Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
267
Taras Bulba – Boshqa ilojimiz yo‘q, o‘qing, Taras Tixonovich, – dedi sudya kotibga qarab, chehrasida afsus alo- mati ko‘rindi. Burni beixtiyor yuqori labini hid- ladi, avvallari bir narsadan nihoyatda xursand bo‘lgan chog‘ida burni bu qiliqni qilar edi, endi burnining bunday o‘zboshimchalik qilgani sudya- ni yana koyitdi, o‘zboshimcha burnining tanbehi- ni bermoq uchun yuqori labi ustidan burnakini surtib-surtib tashladi. Kotib, har daf’a ariza o‘qishdan burun qiladi- gan odati bo‘yicha burnini ro‘molchasiz tozala- gach, odatdagi ovozi bilan mana bu tariqa o‘qish- ni boshladi: «Ariza beruvchi Mirgorod shahrining asilzodasi Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxundirman, ammo ariza- ning nima xususdaligi quyidagilardan ma’lumdir: 1. O‘zini asilzoda deb ataydigan Ivan Ivan o‘g‘li Pererepenko, menga adovati va ochiqdan-ochiq dushmanligi vajidan, menga har xil nobakor- lik va badtarin yomonliklarni qiladi va kechagi kunda ham xuddi bir o‘g‘ri va zo‘ravon singari qo‘lida bolta, arra, bolg‘a va boshqa temirchilik asboblari bilan kechasi devor oshib, mening hov- limga tushdi va undagi menga qarashli og‘ilxona- ga kirib, benomuslik qilib, o‘z qo‘li bilan uni bu- zib tashladi. Lekin bunday battol va nobakorlik va zo‘ravonlikka sabab bo‘lganday hech bir ish men tomondan sodir bo‘lgani yo‘q. 2. Va yana mazkur asilzoda Pererepenko me- ning jonimga qasd qilmoqchi ham va o‘tmish oyning 7-kunigacha bu niyatini maxfiy saqlab, mazkur kuni menikiga kirib keldi va mening uyimda saqlanayotgan miltig‘imni do‘stlik va makkorlik yo‘li bilan mendan so‘rashni boshladi 268 Nikolay Gogol va xasisligini qilib, bu miltiq badaliga qora ech- kisi bilan ikki qop suli kabi bir qancha yaramas narsalar bermoqchi bo‘ldi. Ammo men uning yomon niyatini payqab, bu ishdan qayta rishga urindim, lekin u muttaham va ablah Ivan Ivan o‘g‘li Pererepenko past qishloqilar og‘zidan chi- qadigan yaramas iboralar bilan meni haqorat qildi va shundan beri ko‘nglida menga adovat va xusumat saqlaydi va yana nomi mazkur bo‘lgan hamda asilzodalik da’vosini qiluvchi bu bosqin- chi Ivan Ivan o‘g‘li Pererepenko nasab jihatidan ham pastdir, ya’ni, uning egachisi ro‘yi zaminga mashhur buzuq edi. Bundan besh sana muqad- dam ushbu Mirgorod shahriga kelib, tushgan ti- randoz askarlarga ergashib ketib qoldi va erini dehqon toifasiga yozdirdi, uning ota-onasi ham uchiga chiqqan betavfiq araqxo‘rlar edi. O‘zini asilzoda deguvchi mazkur zo‘ravon Pererepenko bo‘lsa, o‘zining hayvonligini va iflos harakatlarini ota-ona va qavm-qarindoshlaridan ham oshirib yubordi va mo‘min va taqvodorlik niqobi ostida haddan tashqari yomon buzuqlik ishlarni qiladi. Ro‘za tutmaydi, Xudodan qaytgan bu odam echki sotib oldi va ertasiga chiroq va sham uchun moy kerak degan bahona bilan nikohsiz xotini Gap- kaga uni so‘ydirdi. Shu sababdan, iltimos qilamanki, mazkur odamni, o‘gri va zo‘ravonni, Xudodan qaytgan betavfiqni, o‘g‘rilik va zo‘ravonlik qilib bir necha marta qo‘lga tushgan bu muttahamni kishan- ga solib, podsholik qamoqxonasiga yuborgaysiz va u yerda o‘z bilganlaringizcha jazosini berib, ulug‘larning maslahatlari bilan darajasidan va martabasidan mahrum qilib, xo‘b urgaysiz, lozim 269 Taras Bulba bo‘lsa Sibirga badarg‘a qilinsa, ziyonlar ning ham- masini uning zimmasiga qo‘yilsa va mening ush- bu arizam yuzasidan hukm qilinsa. Ushbuning rostligi uchun Mirgorod shahri- ning asilzodalaridan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgoch- xun qo‘limni qo‘ydim». Kotib arizani o‘qib bitirgan edi hamki, Ivan Ni- kiforovich bosh kiyimini olib ta’zim qildi va chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Orqasidan sudya: – Ivan Nikiforovich, qayerga borasiz? Birpas o‘tiring, choy iching! – dedi. – Orishko, nega ser- rayib turibsan, nodon qiz, mirzalar bilan ko‘z qi- sishganing nimasi? Bor, darrov choy keltir! Lekin Ivan Nikiforovich uydan olislab ketganiga qo‘rqib, shuningdek, xavf-xatardan omon qolga- niga o‘zining vahimasi kelib allaqachon eshikdan chiqib jo‘nab qoldi va chiqib ketarkan: – Ovora bo‘lmang, men o‘zim... – deganicha orqasidan eshikni bekitib, hammani hayratda qoldirib, chiqib ketdi. Boshqa hech chora qolmadi. Ikkala ariza ham qabul qilinib, g‘alati mojaro boshlanmoqchi bo‘ldi- ku, biroq kutilmagan bir hodisa bo‘lib, bu mojaro yana avj olib ketdi. Sudya kotib va noibi bilan tashqariga chiqqanda va mirzalar arzga kelganlar keltirgan tovuq, tuxum va nonlarni, somsa, kul- chalarni endi yig‘ishtirib to‘rvaga solayotganlari- da, to‘satdan bir qora echki ichkari kirib, barcha- ni taajjubda qoldirib, somsa va nonga tegmasdan stol ning bir burchagida osilib turgan Ivan Niki- forovichning arizasini tishlab qoch di. Qora echki qog‘ozni olib shunday qoch diki, chizg‘ich va si- yohdonlarni otib, quvla gan sipohiylar yugurgan bilan yetolmadilar. 270 Nikolay Gogol Nihoyatda hayratlanarli bu hodisa hammani algov-dalg‘ov qildi, chunki arizadan hali nusxa ko‘chirilguncha ham yo‘q edi. Sudya, yo‘q, uning kotibi bilan noibi quloq eshitmagan bunday ho- disa to‘g‘risida ko‘p mojarolashdilar. Aloha, bu to‘g‘rida shahar hokimiga xat yozishga qaror qil- dilar, negaki, bu xil ishning tergovi ko‘proq sha- har mirshabxonasiga tegishli edi. Shu kuni yoq shahar hokimiga 389-raqamli xat yuborildi va bu ish ustida yana bir qiziq voqea bo‘lib o‘tdiki, buni o‘quvchilar endigi bobdan bilib oladilar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling