Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
VIY
1 Kiyev shahrida ulkan ibodatxona bor. Shu ibo- datxonaning darvozaxonasi oldiga osib qo‘yilgan jom erta bilan dang‘illab chalinishi bilan maktab- ga bola-yu talabalar shaharning to‘rt tomonidan qator-qator kelaverardilar. Savod va nutq o‘rga- nayotgan pastki sinf toliblari hamda ilohiyot va falsafa bilan shug‘ullanayotgan yuqori sinf tala- balari daftar-qalamlarini qo‘ltiqlab, dars xonaga kirishardi. Savodxonlar nuqul kichkina tirran- chalardan iborat, ular bir-birlarini itarishib, chi- yillashib so‘kishar, hammasining ki yim-boshi yirtiq-yamoq, kir va iflos, cho‘ntaklarida oshiqmi, patdan qilingan hushtakmi, tishlangan som- sa, ba’zida chumchuq bolasi, ishqilib, har balo bo‘lar edi. Gohida bulardan bitta-yarimtasining cho‘ntagidagi chumchuq bolasi dars vaqtida bir- dan chirqillab yuborsa, boyaqish egasi domladan xo‘b dakki eshitar, gohida olcha novdasi yelkasi- da o‘ynar edi. Ilmi kalom 2 o‘quvchi nazmxonlar siporoq edilar. Bularning kiyim-boshlari aksari butun bo‘lar edi-ku, lekin so‘zning husni ramz-u majoz bo‘lganidek, bularning husni-basharala- 1 Viy – sodda xalq to‘qib chiqargan xayoliy bahaybat max- luq malorossiyaliklar yer tagidan chiqadigan jinlarning bosh- lig‘ini «Viy» deydilar. Ularning qovoqlari osilib, yerga tushgan bo‘ladi. Bu hikoyaning boshdan-oyoq hammasi xalq orasida yurgan afsonadir. Men hikoyani andak bo‘lsa ham, o‘zgar- tirgim kelmadi va eshitganimni sodda qilib yozdim (yozuv chidan). 2 Ilmi kalom – inqilobdan avval eski madrasalarda o‘qi- tiladigan to‘gri so‘zlash ilmi. 174 Nikolay Gogol ridagi yirtiq-yamoqlari edi. Birining ko‘zi olayib joyidan o‘ynab ketgan, birining labi do‘rdaygan, xullas, har qaysisida bir alomat bo‘lar; bular ning tovushi yo‘g‘onroq, gaplashgan va ont ichgan- da tovushlari sal do‘rillabroq chiqar edi. Falsa- fa o‘rganuvchilarning tovushlari yana bir par- da yo‘g‘onroq bo‘lib, kissalarida achchiq tamaki cho‘pidan boshqa hech narsa bo‘lmas edi. Ularda bir narsani asrab qo‘yish odati bo‘lmas, nimaiki topsalar, shu tobda nafslariga urar edilar, ular- dan tamaki va araq hidi shunday burqirab turar ediki, mabodo, birorta kosib ularning yonidan o‘tib qolguday bo‘lsa, xuddi tozi itdek anchaga- cha havoni hidlab qolar edi. Bu paytda bozor ham endigina qizib kelayot- gan bo‘lganidan teshik kulcha, shirmoy non, tarvuz urug‘i, ko‘knor urug‘ sepilgan shirin non sotib yurgan xotinlar, yupqa endan yoki boshqa matodan to‘n kiygan talabalarni ko‘rsalar, etak- laridan tortib: – Keling! Beri keling, mulla! Teshik kulcha oling! Zag‘-zag‘ni qarang, Xudo ursin, o‘zim pishirganman! Asal deysiz! – deb har yoqdan chuvillashar edi. Yana bittasi uzunroq burama nonni ko‘tarib: – Mullajon, bu yoqqa qarang, burama nondan oling! Anavi xotindan ola ko‘rmang, basharasini qarang, ta’viyaligini ayting – burni qursin, qo‘li- ning iflosligini ko‘ring! – der edi. Lekin falsafashunoslar bilan dinshunoslar ning etaklaridan tortgani qo‘rqar edilar, chunki ular, yeb ko‘ray, deb changallab olib ketaverar edilar. Seminariyaga kelgach, har kim o‘z darsxonasi- ga kirib ketar edi. Darsxonalar pastak-pastak bo‘lsa ham, sahni keng, darchasi pastgina, eshiklari katta-katta, o‘tiradigan eshakchalari 175 Taras Bulba kir, mog‘or va iflos bo‘lar edi. Darsxonaga kirib o‘tirish lari bilan vijir-vijir o‘qish boshlanar, sho- girdlar saboqlarini xalfalariga o‘tkazar edilar. Savodxonning ingichka tovushi kichkina dar- chalar oynasiga tekkanda, oynalar ham shu xil- da ingichka aks-sado chiqarar edi. Bo‘yi, osilib tushgan lablari, faylasufga munosib bo‘lgan tilshunos lardan biri burchakka kirib olib, g‘o‘n- g‘illar edi, xolos, uning nima o‘qigani eshitil- mas, faqat olisdan do‘rilla gan ovoz eshitilar edi, ammo xalfalarning qulog‘i shogirdlarning o‘qishi- da bo‘lsa ham, ko‘zlari eshakcha tagida, chunki shogirdning cho‘ntagidan nonmi, somsami yoki qovoq urug‘imi, bir narsa ko‘rinib qolar edi. Ba’zida talabalar maktabga ertaroq kelib qol- salar yoki professorlari odatdagidan sal ha- yallab kelishini bilsalar, hammalari maslahat- lashib, mushtlashar edilar. Maktab bolalarining odob-axloqini tergab turuvchi peshqadamlar ham bu mushtlashuvda qatnashishga majbur edilar. Dinshunoslardan ikkitasi o‘rtaga chiqib, musht- lashish tartibini, ya’ni, har bir sinf o‘zi mushtla- shadimi yoki hammalari ikki tarafga bo‘linib, sho- girdlar bir taraf, talabalar bir taraf bo‘ladilarmi, buni aniqlab berar edilar. Harnechuk avval sho- girdlar boshlar edilar, lekin notiqlar aralashdi deguncha, darrov o‘zlarini bir chekkaga olib, te- palikka chiqar va bu yerdan turib, jangni tomo- sha qilardilar. Keyin, uzun-uzun qora mo‘ylovli falsafashunoslar aralashar edilar, gardani qalin dinshunoslar kirishar edilar. Jangning oqibati aksari shu bo‘lar ediki, dinshunos lar zo‘r chiqib hammani qochirardilar, falsafashunoslar yon- boshlarini qashigancha darsxonaga qochib, bun- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling