Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Taras Bulba

IZOHLAR
Taras Bulba
N.V. Gogol aslida tarixchi bo‘lmoqchi edi. 
Ammo u tarixchi bo‘lib yetishmadi, biroq uning 
«tarixiy izlanishlari» izsiz qolmadi. Ular yozuv-
chi Gogolning butun ijodiga katta ozuqa bo‘ldi. 
Aynan, «Taras Bulba» qissasida buning yorqin 
ifo dasini ko‘rish mumkin.
«Taras Bulba» qissasida Gogol ukrain xalqi ning 
o‘z mustaqilligi uchun olib borgan kurashlarini 
ko‘rsatdi. Ma’lumki, Ukraina yerlariga janubdan 
ko‘pincha turklar va tatarlar, G‘arbdan polyaklar, 
litvaliklar tez-tez hujum qilib turardilar. XIV asr-
da Ukrainani Litva knyazligi bosib oldi. Hamisha 
Ukrainaga ko‘z olaytirib kelgan Polsha jim qarab 
turmadi. U Litvaning o‘zini ham bosib olish niyati 
bilan yashadi. Shuning uchun ham ko‘p o‘tmay 
Ukraina hududi shiddatli va qonli kurashlar 
maydoniga aylandi.
Urushdan aksar xalq – dehqonlar ommasi 
azob chekdi. Bosqinchilar xalqni faqat shafqat-
sizlarcha ekspluatatsiya qilib qolmay, o‘z dumi, 
urf-odatlarini unutishga majbur qildilar – bu esa, 
o‘z navbatida, stixiyali norozilik va g‘azabni tug‘di-
rar edi. Ulardan ko‘plari qiynoq va haqoratlardan 
Ukraina janubidagi Dnepr atrofidagi yerlariga qo-
chib ketib, u yerda ozod kazaklarning erkin ja-
moasini tashkil qildilar. Shu tarzda qurolli odam-


298
Nikolay Gogol
lar uyushmasi (qari va yosh erkaklar, ammo oila-
siz) jonajon Ukrainani polyak asoratidan ozod 
qilish uchun kurashuvchi Zaporojyе Sechi vu-
judga keldi.
«Taras Bulba» qissasida ana shu davr voqealari 
realistik tarzda g‘oyat jonli ko‘rsatib berilgan.
Belinskiy «Rus qissalari va j. Gogolning qis-
salari» maqolasida bu asar to‘g‘risida zavq bi-
lan: «Agar bizning davrimizda gomercha epopeya 
lozim bo‘lsa, mana sizga uning buyuk namunasi, 
ideali va prototipi!» – deb yozgan edi.
Gogol qissani qayta ishladi. U hajm jihatidan 
kattalashdi, yangi boblar kiritildi, g‘oyaviy o‘tkir 
badiiy barkamol tus oldi.
Viy
Qissa afsona, xalq ijodiyoti ruhida yozilgan. 
Bu haqda N.V. Gogolning o‘zi eslatmada shun-
day degan edi: «Bu qissaning turgan-bitgani xalq 
ijodiyotining yorqin namunasidir. Men uni hech 
qanaqasiga o‘zgartirishni istamadim va uni qan-
day oddiylikda eshitgan bo‘lsam, deyarli shunday 
so‘zlab beryapman». Mazkur gogolcha usul biz-
ga avvaldan ma’lum – axir «Dikanka qishlog‘i oq-
shomlari» qissasida ham bayon qiluvchilar bosh-
qalar: dyak Foma Gordeyevich «goroxoviy panich», 
Stepan Ivanovich Kurochka... «Viy» qissasining 
asosi xalq og‘zaki ijodidan bo‘lganligi sababli u 
«Dikanka qishlog‘i oqshomlari»ga o‘xshaydi de yish 
noto‘g‘ri. Ukrain folklorida Gogolning asaridagi 
afsonaga o‘xshash asarning borligi haqida Na-
reusniyning «Bursak» romanidagi ayrim detallar 
guvohlik beradi. (Nareusniy Gogolning hamsha-


299
Taras Bulba
hari edi, u ham mirgorodlikdir. Ammo qissada 
na roman bilan, na ukrain folklorining birorta 
ma’lum asari bilan syujet o‘xshashligi bor.
«Viy»da «Dikanka qishlog‘i oqshomlari»dagi 
kabi xalq hayotining yuksak poeziyasi emas, bal-
ki uning o‘rniga murakkab dunyo, to‘liq murosa-
siz qarama-qarshiliklar to‘lib-toshgandir.
«Viy» qissasining g‘oyaviy muammosi markazi-
da inson taqdiri turadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar 
tomonidan ta’kidlanadiki, «Viy»ning xuddi mana 
shu alohida o‘ziga xos asarligi, uning «bir qahra-
monliligi» N.V. Gogolning «Kechalar», «O‘lik jon-
lar», «Revizor» va boshqa «ko‘p qahramon» yoki 
«qahramonsiz» asarlaridan ajratib turadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling