Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
- Bu sahifa navigatsiya:
- UO‘K: 821.161.1 KBK: 84(Ros-Rus)
UO‘K: 821.161.1 KBK: 84(Ros-Rus) G-61 Gogol, Nikolay Taras Bulba / Nikolay Gogol. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. – 304 b. ISBN 978-9943-27-509-6 O‘z davrida rus adabiyotining eng istе’dodli yozuvchilaridan sanalgan Nikolay Gogolning ijodiy tajribasi tuganmasdir. Gogolcha uslub, gogolcha til, gogolcha tasvir, gogolcha yumor, gogolcha rеalizm jahon yozuvchilari uchun o‘ziga xos mahorat maktabi. Ikki qismdan iborat ushbu kitobda muallifning qiziqar li qissalari jamlangan bo‘lib, ularning har birida o‘sha davr dagi xalq hayoti, jamiyatning o‘ziga xos muammolari yengil yumoristik uslubda yoritilgan. Gogol asarlarining tub ma’nosini chuqur anglab, qahramonlari bilan yaqindan tani- sharkansiz, odamzodning tug‘ilish, yeyish, ichishdan iborat va nihoyat paymonasi to‘lganda olamdan o‘tishi muqarrar bo‘lgan bu o‘tkinchi dunyoda hirs-havas nimadan o‘zi, deya o‘ylanib qolasiz. Turmushning majruh va hajviy darajada bеma’niligi-yu yaramasligini ko‘rasiz, binobarin, asar qahramonlari taqdirida qatnashasiz, ular ustidan kulasiz va qayg‘usidan azoblanasiz. UO‘K: 821.161.1 KBK: 84(Ros-Rus) ISBN 978-9943-27-509-6 © Nikolay Gogol, «Taras Bulba». «Yangi asr avlodi», 2015. TARAS BULBA I – Qani, o‘g‘lim, menga qara-chi! Juda g‘ala- tisan-ku! Bu nimasi, poplar kiyadigan ro‘dapo to‘nlarni kiyib olibsizlar? Yo akademiyadagilar- ning hammasi shunaqa kiyinishadimi? Kiyevning ruhoniylar tayyorlaydigan akademi- yasida o‘qib qaytgan ikki o‘g‘lini keksa Bulba shu so‘zlar bilan qarshi oldi. O‘g‘illari endigina otdan tushishgan edi. Ikkovi ham yaqindagina maktabni bitirib chiqqan talabalar singari yovvoyiroq, azamat o‘spirinlar edi. Beg‘ubor tetik yuzlaridagi maysa mo‘ylariga hali ustara tek- kani yo‘q. Ular otalarining bunday muo malasidan juda xijolat bo‘lib, indamay yerga qarab turardilar. Bulba o‘g‘illarini aylantirib ko‘rarkan: – To‘xtanglar! To‘xtanglar! Yaxshiroq ko‘ray! To‘nlaring muncha uzun? Ana xolos! Dunyo bino bo‘lib bunaqasi ko‘rilmagan bo‘lsa kerak! Qani, birortang chopib ko‘r-chi! Ko‘ray-chi, etagingga o‘ralashib yiqilmasmikansan, – dedi. Nihoyat kattasi: – Ota, masxara qilmang, kulmang! – dedi. – Savlatingni qara, axir! Kulmay bo‘ladimi? – Masxara qiladigan bo‘lsangiz, azbaroyi Xudo otam bo‘lsangiz ham ayab o‘tirmayman! – Ha-ha, hali shunaqami! Otangni-ya? – dedi Taras Bulba, taajjub bilan bir necha qadam orqa- siga chekinib. 4 Nikolay Gogol – Ha, otam bo‘lsangiz ham, masxara qiladigan bo‘lsangiz ayamayman. – Hali men bilan urishmoqchimisan? Qanaqa- siga? Mushtlashamizmi? – Qanaqasiga desangiz ham mayli. Bulba yengini shimarib: – Kel, bo‘lmasa mushtlashamiz, ko‘ray-chi, mushtlashishga qalay ekansan! – dedi. Anchadan beri bir-birini ko‘rmagan ota-bola quchoqlashib ko‘rishish o‘rniga bir-birining goh biqiniga, goh ko‘kragiga mushtlab, do‘pposlash- dilar; xo‘b savalashib olishgach, orqaga tisa rilib, bir-biriga qarab qo‘yishardi-da, yana do‘ppos- lashishardi. Bolalarning nimjongina, ozg‘in mehribon onasi suygan bolalarini hali bag‘riga bosib ulgurmagan edi. U ostonada turib: – Hoy yaxshilar, buni qaranglar; bu chol jin- ni bo‘libdi, miyasi aynib qolipti; bir yildan beri ko‘rmagan bolalari kelsa-yu, bu qurg‘ur, bilma- dim, nima xayolga tushibdiki, jigarporasini bag‘ri- ga bosish o‘rniga mushtlashyapti-ya! – dedi. – E, juda ajoyib so‘kisharkan! – dedi Bulba biroz to‘xtab. – Azbaroyi Xudo, mushtlashishni qo yil qilarkan! – o‘zini rostlab olib, keyin yana: – Sinashga ham hojat yo‘q ekan. G‘aroyib kazak bo‘ladi! Barakalla, o‘g‘lim. Kel, o‘pishib olaylik, – dedi. Ota-bola o‘pishib ko‘rishdilar. – Barakalla, o‘g‘lim! Hammani ham meni urgandek do‘ppos- la, hech kimdan tap tortma! Lekin nima desang ham kiyim-boshing g‘alati: bu osilib turgan chil- viring nimasi? Sen, lapashang, nega qo‘llaringni shalvillatib turibsan, – dedi kichik o‘g‘liga qarab. – Itvachcha, nega meni do‘pposlamading? Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling