Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

153
Taras Bulba
taniyolmas edilar. Afti o‘ttiz beshdan oshmagan 
odamga o‘xshar edi. Ruxsori qip-qizil, yuzidagi 
yamoqlari undagi salobatni yana oshirar, zarbof 
kiyimlar, juda yarashib turardi.
Ko‘chalar hali ham uyquda. Pulparastlardan 
hech kim hali shahar ko‘chasiga chiqqani yo‘q, 
Bulba bilan Yankel cho‘qqayib o‘tirgan laylakka 
o‘xshagan bir imorat oldiga keldilar. Yalpaygan, 
pastak bu imoratning bir yog‘idan laylakning 
bo‘ynidek uzun mezana chiqib turar, mezananing 
tepasida kichkina tomcha ham bor. Bu imorat-
ning vazifasi ham ko‘p edi; kazarma ham, avaxta 
ham, hatto qozixona ham shu yerda edi. Bizning 
yo‘lovchilarimiz darvozadan kirib, katta ayvonga 
chiqdilar. Bunda bir mingga yaqin odam yotar-
di. Ro‘paradagi pastakkina eshik oldida o‘tirgan 
posbonlar chertmak o‘ynab o‘tirardilar. Posbon-
lar kelgan-ketganlarga uncha parvo qilmas edi-
lar, shuning uchun Yankel:
– Bizmiz, og‘alar, – degandan keyin qayrilib qa-
radilar.
Ulardan biri bir qo‘li bilan eshikni ocharkan, 
ikkinchi qo‘lini chertmakka tutib berib:
– Kiringlar! – dedi.
Ular qorong‘i, tor yo‘lakka kirdilar va bu yo‘lak-
dan borib, yana shunaqa yuqorisi bor deraza zal-
ga chiqdilar. Bir necha kishi birdaniga baqirishib:
– Kimsan? – deyishdi; Taras birtalay mukam-
mal qurollangan odamni ko‘rdi.
– Hech kimni kirgizishga ruxsat yo‘q.
Yankel:
– Bizmiz, biz! Azbaroyi Xudo, bizmiz! – deb 
shuncha qichqirsa ham, hech kim unga quloq 
solmadi. Yaxshiki, shu paytda semiz bir odam 


154
Nikolay Gogol
kelib qoldi; aftidan, kattalardan bo‘lsa kerak, 
chunki hammadan qattiqroq so‘kinar edi.
– Janobingiz bizlarni bilasiz-ku, graf janoblari 
hali yana ko‘p muruvvat qiladilar.
– Qo‘yib yuboring, la’natilar, boshqa hech 
kimni kirgizmang. Hech qaysingiz qilichingizni 
qo‘ymang, itdek yerda ag‘anab yota ko‘rmang...
Bu farmoyishlarning ketini bizning yo‘lov chi-
larimiz eshitmadilar. Yankel kimni ko‘rsa:
– Bizmiz, pan, biz, oshnamiz, – der edi.
Ular bora-bora yo‘lakning oxiriga yetganlari-
dan keyin posbonlarning biridan:
– Endi mumkinmi? – deb so‘radi.
– Mumkin, biroq avaxtaning ichkarisiga sizlar-
ni kirgizarmikanlar. Yan ketib qoldi, uning o‘rni-
ga boshqa odam turibdi, – dedi posbon.
Juhud ohistagina:
– E, attang, ishimiz pachava-ku, marhamatli 
xo‘jam! – dedi.
Taras hech narsaga quloq solmay o‘jarlik bilan:
– Boshla! – dedi. 
Juhud nochor itoat qildi.
Tepasi qubba zindonning oldida shop mo‘ylov 
bir sarboz turibdi. Mo‘ylovi uch yoqqa ayri bo‘lib, 
bittasi balandga, bittasi pastga, bittasi to‘g‘riga 
qarab ketgan; shuning uchun mushukka o‘xshar 
edi.
Juhud ikki bukilib yonboshlab yurib, uning 
oldiga bordi.
– Muhtaram afandim, ulug‘ martabali pan ja-
noblari!
– Sen juhud, menga gapiryapsanmi?
– Ha... janobi pan!
Mo‘ylovdorning ko‘zlari charaqlab:


155
Taras Bulba
– Him... Men oddiy bir askarman, – dedi.
– Azbaroyi Xudo, men hokimning xuddi o‘zi deb 
o‘ylagan edim. Hay, hay, hay... – Juhud shunday 
derkan besh panjasini kerib, bosh chayqadi: – sav-
latni qarang-a! Xudo haqqi, polkovnikning xud-
di o‘zi. Agar yana bir ellik bo‘lsa, polkovnikning 
xuddi o‘zi bo‘lardi-ya! Janobingizni pashshadan 
ham ildamroq arg‘umoqqa mindirib qo‘ymoq ke-
rak, ana undan keyin mashq beraverar edingiz!
Sarboz pastki mo‘ylovini rostlab qo‘ydi, ko‘zlari 
juda xurram bo‘lib suyunib ketdi. 
Juhud yana so‘z qotib:
– Harbiylar ham g‘alati bo‘ladi-da! Ulardan yax-
shi odam bo‘lmaydi: voy, voy, ta’rifini qo‘yavering. 
Bog‘ichlari, tugmachalari... oltindek yiltiraydi-ya! 
Qizlar ko‘rganda... Voy, voy!
Juhud yana boshini aylantirib qo‘ydi.
Sarboz yuqori mo‘ylovini burab, otning kish-
nashiga o‘xshanqirab ketgan bir tovush chiqardi.
– Janobingizdan bizga bir xizmat ko‘rsatishin-
gizni so‘rayman. Ulug‘, boshqa yurtdan kelibdi-
lar, kazaklarni bir ko‘ray deydilar; kazak degan 
xalqni aslo ko‘rmagan ekanlar, – dedi juhud. 
Yevropaning chala Osiyo bir qismini tomosha qi-
lish uchun boshqa yurtlardan ko‘p ajnabiy graf va 
baronlar Polshaga sayohatga kelar edilar. Maskovi-
ya bilan Ukrainani ular Osiyo hisoblar edilar. Shu 
sababdan sarboz boshini egib, ta’zim qilgach, bir 
necha kalima so‘z qotmoqni lozim topdi:
– Bilolmadim, janobi oliy, ularni ko‘rib nima 
qiladilar. Ular odam emas, it! Dinlari ham hech 
kim tanimagan rasvo bir din.
– Shaytondan bo‘lgan, bekor aytibsan! It – sen 
bo‘lasan! Bizning dinimizni bulg‘atgani qanday 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling