Kbk: 84(Ros-Rus)


II BOB Ivan Ivanovichning qilgan orzusi, Ivan Iva­


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

II BOB
Ivan Ivanovichning qilgan orzusi, Ivan Iva­
novich bilan Ivan Nikiforovichning oralarida 
qanday suhbatlar o‘tgani va u suhbatning 
oqibati nima bo‘lganining bayoni
Iyul oyida bir kun ertalab Ivan Ivanovich 
ayvonda yotar edi. Kun nihoyat darajada issiq, 
havo quruq va qaqshagan o‘tdek tovlanardi. Ivan 
Ivanovich juda erta turib, shahardan tashqariga 
chiqib, o‘roqchilarini ko‘rib, qo‘rg‘onini aylanib, 
uchragan dehqonlar bilan gaplashib, xotin-xalaj-
dan, qayerdan kelmoqda, qayerga ketmoqda va 
nima uchun kelib-ketmoqdaligini surishtirib 
kelib, juda horigandan so‘ng, yana yotgan edi. 
U yotgan joyida ombor va saroylarga va hovlida 
yurgan tovuqlarga qarab turib, o‘ylanib ketdi: 
«Xudoga shukr, xo‘b davlatim bor-da, menda yo‘q 


236
Nikolay Gogol
narsadan nima bor? Parrandam bor, imoratla-
rim joyida, omborim bor, xushbo‘y arag‘im bor, 
bog‘imda nok-u nashvatim, olchalarim bor, sab-
zazorimda ko‘knor, karam va no‘xatlarim bor, 
nima kam? Muhtoj bo‘lgan nimam bor ekan?»
O‘ziga bunday ma’nodor savolni bergandan 
so‘ng Ivan Ivanovich fikrga g‘arq bo‘ldi, bu orada 
yangi narsalarni axtarib, Ivan Nikiforovichning 
devoridan nariyog‘idagi narsalarga beixtiyor ko‘zi 
tushib qoldi. Qotma bir kampir uzoq yotib qolgan 
kiyimlarni birma-bir olib chiqib, shamollatish 
uchun uzun arqonga yoymoqda edi. Shu paytda 
yeng uchlari to‘zigan, eski bir «mundir» yenglarini 
uzatib, quchog‘ida zarbof nimcha bilan arqonga 
osildi, ketidan tugmalari tamg‘ali, yoqasini kuya 
yegan, to‘ralar kiyadigan to‘n chiqdi, so‘ng ustiga 
dog‘ tushgan oq shim chiqdi, bir mahallar Ivan 
Nikiforovichning oyog‘i sig‘gan bu shimga endi 
qo‘li ham zo‘rg‘a sig‘ar edi. Keyin yana bir necha 
shim chiqib, bular «l» harfiga o‘xshatilib, dorga 
osildi. Ivan Nikiforovich bundan yigirma yil avval 
mirshablikka hozirlanib, mo‘ylov qo‘ygan vaqtida 
tiktirgan kazakcha ko‘k kamzul chiqdi. Oxirida 
mezananing nayzasiga o‘xshagan qilich chiqdi. 
So‘ngra, tugmalari bir mirilik chaqadek, sabza 
rangli kafanga o‘xshagan bir narsaning etaklari 
yelpinib ko‘rindi. U etaklar orqasidan zar uqali 
va ochiq nimcha ko‘rindi. Birpasdan keyin nim-
chaning ustiga marhuma onasidan qolgan va har 
cho‘ntagiga bitta tarvuz sig‘adigan eski ko‘ylak 
tashlandi. Bularning hammasi Ivan Ivanovich-
ga juda g‘alati tomosha bo‘ldi. Bu onda ko‘k yoki 
yashil yenglarning qizil tikkan uchlari, yoki osig‘liq 
kimxoblarning u yer bu yeriga kunning shu’lasi 


237
Taras Bulba
tushib tovlanar va bu manzara qishloqma-qishloq 
yurgan darbadar nayrangboz larning chodirxayo-
liga o‘xshab ketar edi. Xusu san, chodirxayolchi-
lar tilla tojli shaddodni, taka yetaklagan avliyoni 
o‘yin qilib ko‘rsatganla rida, orqada g‘ijjak chiyil-
lab, lo‘li labini do‘mbira qilib cha lib ketayotgan-
da, kun botib, Janub kechasining salqin shaba-
dasi semiz-semiz qishloqi xotinlar ning toza yelka 
va siynalariga qattiq urgan chog‘ bo‘ladi-ku, ana 
shunga o‘xshab ketadigan bir manzara.
Birpasdan keyin kampir entika-entika ombor-
dan qadimiy bir egar ko‘tarib chiqdiki, uzangi-
lari uzilgan, yonidagi to‘pponcha osadigan charm 
g‘ilofi to‘zigan, bir vaqtlarda alvon rangda bo‘lgan, 
zar tikkan mis qubbalar taqilgan yopg‘ichi bor edi.
Ivan Ivanovich o‘ziga: «Voy, ahmoq kampir-ey! 
Halizamon Ivan Nikiforovichning o‘zini ham 
shamollatgani olib chiqadi, shekilli!» – deb qo‘ydi.
Darvoqe, Ivan Ivanovichning o‘ylagani rost chiq-
di. Besh daqiqa o‘tar-o‘tmas, Ivan Nikiforo vichning 
dag‘al matodan qilingan katta shimi hovli sahni-
ning yarmisicha yerni egalladi. Keyin kampir bitta 
bosh kiyim bilan bitta miltiq olib chiqdi.
«Xo‘sh, bu nima bo‘ldi? – deb o‘yladi Ivan Iva-
novich. – Men Ivan Nikiforovichning qo‘lida bir 
umr miltiq ko‘rgan emas edim, nima qilgani bo‘ldi 
bu? O‘zi miltiq otmasa ham, miltiq saqlar ekan-da! 
Miltiqning unga nima keragi bor ekan? Lekin xo‘b 
yaxshi narsa-da! Ko‘pdan beri shunday miltiqni 
orzu qilar edim. Shuni qo‘lga tushirmasam hech 
bo‘lmaydi, miltiqbozlikni yaxshi ko‘raman».
– Hoy kampir, hoy kampir, – deb barmog‘i bi-
lan imlab chaqirdi Ivan Ivanovich.
Kampir devor yaqiniga keldi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling