Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

159
Taras Bulba
git sipohiy kiyimda turar edi. Bu sipoh, bisotida 
nimasi bo‘lsa hammasini ustiga ilib chiqibdi, uyi-
da yirtiq ko‘ylagi bilan eski etigidan boshqa hech 
narsa qolmagandir. Bo‘ynida past-u baland ikki 
qator zanjir osig‘liq, zanjirga qandaydir bir ta n-
ga ham ilib qo‘yilgan, yonida mahbubasi turib-
di, uning ipak ko‘ylagini birov kir qilib qo‘ymasin 
deb, to‘rt tarafga alangla gani-alanglagan. Mah-
bubasiga hamma voqeani aytib tushuntirib ber-
di, aytmagan hech narsasi qolmadi. «Jonim Yu-
zitsya, ko‘rib turganingiz bu odamlar gunohkorni 
qanday qiynab, o‘ldirishlarini tomosha qilgani 
kelgan odamlardir. Jonginam, ko‘z oldingizda 
turgan anavi oyboltalik, shop-u shaloplik odam 
jalloddir, jazo beruvchi o‘sha. Turli xil qiynoqlar-
ga solganda ham gunohkor darrov o‘la qolmay-
di. Keyin boshini kesib tashlaydi; bundan keyin
jonim, birpasda o‘ladi. Avval xo‘b dodlab pitirlay-
di, lekin kallasi chopilishi bilan tovushi o‘chadi; 
suv icholmaydi, ovqat yeyolmaydi, chunki jonim, 
tanasida boshi yo‘q-da!» Yuzisya ham bu gaplar-
ga quloq solib, yuragi orziqib, eshitib o‘tirardi. 
Tomlarda liq to‘la odam. Tuynuklardan do‘ppiga 
o‘xshagan g‘alati qalpoqchalar kiygan, mo‘ylovi 
badburush basharalar qarab turar edi. Kibor 
boyonlar bolo xonalarda boshlariga chodir tikib 
o‘tiradilar. Oppoq qanddek yiltiragan tishlarini 
ko‘rsatib kulib turgan boyvuchchaning chiroy-
li qo‘llari panjarani ushlab turibdi. Biqqi se miz 
janob gerdayib tamanno bilan qarab turardilar. 
yengi tashlangan, yasangan bir malay sharob-u 
sharbatlar va laziz ovqatlar tashib turardi. Qora 
ko‘zli sho‘x bola oppoq qo‘liga holva va mevalarni 
olib, odamlar ustiga irg‘itar edi. To‘da-to‘da bo‘lib 


160
Nikolay Gogol
turgan och sipohiylar qalpoqlarini tutar edilar, 
rangi aynigan qizil to‘nining zarbog‘ichlari qoray-
gan askarbachchalardan birovi novcha bo‘yini 
cho‘zib, uzun qo‘li bilan bola tashlagan narsani 
ushlab olgach, avval o‘pib, siynasiga bosib, keyin 
og‘ziga solardi. Boloxonada oltin qafasda osig‘liq 
turgan qarchig‘ay ham tomoshabinlardan edi. U 
ham bo‘ynini qayirib, butini ko‘tarib odamlarga 
tikilib qarardi. Odamlar birdaniga g‘avg‘o ko‘tar-
dilar, har tarafdan: «Olib kelyaptilar!.. Olib kel-
yaptilar!» degan tovush chiqdi.
Bosh yalang, kokillari o‘sib tushgan, soqollari 
o‘sib ketgan kazaklar qo‘rqmasdan, xafa ham 
bo‘lmasdan mag‘rurona va mardona kelar edi-
lar. Qimmatbaho movut kiyimlari to‘zib, yirtiqlari 
osilgan edi. Xaloyiq tomoniga qaramas va salom 
ham bermas edilar. Oldinda Ostap.
O‘g‘li Ostapni ko‘rganda chol Tarasning ko‘ng-
lidan nimalar o‘tdi? Qanday hissiyotlar dilidan 
kechdi? Odamlar orasidan unga boqar va uning 
har bir harakatini diqqat bilan kuzatib turardi. 
Mahbuslar dor tagiga yaqin keldilar. Ostap to‘xta-
di. Bu achchiq o‘lim sharbatini avval ichadigan u 
edi. Sheriklariga qarab qo‘lini yuqori ko‘tarib, ba-
land ovoz bilan aytdi:
– Xudoyo, nasroniyning azob tortib, dodla-
ganini bu yerda ko‘rgan fosiqlarga eshitgulik qil-
ma! Hech qaysimizdan churq etgan ovoz chiqma-
sin! Shunday deb dor tagiga yaqinroq keldi.
Bulba:
– Barakalla, o‘g‘lim, barakalla! – dedi-da, 
mo‘ysafid boshini quyi soldi.
Jallod uning to‘zigan kiyimlarini yechib oldi. 
Qo‘l-oyog‘iga kunda soldilar, so‘ngra... jahan-
nam azobini tasvirlab, o‘quvchilarimiz dilini si-


161
Taras Bulba
yoh qilib o‘tirmaymiz, bu azoblarni tasvirlasak, 
o‘quvchilarimizning tepa sochlari tik bo‘lar edi. 
Bu qiynoqlar u dag‘al zamonning o‘z mahsuli edi, 
u zamonlarda odam bolasi faqat qonli urushlar-
ni bilar va shuning uchun qonxo‘rlikka o‘rga nib, 
ko‘ngli toshdek qotib ketgan va insonparvarlik-
dan bexabar edi. O‘sha asr odamlarining ba’zi bir 
saralari bu vahshiyliklarga qarshi bo‘lsalar ham, 
ularning qarshiligi behudaga ketar edi. Podsho-
lar, ilm-ma’rifat soyasida qulf-dillari ochilgan ko‘p 
dilovarlar bunday dahshatli choralar faqat kazak 
millatining qahr-g‘azabini qo‘zg‘atajagini fahmlar 
edilar. Biroq davlat ayonlari, hokim va to‘ralar-
ning qilgan beboshlik va g‘addorliklari oldida pod-
shoning hukmi va donishmandlarning fikri hech 
narsa bo‘lmay qolardi. Bu g‘addorlar kaltabinlik, 
xudbinlik va go‘daklar kabi bema’ni-yu bema-
za mag‘rurliklari orqasida mamlakat idora 
sini 
masxara va hajvga aylantirdilar. Ostap azob-u 
qiynoqlarga mardona turib, bardosh qilib berdi. 
Hatto qo‘l-oyog‘ining suyaklarini majaqlaganlari-
da va buning mudhish ovozi jim turgan odam-
lardan oshib uzoqdagi tomoshabinlar qulog‘iga 
yetganda, boyvachchalar ko‘zlarini yumib teskari 
qaraganlarida ham, undan sado chiqmadi, ammo 
faqat yuzi taskin topdi. Taras odamlar ichida 
boshini quyi solib, ammo qosh-qovog‘ini ko‘tarib, 
mardona qarab turar va: «Barakalla, o‘g‘lim, balli 
o‘g‘lim!» – deb tahsin o‘qir edi, xolos.
Biroq qiynoq juda jonidan o‘tib, o‘ladigan 
bo‘lganda toqati qolmadi, shekilli, ko‘zlari javdi-
rab, to‘rt tarafga qaradi. Yo Xudo, qani endi bir 
oshna ko‘rinsa! Hamma yot, hamma – begona! 
Hozir ayni shu mahal qarindoshlaridan loaqal bir 
kishi bo‘lsa edi. Ojiza onasining dod-faryodini yoki 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling