Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
280
Nikolay Gogol rish ke rak? Ammo shunday bo‘lsa ham, yana bir marta urinib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Lekin Ivan Iva- novich ko‘nmasligini uzil-kesil aytdi, hatto qattiq jahli chiqdi. Ivan Nikyforovich esa javob o‘rniga orqasini o‘girib oldi va hech bir so‘z aytmadi. Shundan so‘ng da’vo ishi nihoyatda tezlik bilan yurishib ketdi. Sud mahkamalari ishlarni bunday jadallik bilan ko‘rishdan nom chiqargan- lar-ku! Arizani oldilar, daftarga yozdilar, raqam qo‘ydilar, tikdilar-tirkadilar, imzo chekdilar, xul- las, bu ishlar bir kunda taxt bo‘lib, javonga tax- landi va bunda yotaverdi, bir yil, ikki yil, uch yil yotdi. Bu orada qancha-qancha qizlar erga te- gib, Mirgorod shahrida yangi ko‘cha chiqarildi, sud ya ning bitta jag‘ tishi va ikkita oziq tishi tush- di. Ivan Ivanovichning hovlisida o‘ynashib yu- radigan bolalar burungidan ancha ko‘paydi. «Bo- lalarning qayerdan paydo bo‘lganini yolg‘iz Xudo biladi!», Ivan Nikiforovich Ivan Ivanovichning qas- diga, burungisidan biroz ichkariroq bo‘lsa ham- ki, yangi g‘oz katagi soldirdi va Ivan Ivanovich tomonini batamom urib tashladi. Shunday qilib, bu ikki zot yuz ko‘rmas bo‘ldilar, lekin da’vo ishi siyoh to‘kilaverib marmardek bo‘lib ketgan javon ichida batartib taxlanib yotaverdi. Lekin shu orada Mirgorod uchun nihoyatda muhim bir hodisa bo‘ldi, ya’ni, shahar hokimi katta bir ziyofat berdi, bu ziyofatning dabdaba- sini, bundagi rang-barang odamlarni tasvirlash uchun qalam va bo‘yoqni qaydan olay! Soati n- gizni ochib qarang, nimalar ko‘rasiz? Chalkash, ishkal bir narsani-da. Endi hokimning hovli- sini ham ko‘z oldingizga keltiring, bunda ham g‘ildiraklar ning miqdori soat ichidagidan ko‘p 281 Taras Bulba bo‘lsa ko‘pki, oz emas? Rang-barang brichka va aravalarning son-sanog‘i yo‘q! Birining orqa- si keng, oldi tor, birining orqasi tor, oldi keng, biri ham brichka, ham arava, biri na brichka, na arava, ba’zilari g‘aram qilib qo‘yilgan pichanga yoki do‘kondor semiz xotinga o‘xshaydi, yana biri abjag‘i chiqqan juhudga yoki etidan ajramagan murdaga o‘xshaydi, ba’zilari bir yondan qaragan- da, uzun naylik sarxonaga o‘xshaydi, ba’zilari juda xunuk, xayolda bor, haqiqatda yo‘q bahay- bat, vahshatli narsa deyavering. Tirband bo‘lib tiqilib yotgan bu aravalar orasi- da yo‘g‘on chorcho‘plari tob tashlagan, deraza- ga o‘xshab soyaboni qiyshayib qolgan bir narsa hammadan baland bo‘lib, qo‘nqayib turar edi. Turli-tuman yaxshi chakmon, to‘n, qalpoq va tel- pak, rang-barang bosh kiyim kiygan aravakash- lar hovlida ot sovitib yurar edilar. Hokim to‘ra xo‘b ziyofat berdi. Mehmonlarni birma-bir sanab chiqsam maylimi: Taras Tarasovich, Yevpl Akin- fovich, Yevtixiy Yevtixiyevich, Ivan Ivanovich, anavi emas, boshqa Ivan Ivanovich, Savva Gavri- lovich, o‘zimizning Ivan Ivanovichimiz, Yelevferiy Yelevferiyevich, Makar Nazaryevich, Foma Grigor- yevich... Bo‘ldi-yey! Charchadim, yozaverib qo‘lim charchadi! Xotinlarni ayting, xotinlarni!.. Qora- chadan, oqdan kelgan, past bo‘yli, baland bo‘yli. Ivan Nikiforovichga o‘xshagan semizlar va hokim to‘ra qilichining qiniga sig‘ib ketadigan nozik ni- hol xotinlar!.. Durrachalari rang-barang, qizil, sariq, jigarrang, ko‘k yashil, yangi, ag‘dargan, ag‘darmagan, so‘kib tikilgan har xil ko‘ylaklar, ro‘molchalar, sumkalar! Bechora ko‘zlar, sizdan ajraldik! Bu tomoshadan keyin nimaga yarar- 282 Nikolay Gogol dingiz! Yozilgan dasturxonning uzunligini ayting! G‘ovur-g‘ovur gapni, shovqin-suronni qarang! Bu g‘ovur-g‘ovur oldida tegirmon ip esholmay qoldi, qo‘lidan, toshidan, parragidan chiqqan to‘polon ham bunchalik emas. Gaplari nima to‘g‘risidali- gini aytolmasam, ehtimol. Lekin gaplari havon- ing issiq-sovuqligi, it, bug‘doy, chepik va toycha singa ri foydali va zavqli narsalar to‘g‘risida bo‘lsa ke rak deb o‘ylayman. Bir mahal Ivan Ivanovich, unisi emas, bir ko‘zi g‘ilay boshqasi: – Men shunga hayronmanki, g‘ilay o‘ng ko‘ zim (Ivan Ivanovich qiziqchi edi) bu yerda Ivan Niki- forovich Dovgochxun janoblarini ko‘rolmayap- ti-ya, – dedi. – Kelishni istamadi, – dedi hokim. – Ular, ya’ni, Ivan Ivanovich bilan Ivan Niki- forovich bir-birlari bilan urishib qolganlariga (xudoga shukr) ikki yil bo‘ldi, biri bor joyga unisi o‘lsa ham bormaydi. – Hali shunaqami?! – g‘ilay Ivan Ivanovich bu o‘rinda ko‘zini yuqori qilib, qo‘llarini ko‘ksiga oldi. – Ko‘zi sog‘lar bu dunyoda murosa-yu madora qilolmasalar, mendek g‘ilaylar nima qilsin! Uning bu gapiga hamma kulib yubordi. G‘ilay Ivan Ivanovich juda askiyachi bo‘lib, qiziqchilik qilgani uchun hammaga manzur edi. O‘zi qot- madan kelgan, baland bo‘yli, tivit chakmon kiy- gan, burni tepasiga malham qo‘ygan, hanuzga- cha bir burchakda o‘tirgan, hatto burniga pash- sha kirganda ham pinagini buzmagan bir odam bir mahal o‘rnidan turib, g‘ilay Ivan Ivanovich- ning atrofiga to‘planganlar oldiga keldi. Atrofiga odam to‘planganini ko‘rib, Ivan Ivanovich dedi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling