Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
288
Nikolay Gogol hamyonim bor, shunga bir narsa alishmaymizmi, deganiga ham hech javob bermasdan, o‘shshayib jim turganini aytibgina qo‘ya qolamiz. Bu orada majlis ahli Ivan Nikiforovichning ke- lishini va ikki ulug‘ yarashib, hammaning orzusi bo‘lgan bu ishning saranjom topishini betoqatlik bilan kutar edi. Ko‘pchilik Ivan Nikiforovichning kelmasligiga ishongan edi. Hatto shahar hokimi kelmaydi, deb g‘ilay Ivan Ivanovich bilan ga- rov bog‘lashgan ham edi. Ammo g‘ilay Ivan Iva- novich: «Siz o‘q tekkan oqsoq oyog‘ingizni tiking, men g‘ilay ko‘zimni tikaman», – deganidan garov buzilib ketdi, chunki mehmonlar kulishib, hokim juda izza bo‘ldi. Soat birdan ancha oshib, mir- gorodliklar, hatto katta marosim kunlarida ham allaqachon tushlik ovqatini yeb oladigan vaqt yetgan bo‘lsa ham, dasturxonga haligacha hech kim o‘tirgani yo‘q edi. Anton Prokofyevich eshikdan kirar-kirmas, darrov hamma uni o‘rab oldi. Hammaning savoli- ga baland ovoz bilan qichqirib: «Kelmadi», – deb kalta javob qildi. Bu gap uning og‘zidan chiqar- chiqmas elchilikning uddasidan chiqolmaganli- gi uchun, har tarafdan uning boshiga so‘kish va ta’nalar yog‘ilmoqchi bo‘lib, hatto ba’zilar burniga chertib-chertib olmoqchi bo‘lib turgan edilar, shu paytda eshik ochilib, Ivan Nikiforovich kirib keldi. Agar shu tobda eshikdan kirib kelgan shay- ton yoki go‘rdan tirilib chiqqan odam bo‘lsa ham, bu yerdagilar Ivan Nikiforovichni ko‘rganda- gidek hayron bo‘lmas edilar. Anton Prokofye vich esa hammani bunday mayna qilganligiga o‘zi shod-xurram bo‘lib, ikki biqinini ushlagancha qotib-qotib kular edi. 289 Taras Bulba Harqalay Ivan Nikiforovichning bunday tez fur- sat ichida asilzodalarga loyiq va munosib bo‘lgan liboslarini kiyib, darrov yetib kelishiga hech kimning aqli yetmas edi. Ivan Ivanovich ayni shu mahal biror hojat bilan tashqariga chiqqan edi, shekilli, yo‘q edi. Mehmonlarning hayronliklari yozilib, hushlariga kelgach, Ivan Nikiforovich bi- lan so‘rasha ketdilar va semirib yo‘g‘on tortgani- ga o‘z quvonchlarini izhor qildilar. Ivan Nikiforo- vich hamma bilan o‘pishib ko‘rishar va hammaga «balli, balli» der edi. Bu orada karam sho‘rva hidi kelib, uyni bos- di va hiyla ochiqib qolgan mehmonlarning di- mog‘ini qitiqladi. Hammalari yopirilishib dastur- xon yozig‘liq uyga kirdilar. Ba’zilari sergap, ba’zi- lari indamas ozg‘in va semiz xonimlar turnaqa- tor bo‘lib, oldinga o‘tdilar va dasturxon tepasiga o‘tirdilar. Dasturxonga qo‘yilgan anvoyi taomlar- ni bayon qilmay qo‘ya qolay. Qaymoqli varaqi, karam sho‘rva qo‘shib keltirilgan kalla-pocha, g‘aynoli bilan mayiz qo‘shib pishirilgan kurka go‘shti, spirtli ichimlikka solinib, ivitib qo‘yilgan etikka o‘xshagan g‘alati bir ovqat, keksa oshpaz- ning lazzatli taomi, ustiga araq sepilgan, alan- galatib keltiriladigan juda g‘alati, galatiligi bilan birga xonimlarni xiyla qo‘rqitadigan bir xil qovur- ma va boshqa buning singari alvon turli ovqatlar bor edi, ularni ham aytib o‘tirmayman. Bu taom- lar to‘g‘risida gapirib o‘tirmaganimning boisi shu- ki, ularni bayon qi lishdan ko‘ra, tanovul qilishni afzalroq ko‘raman. Qovurilgan baliq go‘shti Ivan Ivanovichga juda yoqib qoldi. U kishi nihoyatda foydali va to‘yimli bo‘lgan bu taomga juda kirishib ketdilar; 290 Nikolay Gogol baliqning nozik-nozik qiltanoqlarini terib, likop- chaga tashlar edilar va shu ish bilan mashg‘ul bo‘lgan paytlarida bexosdan ko‘zlari qamti to- monga tushar edi, qarasa yo Rabbiy! Ro‘parasida Ivan Nikiforovich o‘tiribdilar. Xuddi shu paytda Ivan Nikiforovichning ham ko‘zi unga tushdi... Yo‘q! Ortiq yozolmayman, qo‘limga boshqa qalam bering! Bu holatni yozmoqqa endi qalamim sust- lik qiladi, joni qolmadi, uchi xit bo‘ldi. Hayratdan ikkovining yuzi ham qotib, bezrayib qoldi. Ikko- vining ham vajohati shunday ediki, ikki eski qadr- don do‘st to‘satdan duch kelib qoldi-ku, beixtiyor quchoqlasha ketib, «marhamat qiling» yoki «ilti- fotingizdan umidvor bo‘lsam mumkinmi» degan so‘zlar bilan qortiqlarini bir-birlariga tutmoqqa tayyor turgandek edilar. Ammo buning baravari- da ikkovining ham vajohati noxush bir falokatni boshlaguday yomon edi. Ikkovi ham terga botdi. Dasturxon ustida o‘tirgan mehmonlarning hammasi, juda diqqat bilan qaraganlaridan hay- ron bo‘lib qoldilar va bir mahallarda yaqin do‘st bo‘lgan ikki birodarga tikilgancha ag‘rayib qoldi- lar. Xo‘rozni qanday axta qilish to‘g‘risida shirin suhbat bilan ovora bo‘lgan xonimlar ham, suh- batlarini to‘xtatib, jim bo‘lib qoldilar. Hamma jim bo‘ldi, bu holat haqiqatan ulug‘ rassom qalamiga loyiq manzara edi! Bir mahal Ivan Ivanovich ro‘molchasini olib burun qoqishni boshladi. Ivan Nikiforovich esa, u yoq bu yoqqa qarab alanglagach, ochiq turgan eshikni mo‘ljallab qoldi. Hokim uning bu haraka- tini darhol sezdi va eshikni qattiqroq yopishni buyurdi. Shundan keyin ikki do‘st ovqatga urinib ketdilar va bir-birlariga sira qaramadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling