Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

5
Taras Bulba
Kenjasini quchoqlab turgan ona:
– Tag‘in nima balo deyapsiz! O‘z otasini ura-
dimi, bu nima jinnilik! Har narsa ham evi bi-
lan-da; yosh bola shuncha yo‘l yurib kelgan 
bo‘lsa-yu (yosh bola yigirmadan oshgan, bo‘yi 
rosa bir sarjin kelar edi), damini olsin, ovqat ye-
sin deyish o‘rniga, mushtlash deysiz-a! – dedi.
– Sen juda erka bo‘lib qolibsan! – dedi Bulba. 
– Onangning gapiga quloq solma, xotin kishining 
hech narsaga aqli yetmaydi. Sizlarga erkalikni 
kim qo‘yibdi? Arg‘umoq minib, jang maydonida 
hunarlaringni ko‘rsatlaring, bildinglarmi? Manavi 
qilichni ko‘rdinglarmi? Onangiz shu bo‘ladi! Siz-
larning miyalaringga quyilgan gaplarning barisi 
behuda; akademiyangiz, alifbe kitoblaringiz, fal-
safa-yu safsatalaringiz hammasi bir pul, barisi-
ga tupurdim! – Bulba kitobga yozib bo‘lmaydigan 
yana bir-ikki gap ham aytdi. – Yaxshisi, men siz-
larni kelasi haftadayoq Zaporojyеga jo‘natay. Ilm 
degani ana o‘sha yerda! Asil maktab ham o‘shan-
da: aqlingiz ham o‘sha yerda to‘ladi.
Keksayib, ozib ketgan ona ko‘ziga yosh olib:
– Uyda atigi bir hafta turishar ekan-da; sho‘r liklar 
yayrab, sayr-tomosha ham qilishmas ekan-da! O‘z 
uylarini ham tuzukkina ko‘rolmas, men ham ular-
ning diydoriga to‘yolmas ekanman-da! – dedi.
– Kampir, bas qil, qo‘y yig‘ingni! Kazak xotin-
chalish bo‘lmaydi. Senga qolsa ikkovini eta gingga 
qamab, tuxum bosgan tovuqdek bosib yotar eding. 
Bor, bor tezroq, dasturxonni tuzat, nima bo‘lsa 
qo‘y. Qandolatlaring bizga kerakmas. Bitta qo‘y, 
echki keltir, qirq yillik bol keltir! Ko‘proq araq kel-
tir, shirin-shakar, jiyda-mayizlik emas, shishada 
o‘ynab turadiganidan, tozasidan bo‘lsin.


6
Nikolay Gogol
Bulba o‘g‘illarini mehmonxonaga boshlab kir-
di. Ular kirganda uyni yig‘ishtirib yurgan, qip-qi-
zil marjon taqqan ikki chiroyli cho‘ri qizlar yugu-
rib, chiqib ketdi. Ular har kimga bir tegishmay 
qo‘ymaydigan boyvachchalarning kelganini eshi-
tib, o‘zlaridan xavotir olib turgan bo‘lsalar ke-
rak, o‘z odatlarini qildilar, odatda ular erkaklarni 
ko‘rishlari bilan qichqirib qochishardi, keyin qat-
tiq uyalib, anchagacha yenglari bilan yuzlarini 
bekitib yuradilar. Uyning mehmonxonasi qadim-
gi zamon talabiga mos qilinib, shunday orasta-
langan ediki, hozir u davrdan nom-nishon ham 
qolmagan va uning tasvirini faqat qo‘shiqlarda 
hamda xalq dostonlarida uchratish mumkin, 
uning ta’rifini hozir Ukrainadagi uzun soqol kek-
sa, so‘qir sozandalar to‘plangan xalqqa aytmay 
qo‘yganlar; bu mehmonxona xuddi Ukrainada 
uniya
1
uchun jang-u jadallar boshlagan og‘ir va 
notinch davr didiga monand orastalangan edi. 
Hamma yoq chinnidek toza, yarqirar edi. Devor-
larga qilich-qalqon, baliq to‘r, qamchin, qafas, 
miltiq, dori solinadigan naqshdor qortiq, oltin yu-
gan, kumush halqali tushovlar osilgan edi. Dera-
zasida hozir faqat eski butxonalar dagina qolgan 
va ko‘tarib qaralmasa hech narsa ko‘rinmaydigan 
kichkinagina xira dumaloq oynalar. Eshik va de-
razalari qizilga bo‘yalgan, jimjimador. Uyning 
burchaklaridagi ko‘zachalar, yashil va ko‘k 
shishalar, o‘ymakor kumush va oltin suvi yugur-
tirilgan qadahlar va tovoq lar – Venetsiya, Turki-
1
Uniya – Rim papasining qo‘li ostida pravoslav va kato-
lik cherkovining birlashuvi. XV asrda polyaklar Ukrainani 
qul qilish uchun uniyadan mafkuraviy qurol sifatida foyda-
langanlar.


7
Taras Bulba
ya va Cherkasda yasal gan bu buyumlar qo‘ldan-
qo‘lga o‘tib, har xil yo‘llar bilan Bulbaning meh-
monxonasiga kelib qolgan, chunki alg‘ov-dalg‘ov 
urush zamonlarida bu xil ishlar ko‘p bo‘lardi. Uyni 
gir aylantirib qayin po‘stlog‘idan qilingan kursilar 
qo‘yilgan; uyning to‘ridagi burchakda, butlar tagi-
da katta xontaxta; serhasham katta koshinkor 
pechka. Har yil ta’tilda uylariga kelib-ketib tur-
gan ikki yigitga bular juda yaxshi tanish edi; ular 
otlari yo‘qligidan va maktab bolalariga otliq yu-
rish rasm bo‘lmaganligidan piyoda kelib-ketishar 
edi. Ularning faqat uzun kokillari bo‘lib, yonida 
yarog‘i bor har bir kazak ularni kokilidan ushlab 
ura olardi. Bulba bolalari maktabni bitirganidan 
keyin ikkita ayg‘ir yubordi. 
O‘g‘illari kelishi munosabati bilan Bulba ham-
ma yuzboshilarni, barcha askarboshilarni cha-
qirtirdi: qadrdon oshnasi yasovul Dmitro Tov kach 
bilan yana ikki kishi kelganda, Bulba o‘g‘illarini 
ularga tanitib: «Qarang, qanday azamat yigit bo‘lish! 
Yaqinda ikkovini Sechga yuboraman», – dedi. Meh-
monlar Bulba bilan o‘g‘illarini qutlab, so‘rash-
ganlaridan keyin: «Juda yaxshi ish qilasiz, yosh 
yigitlarga Zaporojyе Sechdan yaxshi ilm-u hunar 
yo‘q», – dedilar.
– Qani, og‘aynilar, dasturxonga! Har kim xohla-
gan joyiga o‘tiraversin! O‘g‘illarim, hamma dan av-
val araqdan boshlaylik! – dedi Bulba. – Xudo yor 
bo‘lsin! O‘g‘illarim, salomat bo‘linglar. Ostap, sen 
ham, Andriy, sen ham omon bo‘l! Urushda hami-
sha qo‘lingiz baland bo‘lsin! G‘ayridinlar ning do-
dini beringlar. Musulmonlarning ham, turklar-
ning ham, tatarlarning ham dodini be ringlar. 
Agar lyaxlar dinimizni oyoqosti qiladigan bo‘lsa, 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling