Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
261
Taras Bulba – Demyan Demyanavich, bu nozik ish, so‘z bi- lan aytib tushuntirib bo‘lmaydi, yaxshisi, arizani o‘qittirib ko‘ring. Mana bu tomonidan o‘qiting, bu yerida nojo‘yalik yo‘q. Sudya kotibga qarab: – Qani, Taras Tixonovich, o‘qib bering-chi? – dedi. Taras Tixonovich arizani olgach, sud kotibla- ridek ikki barmog‘i bilan burnini qoqib, so‘ngra o‘qishga kirishdi: «Mirgorodning asilzoda boyonlari toifasiga mansub bo‘lgan Ivan Ivan o‘g‘li Pererepenkodan ariza, shu to‘g‘ridakim: 1. O‘zining nojo‘ya iflos va yaramasligi bilan bu- tun dunyoga mashhur bo‘lgan, battol va yomon- likda hech chegarani bilmagan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxun, ushbu 1810-yil 7-iyulda, mening sha’nimga va shu bilan baravar nasl-u nasa- bimga nihoyatda og‘ir tahqir yetkazib, haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi va obro‘yimni to‘kdi. Mazkur asilzodaning o‘zi ham, chehrasi ham xunuk va badbashara bo‘lgani ustiga yana haqoratgo‘ylik ta’biga g‘olibdir, va so‘zlagani yakkash kufrdir, o‘zi Xudo bexabar dahriydir!» Shu joyga kelganda kotib burnini yana qoqib olmoq uchun to‘xtadi. Sudya bo‘lsa, qo‘lini qo- vushtirib, ta’zim bilan o‘tirar va labini pichirlatib: – Qanday o‘tkir qalam, Xudoyo tavba! Shun- day ham yozadimi odam! – der edi. Ivan Ivanovich narigi yog‘ini ham o‘qishni so‘radi, Taras Tixonovich ham davom etdi: Mazkur asilzoda Nikifor o‘g‘li Dovgochxun, men uni oshna bilib do‘stona bir taklif bilan unikiga kirganimda, mening sha’nimga haqorat 262 Nikolay Gogol bo‘lib tushgan so‘zlar bilan haqorat qilib, xaloyiq nazarida obro‘yimni to‘kdi. Masalan meni: «Erkak g‘ozsan», – dedi; vaholanki, Mirgorod shahrining tamomiy aholisiga ma’lumdirki, mazkur past maxluqning nomi hech qachon menga qo‘yil- gan emas va bundan nari ham bu nomni o‘zim- ga taqmoq niyati da emasman. Ulug‘ asilzodalar naslidan ekanligimga «Uch avliyo» butxonasida saqlanayotgan tug‘ilish daftari dalildir. Mazkur daftarda mening tug‘ilgan kunim bilan baravar ism-sharifim ham bitilgandir. Erkak g‘oz degan nom ilmdan oz-moz bahramand bo‘lgan har bir kishiga ma’lumdirki, tug‘ilish daftariga hech qa- chon qayd qilinmaydi, zeroki, mazkurning odam bo‘lmasdan parranda bo‘lgani, hatto maktab ko‘rmagan kishilarga ham yaxshi ma’lumdir; lekin mazkur nobakor buni xo‘b yaxshi bilsa ham, boshqa bir g‘araz bilan emas, balki mening sha’nimga va nasl-nasabimga haqorat yetkazish va obro‘yimni tushirish g‘arazida kaminani ush- bu yaramas ibora bilan haqorat qildi. 2. Mazkur badaxloq va beodob asilzoda, bu- ning ustiga mening otameros mulkimga, ya’ni, ruhoniy lardan bo‘lmish marhum padari buz- rukvorim Ivan Onisi o‘g‘li Pererepenkodan me- ros tariqasida tegmish joyimga tajovuz qildi, chu- nonchi, masalan, qonun-qoidalarga xiloflik qilib, g‘ozlar katagini mening eshigim ro‘parasiga qo‘ndirib qo‘ydi va bu ishni u sha’nimga yetkaz- gan haqoratni oshirmoqdan bo‘lak g‘araz bilan qilmadi, chunki mazkur g‘ozlar katagi hozirgacha olisroq, yaxshi joyda turar edi, va hali ancha mah- kam va mustahkam edi. Ammo mazkur asilzo- daning bu ifloslikni qilishdan mening boshimga 263 Taras Bulba biror yomon kulfatni solishdan boshqa maqsadi yo‘q edi. Chunki katagiga, xususan, g‘ozlar kata- giga hech kim yaxshi ish bilan kirmasligi ham- maga ma’lum, kirgan taqdirda ham bir nojo‘ya yaramas ish bilan kiradi. Buning ustiga, mazkur katakning ikki yog‘i, ya’ni, bir juft ustunchasi ka- minaning mulkiga ham daxl qilib chiqib turibdi, ammo mazkur mulk esa rahmatlik padari buz- rukvorim Ivan Onisi o‘g‘li Pererepenkoning ha- yotligidayoq menga tekkan edi va o‘zi bir parcha yer bo‘lib, omborning eshigidan tortib, to xotinlar tuvak yuvadigan joygacha kelardi. 3. Faqat nomini eshitganda ham kishining nafrati qo‘zg‘aladigan mazkur asilzoda meni o‘z uyimda yondirib o‘ldirish kabi shum niyatni, ko‘nglida saqlaydi. Buning beshak va beshub- ha alomatlari quyida aytilganlardan ma’lumdir: avval mazkur nobakor asilzodani o‘z xonasidan tez-tez tashqariga chiqmoqqa boshladi, o‘zi- ning xush yoqmasligi va badani haddan tashqari semizligi sababidan avvallari bu ishni qilmasdi: so‘ngra rahmatli padari buzrukvorim Ivan Oni- si o‘g‘li Pererepenkodan qolgan bir qit’a yerimni ihota qilib turuvchi devorga kelib taqalgan maz- kur asilzodaga qarashli mehmonxonada har kun allamahalgacha chiroq yonib turadiki, bu ham yuqorida aytilgan gaplarning aniq dalilidir chun- ki alholgacha mazkur asilzoda o‘zining baxil va xasisligi sababidan toza sham u yoqda tursin, hatto qora jin chirog‘ini ham o‘chirib qo‘yar edi. Shuning uchun so‘raymanki, mazkur asilzoda Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxunni mening uyimga o‘t qo‘yishda va mening sha’nimga haqorat yetka- zishda, mulkimga qasd qilishda aybli bo‘lganidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling