Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
244
Nikolay Gogol – Men hayron bo‘lamanki, qanday qilib, Ivan Ivanovich, bu gaplarga tilingiz bordi. Echkingizni men nima qilaman? Shaytonning ma’rakasiga so‘yamanmi? – Shaytonni og‘izga olmasangiz, hech bo‘lmas ekan-da? Gunohga botasiz, azbaroyi Xudo, gunohga qolasiz, Ivan Nikiforovich! – Axir, Ivan Ivanovich, bu qanday gapki, miltiq badaliga allaqanday betayin bir maxluqni bermoq chi bo‘lasiz! – Ivan Nikiforovich, nega echki betayin ekan? – Axir o‘zingiz yaxshiroq o‘ylab ko‘ring, miltiq degan matohni hamma biladi; echkining nima- ligini kim biladi? Agar bu gapni menga sizdan bo‘lak odam aytgan bo‘lsa, haqorat deb bilardim. – Xo‘sh, echkining nimasi yomon sizga? – Axir siz meni kim deb o‘yladingiz? Men ech- kini... – O‘tiring, o‘tiring!.. Tavba qildim... Miltig‘in- giz o‘zingizga buyursin, menga desa, hujrangizda zanglab, chirib ketsin: bundan keyin bu to‘g‘rida gapirishni ham istamayman. Shundan so‘ng jimib qoldilar. Birozdan keyin Ivan Ivanovich yana gap ochib: – Uch podsho bir bo‘lib, bizning podshomizga urush ochgan emishlar, – dedi. – Ha, Pyotr Fyodorovich aytgan edi. Qanday urush ekan? Sababi nima ekan? – Ivan Nikiforovich, chamasi, sababini bilib bo‘lmaydi, shekilli. Uch podsho bir bo‘lib bizlar- ni turk diniga kirgizmoqchi bo‘lsalar kerak deb o‘ylayman. Ivan Nikiforovich boshini ko‘tarib: – Voy ablahlar, ho, qarang-a? – dedi. 245 Taras Bulba – Mana, ko‘rdingizmi, bizning podshoyimiz shu vajdan ularga qarshi urush ochibdi. «Yo‘q, o‘zin- giz bizning dinimizga – Iso diniga kiring», – debdi podshoyimiz. – Nima deysiz, Ivan Ivanovich? Biznikilar zo‘r chiqar. – Ha, zo‘r chiqadilar. Shunday qilib, Ivan Niki- forovich, miltiging‘izni alishmaysizmi? – Ivan Ivanovich, o‘zingiz xo‘b olim kishisiz, ga- pingiz tentaklarnikiga o‘xshaydi, axir men ahmoq bo‘pmanmiki... – O‘tiring, o‘tiring, Xudo olsin, keragi yo‘q! Menga desa chirib ketsin. Endi gapirmayman. Shu onda dasturxon keltirdilar; Ivan Ivanovich bir qadahni ichib, qaynoq somsani yeb oldi. – Menga qarang, Ivan Nikiforovich, men sizga haligi echkidan boshqa yana ikki qop suli ham berayin, siz suli ekkaningiz yo‘q-ku. Bu yil bari- bir suli sotib olasiz. – Azbaroyi Xudo, Ivan Ivanovich, siz bilan gaplashadigan kishi avval no‘xatga xo‘b to‘yib olmog‘i kerak! (Bu hali holvasi: Ivan Nikiforovich- ning og‘zidan bundan battar gaplar ham chiqa- di). Butun boshli bir miltiqni ikki qop suliga kim alishibdi? Egningizdagi po‘stinga-ku alishtirgin- giz kelmaydi-a? – Lekin, Ivan Nikiforovich, uning ustiga yana haligi echkini ham bermoqchi bo‘lganimni unut- mang! – Nima! Shunday miltiqqa ikki qop suli bilan bitta echkimi?! – Xo‘sh, nima bo‘libdi, ozmi? – Miltiqqa-ya?! – Albatta, miltiqqa. 246 Nikolay Gogol – Shunday miltiqqa ikki qop? – Ikki bo‘sh qop emas axir, sulisi bilan, echkini unutdingizmi? – Bag‘ringizga bosib, erkalab yotavering o‘zin- giz o‘sha echkingizni, agar buni xohlamasangiz, shaytonni bag‘ringizga bosing! – Ana xolos... sizga sal tegsa, bas... Ko‘rasiz, bunday bediyonat so‘zlar uchun u dunyoda tilin- gizga bigizni qizdirib tiqarlar. Siz bilan gapla shib bo‘lgandan so‘ng odam bet-qo‘lini yuvib, boshiga suv olmasa bo‘lmaydi. – O‘zingiz insof qiling, Ivan Ivanovich: miltiq juda noyob narsa, juda g‘alati ermak buyum, buning ustiga, uyga ham yaxshi ziynat... Ivan Ivanovichning achchig‘i chiqa boshlaga- nidan, endi: – Siz, Ivan Nikiforovich, miltig‘ingizga devona to‘rvasiga yopishganday yopishib olibsiz, – dedi alam bilan. – Siz, Ivan Ivanovich, xuddi erkak g‘ozga o‘xshaysiz! Agar Ivan Nikiforovich shu so‘zni aytmasa, ik- kalasi biroz mojarolashib, do‘stliklariga halal yet- mas edi. Lekin bu daf’a ish teskarisiga aylanib, Ivan Ivanovichning juda jahli chiqib ketdi. – Nima dedingiz, Ivan Nikiforovich? – deb baqirdi. – Men, Ivan Ivanovich, sizni erkak g‘ozga o‘xshaysiz dedim. – Janobingiz, odamning darajasi va nom-u nasabiga ehtirom va odob bilan qaramoqni yod- dan chiqarib, bunday haqoratomuz nom bilan meni beobro‘ qilishga nechuk jur’at qildingiz? 247 Taras Bulba – Nimasi haqorat buning? Xo‘sh, Ivan Ivanovich, qo‘lingizni muncha paxsa qilib gapirasiz, axir! – Takror so‘rayman: nega siz odob-axloqqa rio ya qilmay, meni erkak g‘oz dedingiz? – Basharangizga tupurdim, Ivan Ivanovich? Buncha tovuqday qaqillaysiz? Ivan Ivanovichning sabr-toqati qolmadi; lab- lari dir-dir titradi, og‘zi burishib qiyshayib ket- di, ko‘zlari shunday o‘ynab, pirpiradiki, qaragan odam qo‘rqar edi. Ivan Ivanovich nihoyatda ach- chiqlanganda bunday bo‘lmasa, boshqa mahalda hech bunday bo‘lmas edi. Ivan Ivanovich zarda bilan achchiqlanib: – Men ham sizga aytamanki, sizdaqa odamni pisand ham qilmayman. – Azbaroyi Xudo, zarracha g‘am yemayman, – dedi Ivan Nikiforovich. Lekin Xudo ursinki, bu gapi yolg‘on edi, chun- ki bu gap unga juda alam qilgan edi. Bundan keyin ostonangizga qadam qo‘ymay- man. – O‘ho‘! – dedi Ivan Nikiforovich, lekin o‘zi, ala- miga chidamasdan, nima qilishini bilmay o‘rni- dan tikka turib ketdi. – Hoy kampir, hoy bola! – deb qichqirgan hamon eshikdan haligi arvoh kampir bilan uzun ro‘dapo kamzulga o‘ralashgan pakana bo‘yli bir bola kirib keldi: – Bu kishini qo‘lidan ushlab, tashqariga chiqa- rib qo‘yinglar! – deb amr qildi u. Ivan Ivanovich bunday beobro‘ bo‘lganligiga nihoyat darajada achchiqlanib: – Mendek asilzodani-ya? Qani, yaqinimga ke- lib ko‘ring-chi, ahmoq xo‘jayiningiz bilan birga 248 Nikolay Gogol qo‘shib abjag‘ingizni chiqarayki, qarg‘a cho‘qi- guday yeringiz ham qolmasin! – dedi. (Ivan Iva- novich jahli chiqqanda juda boplab gapirar edi). To‘rtovining turishi juda g‘alati edi. Ivan Niki- forovich qip-yalang‘och bo‘lib uyning o‘rtasida tu- rardi. Kampir bo‘lsa quti o‘chib, og‘zini ochib ang- rayib qolgan edi. Ivan Ivanovich bo‘lsa, qa dimgi Rim notiqlari singari qo‘lini ko‘targancha turardi. Ularning bu holati g‘alati bir tomosha edi. Le- kin tomoshabin haligi ro‘dapo kamzul kiygan va burnini kavlab bemalol turgan bola edi, xolos! Ivan Ivanovich aloha bosh kiyimini qo‘liga oldi. – Siz, Ivan Nikiforovich, «juda yaxshi» muoma- la qildingiz. «Juda yaxshi!» Bir kun men ham siz- ga qaytaraman. – Yo‘qoling, Ivan Ivanovich, yo‘qoling! Ehti- yot bo‘ling, qo‘limga tusha ko‘rmang! Tushguday bo‘lsangiz, abjag‘ingizni chiqaraman! Ivan Ivanovich bosh barmog‘ini panjasi orasi- dan ko‘rsatib: – Bu gapingizga, Ivan Ivanovich, mana bu, – dedi va eshikni shunday qattiq yopdiki, yopilgan eshik yana ochilib ketdi. Ivan Nikiforovich eshikka yaqin kelib, yana bir narsa demoqchi edi-ku, ammo Ivan Ivanovich orqa- siga qaramasdan, allaqachon chiqib ketgan edi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling