Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
- Bu sahifa navigatsiya:
- FYODOR DOSTOYEVSKIY «Jinoyat va jazo» 84x108 1/32 876 bet, qattiq muqova
IVAN TURGENEV
«Otalar va bolalar» 84x108 1/32 320 bet, qattiq muqova Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o‘z davrida katta shuhrat qozongan ushbu «Otalar va bolalar» romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangi- lik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Asardagi voqealar o‘sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poy- devorini tag-tugi bilan yo‘q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko‘rsatib beradi. Turgenev Baza- rovdagi nigilizm (barcha narsalarni inkor qilish)ni tasvirlash orqali rus yoshlariga xos salbiy jihatlarni ham namoyon etgan. Kattalarni hurmat, kichiklar- ni izzat qilishga o‘rgatuvchi ushbu asar mutolaasi kitobxonga zavq bag‘ishlaydi, degan umiddamiz. FYODOR DOSTOYEVSKIY «Jinoyat va jazo» 84x108 1/32 876 bet, qattiq muqova Jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlari- dan tarkib topgan «Kamolot kutubxonasi» rukni bu gal atoqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo» romanini taqdim etadi. «Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi perso- najlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayo- tiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yo‘qchilik- dan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega ega bo‘lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli – jinoyat- ni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo ji- noyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi. Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling