Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
251
Taras Bulba ning: «Qayt, qayt! Kerak emas!» – degan ovozi eshi tildi. Ammo Ivan Ivanovich juda zerikdi. Ivan Nikiforovichning uyida bo‘lgan bir voqea o‘chay deb qolgan nizo ustiga yana moy quymaganda, bu ikki hurmatli odam yarashib ketsalar ham ajab emas edi. Shu kuni kechqurun Ivan Nikiforovichnikiga Agafi- ya Fedoseyevna kelib qoldi. Ivan Nikiforovich- ga bu xotinning hech qanday qarindoshligi, urug‘-aymoqligi yo‘q edi. Bas, uning bunikiga ke lishining hech bir keragi yo‘q va Ivan Nikifor- ovichning o‘zi ham bundan xursand emas edi, ammo xotin bunikiga kelib necha haftalar, ba’zan ko‘proq ham turib qolar va butun ro‘zg‘orni o‘zi egallab, hech kimni biylatmas edi. Uning bu ishi Ivan Nikiforovichga sira yoqmas, lekin shunday bo‘lsa ham, ajabki, xuddi go‘dakdek unga itoat qilar edi, gohida sal tortishib qolsalar ham, Agafi- ya Fedoseyevna doim baland kelar edi. Rostini aytsam, nega xotinlar hamisha burni- mizdan choynakning jo‘mragini ushlaganday ushlab tortaveradilar. Rostini aytsam, shunga sira aqlim yetmaydi. Ularning qo‘llari shunaqa uzun mi? Yo bizning burnimiz tutib tortishdan boshqa narsaga yaramaydimi? Ivan Nikiforovich- ning burni g‘aynoliga o‘xshab ketsa ham, xotin uning burnidan tutib, it yetaklaganday sudrab yurar edi. U kelganda Ivan Nikiforovichning hat- to yurish-turishi ham boshqacha bo‘lib qolar edi, ya’ni, oftobda ko‘p yotmas, yotsa ham burungiday yalang‘och yotmay, balki Agafiya Fedoseyevna- ning ishi bo‘lmasa ham, ko‘ylak va lozimini kiyib yotar edi. Agafiya Fedoseyevna sharm-hayoni bil- mas va Ivan Nikiforovichning bezgagi tutib qoldu- 252 Nikolay Gogol day bo‘lsa, skipidar bilan sirkani uning badaniga o‘zi surtib qo‘yar edi. U kishining boshida durra- si, burnida uchta so‘gali bor, ustiga sariq gulli jigarrang kapot 1 kiyar edi. Qomati go‘yo yo‘g‘on kuvga o‘xshar edi va shu sababdan oynaga qa- ramaguncha kishi o‘z burnini topolmaganidek, uning belini ham topish qiyin edi. Har qaysi oyog‘i bir bolishdek kelar va kalta edi. Qilmishi g‘iybat, yegani qaynatilgan sholg‘om edi, qarg‘ashga ni- hoyatda usta va bu ishlarni qilganda hech mahal aftini sira o‘zgartirmas edi: uning bu qilig‘i ayol- lardan boshqa hech kim qilolmaydigan qiliq edi. Bu xotin keldi deguncha, Ivan Nikiforovich- ning uyi ostin-ustin bo‘lar edi. – Sen, Ivan Nikiforovich, qo‘shning bilan sira yarashma, borib yalinma, uning muddaosi seni yo‘q qilmoq, uning kimligini sen hali bilmaysan, u shunaqa odam. – La’nati kampir Ivan Nikiforovichning qu- log‘iga quyaverib, Ivan Ivanovichdan uni bata- mom bezdirdi. Hamma ish teskarisiga aylanib ketdi: qo‘shni- ning iti bu hovliga kirib qolguday bo‘lsa, tush- gan narsa bilan urib haydardilar, devordan oshib tushgan bolalarning ko‘ylaklarini ko‘tarib, orqa- larini qavartirib, yig‘latib chiqarib yuborar edilar. Hatto kampir xotin ham bir kun Ivan Ivanovich undan bir narsa so‘ramoqchi bo‘lganida shunday beodob harakat qildiki, nihoyatda odob-axloq- li bo‘lgan Ivan Ivanovich nima deyishini bilmay: «Ey, rasvo xotin! Xo‘jayinidan battar-a!» deb tu- purib tashladi. 1 Kapot – xotinlarning uyda kiyib yuradigan ustki kalta ko‘ylagi. 253 Taras Bulba Nihoyat, bu haqoratlar ustiga, battol qo‘shnisi, Ivan Ivanovichning xuddi chetan devordan oshib tushadigan joyiga, go‘yo haqorat ustiga haqorat bo‘lsin degandek, g‘oz boqadigan bir katak soldi. Ivan Ivanovich uchun juda noxush bo‘lgan iflos katak shunday jadallik bilan solindiki, bir kun deganda bitdi. Bu Ivan Ivanovichning zardasiga tegib, o‘ch olmoq payiga tushdi. Hatto Ivan Ivanovichning yeridan ozginasi katakka qo‘shilib ketgan bo‘lsa ham, sir boy bermaslik uchun alamini izhor qil- madi, ammo yuragiga shunday g‘ulg‘ula tushdi- ki, jim turishga hech toqati qolmadi. Kuni shu tarzda o‘tdi. Kech kirdi... Agar men rassom bo‘lsam, bu kechaning nash’asini ajo yib qilib tasvirlab berar edim! Mirgorod ahlining uy- qusini, osmondagi son-sanoqsiz sokin yulduz- larning qarashini, yiroq-yaqindan itlarning bu sukunat ichida vovillashlarini, ishq dardiga mubtalo bo‘lgan so‘fining itlar oldidan o‘tib, mar- donalik bilan chetan devordan oshib ma’shuqa- sinikiga tushganini, oq uylarning devorlari oy- dindan oqarib ko‘ringanini, uylar yonidagi da- raxtlarning qorayib ko‘ringanini, daraxtlardan tushgan qora ko‘lankalarni, hidi burqirab tur- gan gullar va so‘ligan o‘tlarni, tun oshig‘i chigirt- kalarning tinmasdan chirillab qilgan nolalarini tasvirlar edim. Pastakkina kesak uylardan birida ko‘kragi dirillagan qora qosh bir shahar qizining to‘shakda yolg‘iz yotib, betoqat bo‘layotganini va gusarlarning qo‘ng‘iroq poshnasi bilan shopday mo‘ylovini tush ko‘rayotganini va oyning shu’la- si uning betida jilvalanib turganini ko‘rsatardim. Uyning oq mo‘risiga qo‘ngan bir ko‘rshapalakning 254 Nikolay Gogol sutdek yorug‘ yo‘lga tushib turgan qora soyasini tasvirlab ko‘rsatardim... Ammo shu kechasi qo‘li- ga arra olib, tashqari chiqqan Ivan Ivanovichni tasvirlash qo‘limdan kelmas. Yuzida allaqancha hislarning alomati zohir edi! Ohista-ohista biqinib yurib, boyagi g‘ozxona katakning yaqi niga bordi. Ivan Nikiforovichning itlari ikki orada bo‘lgan jan- jaldan xabarsiz edilar, shuning uchun uni eski do‘st bilib indamadilar. Katakni eman yog‘ochi- dan qilingan to‘rtta ustun ushlab turar edi. Ivan Ivanovich bu ustunning yaqiniga kelib arra qo‘ydi. Arraning ovozi uni dam-badam har yonga alanglatar edi, lekin ko‘rgan alami unga dadillik berar edi. Birinchi ustun arralandi, ikkinchisiga o‘tdi, ko‘zlari o‘tday yonar va qo‘rquv dan hech narsani ko‘rmas edi. Ivan Ivanovich to‘satdan baqirib yubordi va qotib qoldi, uning ko‘ziga bir o‘lik ko‘rindi. Lekin birozdan so‘ng, ko‘ziga o‘lik- dek ko‘ringan narsa bo‘ynini cho‘zib yotgan g‘oz ekanini payqagach, o‘ziga keldi. Ivan Ivanovich achchig‘idan bir tupurib olib, yana ishini qilaver- di. Ustunning ikkinchisi ham arralandi. Katak qimirladi. Endi uchinchisiga tutinganida yura- gi shunday taka-puka bo‘lib ketdiki, qo‘li ishga bormay, bir necha marta to‘xtab qoldi. Uchinchi ustunning yarmidan ko‘prog‘i arralanishi bilan bu omonat turgan imorat juda qiyshayib, birdan ag‘anab tushdi. Ivan Ivanovich zo‘rg‘a qochib qol- di. Arrasini olgancha hovlisiga qochib kelib, o‘zini karavotga tashladi va qilgan nobakorligining oqi- bati nima bo‘lganiga bir karra oynadan bo qishga yuragi dov bermadi. Uning nazarida xuddi Ivan Nikiforovichning hamma xonadoni – kampirdan tortib ro‘dapo kamzul kiygan bolag‘acha, Agafiya Fedoseyevna boshliq hammasi qora kaltak bo‘lib, 255 Taras Bulba Ivan Ivanovichning uyini vayron qilgani yopirilib kelayotganga o‘xshar edi. Ivan Ivanovich ertasiga kuni bilan bezgak qal- tiratgandek yotdi, nazarida nobakor qo‘shnisi undan o‘ch olmoq uchun uyiga o‘t qo‘yayotgan- day bo‘lar edi va shu sababdan: biror joyga quruq poxol tashlanib qo‘yilmasin, u yoq bu yoqdan xabardor bo‘lib tur, nihoyatda hushyor bo‘l, deb Gapkaga buyurib qo‘ydi. Otini oldinroq qamchi- lab, hech kimga bildirmasdan, elburutdan Mir- gorodga borib, sudga ariza tashlashga qaror qildi. Bu arizaning mazmuni nimaligini quyidagi bob- dan ma’lum bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling