Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

150
Nikolay Gogol
«Ana, Mardoxay, Mardoxay!» deb qichqirdilar. 
Yankelga qaraganda oriqroq, lekin yuzida ajinlari 
ko‘proq, yuqori labi juda qalin bir juhud munta-
zir bo‘lib turgan juhudlar oldiga keldi. Juhudlar 
biri olib, biri qo‘yib bir nimalar der edilar. Mardo-
xay Taras turgan uyning darchasiga qarab-qarab 
qo‘yar edi, bundan Taras uning to‘g‘risida so‘zla-
shayotganlarini fahmladi. Mardoxay qo‘lini pax-
sa qilib, boshqalarning so‘zini bo‘lib, bir narsalar 
der, hadeganda yoniga tupurib, to‘nining etagini 
ko‘tarib qo‘yar, qo‘lini kissasiga tiqib, allaqanday 
soqqalar olar va ishtonini ko‘rsatar edi. Bir mahal 
juhudlar hammasi chug‘urlashib shunday g‘avg‘o 
ko‘tardilarki, nariroqda qorovul turgan bir juhud 
ularga ishora qilib: «Jim bo‘ling!» – dedi. Buni 
ko‘rib turgan Taras o‘zidan xavotir ola boshladi, 
ammo juhudlar, albatta, ko‘chada mojaro qilish-
lari va ularning tiliga iblis ham tushunmasligi 
esiga tushib, xotirjam bo‘ldi.
Oradan ikki daqiqacha o‘tgach, juhudlar Taras-
ning oldiga kirib keldilar, Mardoxay Taras yoni-
ga kelib, uning yelkasiga qoqib: «Biz xohlagan-u, 
Xudo xohlagan ish bo‘lmay qolmaydi», – dedi.
Taras tengi yo‘q bu Sulaymonga tikilib qa-
ragach, ko‘ngli birmuncha oromlandi; dar haqiqat, 
uning qiyofasi odamni unga inontirar edi; yuqori 
labi juda badburush, bunday yo‘g‘on tortib ket-
gani bejiz emas. Bu Sulaymonning soqolida atigi 
o‘n besh tola mo‘y bor, bu ham faqat chap to-
monida edi. Yuzida sho‘xligidan yegan kaltak-
laridan qolgan chandiqlari ko‘p ediki, ularning 
sanog‘i allaqachon esidan chiqib ketganligi va 
ularni tug‘ma xollar qatorida sanashga o‘rganib 
qolganligi beshag-u beshubha edi.


151
Taras Bulba
Mardoxay uning donoligiga ofarin o‘qib hayron 
qolgan sheriklari bilan birga chiqib ketdi. Bul-
ba yakka qolib, umrida hech bir bo‘lmagan ajib 
bir holatda edi, umrida bir marta xavotirlanib, 
ko‘ngli tashvish tortib, iztirobga tushdi. U endi 
avvalgidek azamat chinor daraxtiga o‘xshamas 
edi, endi yuragi qolmadi, quvvati ketdi. Shitir 
etgan tovush yuragini o‘ynatar, ko‘cha boshi-
da ko‘ringan har bir juhudning sharpasi uning 
yu ragini orziqtirar edi. Shu ahvolda kunni kech 
qildi. Yemadi, ichmadi, ko‘chadagi kichik dera-
zadan ko‘zini aslo olmadi. Nihoyat kech paytida 
Mardoxay bilan Yankel uzoqdan ko‘rindi. Taras-
ning yuragi yorilguday bo‘ldi.
Asov otdek betoqlanib:
– Nima bo‘ldi? Ish o‘ngidanmi? – deb so‘radi.
Juhudlar nafaslarini rostlab, javob qaytarish-
ga ulgurmay, Mardoxayning, garchi xiyla xunuk 
bo‘lsa ham, toqisi tagidan gajak bo‘lib, chiqib tur-
gan kokili yo‘q bo‘lib qolganini Taras darrov pay-
qadi, Nimadir aytmoqchi bo‘lib allanimalar dedi, 
lekin Taras hech narsani anglamadi. Yankel ham 
xuddi tumovdan aziyat chekayotgan bemordek 
ha deganda qo‘lini og‘ziga tutar edi, xolos.
– E marhamatli xo‘jam! – dedi Yankel. – Endi 
sira iloji yo‘q! Azbaroyi Xudo, iloji yo‘q. Bu xalq 
shunday yaramas ekanki, boshiga tupurishdan 
boshqasiga arzimaydi. Mana, Mardoxay aytsin
u dunyoda hech kim qilmagan ishni qildi, lekin 
Xudo ning xohishi bo‘lmadi. Uch ming askar pos-
bonlikda turibdi, ertaga ularni dorga osarmishlar.
Taras juhudlarning ko‘ziga tikilib qaradi, biroq 
endi, avvalgidek betoqat va g‘azabnok emas edi.


152
Nikolay Gogol
– Agar janoblari ko‘rmoq istasalar, ertaga sa-
harda, tong otmasdan avval bormoq kerak. Pos-
bonlar rozi bo‘ldilar, yasovulboshi ham va’da qil-
di. Ammo manglayi qoralar nihoyatda badnafs 
xalq ekan-da! Sho‘rim qursin! Bizlarning oramiz-
da ham bunaqasi yo‘q. Har qaysisiga ellik oltin-
dan berdim, yasovulboshiga bo‘lsa...
– Yaxshi. Meni uning oldiga olib bor! – dedi 
Taras. Avvalgi mardonaligi yana qaytdi.
Yankel:
– Nemis mamlakatidan kelgan ajnabiy graf 
kiyimini kiydirib olib boraman, – deb edi Taras 
uning bu taklifiga rozi bo‘ldi. Uzoqning muloha-
zasini qilgan juhud kiyim-boshlarini allaqachon 
hozirlab ham qo‘ygan ekan. Kech bo‘lib qolgan 
edi. Uyning egasi, boyagi sepkil bosgan sariq 
juhud chiptaga o‘xshash bir narsa bilan qoplan-
gan yupqa bir to‘shak olib chiqib, so‘riga Bulbaga 
o‘rin solib berdi. Yankel yerga to‘shak solib yot-
di. Sariq juhud bir piyolachada allaqanday shar-
batni ichib olgandan keyin paypog‘i va kavushi 
bilan jo‘jaxo‘rozga o‘xshab, xotini ikkovi javon-
ga o‘xshagan bir narsa ichiga kirib ketdi. Ikki 
juhudvachcha, ikki kuchukvachchadek javon 
tagida – yerda yotdi. Ammo Taras uxlamadi. Bar-
mog‘i bilan xontaxtani tiqirlatib xomush o‘tirardi, 
Og‘zidagi tamakisini tutatar edi, xolos. Juhud tu-
tundan aksa urib, ko‘rpaga burkandi. Taras tong 
yorishar-yorishmas Yankelni oyog‘i bilan turtib 
uyg‘otdi.
– Juhud, tur, grafga kiyim-boshini ber!
U tezda kiyindi. Mo‘ylov va qoshlarini qora-
ga bo‘yadi, boshiga ixchamgina qora toqi kiydi. 
Bu qiyofada uni yaqin qarindosh kazaklari ham 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling