, nomusi to‘kilganligi uchun, xullas, ko‘p zamonlardan beri kazaklarning qahr-u g‘azabini qo‘zg‘atib, alamini oshirib kelayotgan barcha be- 163 Taras Bulba dodliklar uchun endi o‘ch olib, alamini chiqa rish uchun qo‘zg‘aldi. Yosh bo‘lsa ham, dili baquv- vat getman Ostranitsa 1 behad va behisob kazak qo‘shiniga bosh bo‘lib borar edi. Maslahatchisi va do‘sti keksa Gunya uning yonida borardi. Sakkiz polkovnik har qaysisi o‘n ikki ming askarga bosh edi. Ikki yasovulboshi bilan ikki bosh bayroqdor uning ketidan borardilar. Bosh tug‘chi tug‘ tagi- da borar edi. Yana birtalay bayroq va tug‘lar bor edi. Tug‘dorlar tug‘larini ko‘tarib borardilar. Yana birtalay amaldor va mansabdorlar, karvonboshi, mirzaboshi, yasovul-bakovullar bor edi, bular- ning har qaysisi qo‘l ostida piyoda va otliq askar- lar bor edi. Safarbar askarlar qancha bo‘lsa tax- minan yana shuncha fidoyilar, ko‘ngillilar bor edi. Qayerdaki, kazak bo‘lsa hammasi qo‘zg‘aldi; Chigirindan, Pereyaslavdan, Baturindan, Gluxov- dan, Dneprning etak tomonidan – undagi barcha orol va irmoqlardan otlanib keldilar. Dala-dasht- larda son-sanoqsiz ot-aravalar keti uzilmasdan borardi. Ana shu kazaklar orasida haligi sakkiz guruh askar ichida eng yaxshisi Taras Bulba qo‘l ostidagi askarlar edi. Uning keksaygan yoshi, ko‘p ish ko‘rganligi, qo‘shinga yo‘lboshchilik qi- lishga usta ligi, dushmanga qahri hammadan ortiqligi uni boshqalardan ortiq va martabasini ulug‘ qilardi. Uning berahm-beshafqat battolligi, hatto kazaklarning o‘zlariga ham haddan tashqa- ri ko‘rinar edi. Uning sochi oqargan boshi faqat o‘t bilan dorni bilar edi, xolos. Askarboshilar o‘ti- rishib kengashganda uning beradigan maslahat- 1 Ostranisa – XVII asrda Ukraina kazaklari Polsha hukm ronligiga qarshi kurashganlarida, kazaklarga bosh bo‘lgan botirlardan biri. 164 Nikolay Gogol lari ham faqat yiqitmoq, yoqmoq, qirmoq, qiyrat- moq edi. Kazaklar ko‘p jonbozlik qilgan janglarni ham, urushning qanday qizib borganini ham bunda uzun bayon qilib o‘tirishning keragi yo‘q, chunki bular- ning hammasi tarixga yozilgan. Rus tuprog‘ida din yo‘lida qilingan urushlar ta’rifi ma’lum-u mash- hur. Dindan zo‘r kuch yo‘q. Mavj urib har doim o‘zgarib, turlanib turgan dengiz o‘rtasidagi yuksak tosh naqadar qudratli, naqadar dahshatli bo‘lsa, din ham shunday kuchli, shunday qudratli. Den- giz o‘rtasidagi azamat tosh dengiz qa’ridan chiqib, yaxlit bir toshdan yaratilgan gavdasini ko‘klarga- cha yuksaltiradi. Qaysi tomondan qaralsa ham tosh ko‘rinadi, uning oldidan chopishib, o‘tib keta- yotgan to‘lqinlarni pisand qilmay turaveradi. Unga kelib tekkan kemaning sho‘ri qursin! Mayda-may- da bo‘ladi, ichida nimasi bo‘lsa suvga g‘arq bo‘la- di, yo‘q bo‘ladi, halok bo‘lganlarning dod-voyidan havoda bir larza qoladi, xolos. Ozod qilingan shaharlardan polyak askarla- rining qanday qochganliklari, insofsiz ijarador juhudlarning qancha-qanchasi qanday dorga osil- ganligi; polyak podshosining lashkarboshi si Ni- kolay Pototskiy behisob va beadad qo‘shini bilan ham hech narsa qilolmasdan bu azamat kuch qarshisida ojiz qolganligi; shikast yeb, qochib, kichkina bir daryoda eng sara askarlarini suvda halokatga yetkazganligi, Polonniy degan bir man- zilda bahodir kazak askarlari uni qurshab olgan- laridan keyin polyak lashkarboshisi hech chora topolmay nochor-u noiloj «Polyak qiroli va bosh- qa a’yoni mamlakat, barcha talablaringizga rozi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling