Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

11
Taras Bulba
odam boshiga faqat bir oltindan pul to‘lardi. Ikki 
haftada shunday ko‘p askar yig‘ilar ediki, hech 
qanday buyruq va zo‘rlik bilan buncha askarni 
yig‘ib bo‘lmas edi. Urush tamom bo‘lgach, har 
bir askar dala va yaylovlarga, Dnepr bo‘ylariga 
qaytar, baliq ovlash, oldi-sotdi, araq tayyorlash 
bilan shug‘ullanar, o‘z ixtiyori o‘zida, dorilamon 
yuraverar edi. O‘sha zamondagi ajnabiylar bu 
kazaklarning iste’dodiga hayron qolardilar, ular-
ning hayron qolishiga o‘rin ham bor edi. Kazak 
bilmagan hunar yo‘q; musallas solish, aravasoz-
lik, miltiq dori qilish, temirchilik, misgarlik – xul-
las, har bir ish qo‘lidan kelar va buning ustiga 
aysh-ishrat, araqxo‘rlik, bo‘zaxo‘rlik ham qolmas 
edi. Urush chiqqanda otlanib chiqishga majbur 
bo‘lgan kazaklardan tashqari, agar lozim bo‘lsa, 
hamma vaqt talay ko‘ngillilar ham to‘planar edi. 
Yasovullar
1
barcha qishloq va dahalarning bozor-
larida aravada turib: «Hoy, pivoxo‘r-bo‘zaxo‘rlar, 
eshitmadim demanglar, pivoni endi tashlang-
lar, pechkalardan tushinglar, pashshaga ye-
mish bo‘lmanglar! Maydonaro chiqinglar, mardi 
maydon bo‘linglar! Dalada yurgan dehqonlar, 
tariq-qo‘noq ekkanlar; qo‘y haydagan cho‘pon-
lar, xotinbozlik qilganlar, bu ishlarni tashlanglar, 
otlanishib chiqinglar, jangda shuhrat topinglar!» 
– deb chaqirishi bilan hamma otlanib chiqardi. 
Yasovullarning bu so‘zlari xuddi g‘aramga tush-
gan cho‘g‘dek ta’sir qilardi. Dehqon omochini 
yondirib, bo‘zaxo‘r, pivoxo‘rlar xum bochkalarini 
sindirib, kosiblar, do‘kondorlar ishlarini tashlab, 
do‘konlarini yopib, uylaridagi ko‘zalarini pachoq-
lab otlanib chiqardilar. Xullas, bunday paytlar-
1
Yasovul – kazak askariy qismlarida o‘rta zobitlik unvoni.


12
Nikolay Gogol
da rus tabiati yayrab, juda g‘ayratga minar, bor 
kuch-quvvatini maydonga chiqarib ko‘rsatar edi.
Taras shu yerning o‘zida tug‘ilgan lashkar-
boshilardan edi. U faqat jang uchun yaratilgan, 
aytganini qiladigan qo‘pol tabiatli, to‘ng odam 
edi. U zamonda Polsha asilzodalarining ta’si-
ri ancha bo‘y ko‘rsatib, ko‘p odamlar Polyak-
urf-odatlarini qila boshlagan: shon-shavkat, dab-
daba, yasan-tusan, uyda xizmatkor va cho‘rilar-
ni saqlash, lochinlar, tozi itlar bilan ov qilish
qasr va saroylar, to‘y-tomoshalar, ziyo fatlar kabi 
narsalar odat tusiga kirgan edi. Bular Tarasga 
yoqmas, u kazaklarning sodda hayotini yax-
shi ko‘rar, Varshava tomonga og‘ib, hech narsa 
bo‘lmaganday yashayotgan oshna-og‘aynilaridan 
bezgan va ularni polyak boylarining yuvindixo‘ri 
der edi. Tinib-tinchimagan Taras o‘zini pravos lav 
dinining asil himoyachisi hisoblar edi. Qayerdaki 
ijaraxo‘rlardan va tugun pulidan shikoyat qilgan 
kishilar bo‘lsa, darhol o‘z kazaklari bilan o‘sha 
yerga borib, jabr qilganlarning jazosini berardi. 
Uch holda albatta qilichni qinidan chiqarishni 
o‘ziga bir qoida qilib olgan edi; o‘lponchilar oqso-
qollarni hurmat qilmay, ular huzurida bosh kiy-
imlarini olmasa lar; dinni xor qilib, ota-bobolarn-
ing rasm-odatlari hurmat qilinmasa; so‘ngra, ox-
irgisi, dushman g‘ayridin turklar bo‘lsa, nasroniy 
dini yo‘lida ularga qarshi qilich ko‘tarmoqni ham-
ma vaqt ham joiz deb bilar edi.
Endi bo‘lsa u, ikki azamat o‘g‘li bilan Sechga 
borib, undagilarga: «Ko‘ringlar, sizlarga qanday 
azamatlarni boshlab keldim!» – deb kerilishini, 
ko‘p urushlarni ko‘rib chiniqqan o‘rtoqlariga bo-
lalarini taqdim qilganida qanday faxrlanishini


13
Taras Bulba
bolalarning jonbozlik va bo‘zaxo‘rlikdagi polvon-
ligini ko‘rib qanday suyunishini o‘ylar, ichidan 
shodlanar edi, chunki bo‘zaxo‘rlikni ham mard 
yigitlarning katta fazilatlaridan biri deb hisoblar 
edi. Avval o‘g‘illarini yolg‘iz yubormoqchi edi, le-
kin ularning baquvvat, zabardast azamatliklarini 
ko‘rib, o‘zining ham g‘ayrati qistab, jangovarligi 
qo‘zg‘ab ketdi-yu, o‘zi birga boradigan bo‘ldi. Dar-
hol harakatga kirishib, safar jabdug‘ini tayyor-
lashga tutindi, o‘g‘illariga ot, egar-jabduq topib 
berdi; og‘ilxona, omborxonalardan xabar oldi, 
ertaga birga boradigan navkarlarni saraladi. Yas-
ovul Tovkachga: «Agar Sechdan xabar berguday 
bo‘lsam, darhol butun askar bilan yetib bor», – 
deb buyruq qildi. O‘zi shirakayf bo‘lib, boshi ga-
rangroq bo‘lsa ham, hech narsa esidan chiqmadi. 
Hatto otlarni sug‘orib, oxurga yirik, toza bug‘doy-
dan solib qo‘yishni buyruq berdi, hamma ishni 
saranjom qilgach, horib-charchab biroz orom oldi.
– Qani bolalarim, endi uxlash kerak, ertaga Xudo 
nimani xohlasa, shuni qilamiz. O‘rin solib o‘tirma! 
Ko‘rpa-to‘shakning keragi yo‘q. Hovlida yotamiz.
Osmon qoraygani ham yo‘q edi, Bulba yot-
di, u hamisha erta yotar edi. Gilamga dumalab, 
po‘stinga burkandi, chunki kechasi havo salqin 
bo‘lar, bundan tashqari, Bulba uyida yotganida 
issiqroq o‘ralib yotishni yaxshi ko‘rardi. Biroz 
o‘tgach, xurrak otib, uxlab qoldi. Uning ketidan 
hovlidagilarning hammasi ham uyquga kirdi. 
Hovlining burchak-burchagida yotgan nimaiki 
bor, hammasi xurrak otib pishillasha boshladi. 
Qorovul elburutdan uxlab qoldi, chunki boyvach-
chalar kelishi munosabati bilan hammadan ko‘p 
ichgan edi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling