Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Taras Bulba

291
Taras Bulba
Dasturxon yig‘ishtirilgach, ikki eski do‘st bir-
daniga o‘rinlaridan turib, sekin chiqib ketish ni-
yatida bosh kiyimlarini qidirib qoldilar. Hokim bir 
imo qilgan edi, Ivan Ivanovich, bunisi, anavi g‘ilay, 
Ivan Nikiforovichning ketiga o‘tib oldi. Hokim 
bo‘lsa, Ivan Ivanovichning orqasiga o‘tib, ikkovini 
bir-birga to‘qnashtirib qo‘l berib ko‘rishmagunla-
richa qo‘yib yubormaslik uchun orqalaridan ha-
deb turtaverdilar. G‘ilay Ivan Ivanovich Ivan Ni-
kiforovichni itarib yubordi, garchi to‘g‘risiga itar-
may qing‘irroq itargan bo‘lsa ham, Ivan Ivanovich 
turgan joyga qarab itardi, lekin hokim to‘g‘riga 
qarab itara olmasdan qiyshaytirib yubordi, chun-
ki bu paytda uning hech qanday amr-farmoni-
ga itoat qilmagan va falokat bosgandek bugun 
butunlay teskari tomonga siltanglab ketayotgan 
sarkash oyoqlarini hech eplay olmay qolgan edi 
(dasturxon tepasida har xil sharob-sharbatlar-
ning ko‘p iste’mol qilinganidan bo‘lsa ham, ajab 
emas) Shuning uchun Ivan Ivanovich o‘zi han-
gamatalabligidan orqaga suqilib kirib qolgan qizil 
ko‘ylakli bir xonimning ustiga yiqilib tushdi. Bu 
voqea, albatta, bir falokatning boshi edi. Biroq 
sudya ishni o‘nglamoqchi bo‘lib, hokimning o‘rni-
ga o‘tdi va yuqori labidagi burnakisini bir tortish-
da tortib olgach, Ivan Ivanovichni turtib yubordi. 
Mirgorodda arazlashganlarni rasmi shu yo‘l bilan 
yarashtiradilar, bu rasm koptok o‘yiniga o‘xshab 
ketadi. Sudya Ivan Ivanovichni bu tomonga ita-
rib yuborgan hamon, g‘ilay Ivan Ivanovich ham 
kuchanib turib, a’zoyi badanidan ter sharillab 
oqib turgan Ivan Nikiforovichni u tomonga ita-
rib yubordi. Ikki do‘st har qancha tixirlik qilib 
ko‘nmasalar ham, aloha ularni to‘qnashtirdilar, 


292
Nikolay Gogol
chunki bu ishga bel bog‘lagan azamatlarga bosh-
qa mehmonlar ham xiyla yordam berdilar.
Shundan so‘ng ularni to‘rt tomondan mahkam 
o‘rab olib, bir-birlariga qo‘l berishmagunlaricha 
qo‘yib yubormadilar.
– Ey, Ivan Nikiforovich, ey Ivan Ivanovich, Xudo 
urdi-ketdi! Axir o‘zlaring insof qilib aytingiz: nima 
talashib urishdingiz? Janjalingiz behuda emas-
mi? Xudodan, el-u yurtdan uyaling-ey!
Ivan Nikiforovich juda charchaganlikdan han-
siray-hansiray (uning yarashmoqqa ko‘ngli borli-
gi bilinib turar edi) dedi:
– Bilmayman, nima qilibman Ivan Ivanovichga! Ka-
tagimni buzib, o‘zimga qasd qilishining sababi nima?
– Hech qanday yomon niyatim yo‘q edi, – dedi 
Ivan Ivanovich Ivan Nikiforovichga qaramasdan. 
– Siz muhtaram asilzodalarning huzuringizda va 
Xudo qoshida qasam ichamanki, menga g‘a nimlik 
qilgan bu kishiga hech yomonlik qilganim yo‘q. 
Nega u kishi meni haqorat qilib, nom-u nasabim 
va mansabimga ziyon yetkazadi?
– Ey, Ivan Ivanovich, sizga qanday zarar yetkaz-
dim men? – so‘radi Ivan Nikiforovich.
Yana bir damgacha bunday ginaxonlik qilsalar, 
adovat o‘ti o‘char edi. Ivan Nikiforovich burnaki-
sini olib, «marhamat qiling» demoqchi bo‘lib qo‘li-
ni kissasiga solgan ham edi.
Ivan Ivanovich ko‘zini yerdan olmay dedi:
– Siz, muhtaram zotlar, mening darajam va 
nasli-nasabimni bu yerda zikr qilib bo‘lmay tur-
gan qabih iboralar bilan haqorat qildingiz, zarar 
yetkazmoq bundan ortiq bo‘ladimi?
– Ijozatingiz bo‘lsa agar, Ivan Ivanovich, siz-
ga do‘stona bir gap aytay! (Ivan Nikiforovich bu 


293
Taras Bulba
so‘zni aytganda Ivan Ivanovichning tugmasini 
ushladi, uning bu harakati unga juda do‘stligini 
ko‘rsatar edi). – Siz o‘zingiz qayerdagi bo‘lmag‘ur 
gaplardan bekorga xafa bo‘lib yuribsiz: sizni er-
kak g‘oz deganimga shuncha xafa bo‘lasiz...
Ivan Nikiforovich bu so‘zni aytdi-yu, lekin 
chakki qilganligini o‘zi fahmladi, ammo pushay-
monning foydasi yo‘q edi.
So‘z og‘izdan chiqdimi, bas, hamma harakat 
bekor ketadi!
Ivan Nikiforovich bu so‘zni tanho joyda ayt-
ganida, Ivan Ivanovich unga hech chiday olmay, 
shunday g‘azabga kelgan ediki, hech kimni Xudo 
bunday holga solmasin. Muhtaram o‘quvchilar, 
bu qabih so‘z birtalay xonimlar huzurida aytil-
ganidan keyin nima bo‘lishini o‘zingiz bilavering. 
Ivan Ivanovich xonimlar oldida o‘zini nihoyat-
da sipo tutmasmidi?! Agar Ivan Nikiforovich er-
kak g‘oz demasdan parranda deganda ham, ish 
o‘nglanib ketarmidi?!
Ammo endi iloji qolmadi!
U kishi Ivan Nikiforovichga shunday bir qa-
radi, shunday qaradiki! Agar bunday qaragan 
odamda amr qilmoq haqi bo‘lsa, Ivan Nikifo-
rovichni birpasda yer bilan yakson qilar edi! Ivan 
Ivanovichning avzoyi yomonligini mehmonlar 
ham payqadilar va darhol ularni ajratib qo‘ydilar. 
Yuvvoshlik namunasi bo‘lgan va har bir gadoyni 
ko‘rganda hol-ahvol so‘ramay o‘tmagan bu odam, 
qattiq jaholat bilan o‘zini olib qochdi. Jahl kishini 
shunday ko‘ylarga solar ekan!
Bir oygacha Ivan Ivanovichdan hech qanday 
xabar eshitilmadi. U kishi uyiga berkinib oldi. 
Eski tabarruk sandiq ochildi va nima deb o‘ylay-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling