Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
14
Nikolay Gogol Boyaqish onagina uxlamadi, xolos. Bechora ona qatorasiga yotgan aziz o‘g‘illarining boshida o‘tirib, ularning jingalak sochlarini tarar va ko‘z yoshi to‘kar edi; bolalarining diydoriga tikilib sira to‘ymas, butun vujudi va barcha sezgilari bilan termilar, lekin to‘ymas edi. Oq sut berib boqqan, parvarish qilib o‘stirgan bolalarining diydoriga ham to‘yolmasdan qoladimi endi? «Jonim bolala- rim, shirinlarim! Nima ko‘rguliklar va savdolar boshingizga tusharkan?» – deb yig‘lardi u; ko‘zidan oqqan yoshlari bir zamonlardagi husnini buzgan ajinlar orasida to‘xtab qolardi. U alg‘ov-dalg‘ov, to‘polon zamonning barcha ayollari kabi mushti- par, ojiza edi. Boyaqish muhabbat zavqini faqat andak vaqtgina surdi, yoshlik jo‘shga kelgan ilk vaqtlarda, sho‘xlik kezlaridagina biroz aysh qilib qoldi; bechorani o‘ziga maftun qilgan rahmsiz eri qilich-qalqonni, jo‘ra-ulfatlarni, bo‘zaxo‘rlarni deb, uni tashlab ketardi. Erini yilda ikki-uch marta ko‘rardi, xolos. Eri bir ko‘rinish berib, bir necha yillar dom-u daraksiz ketardi. Eri oldida bo‘lib, bir- ga turgan vaqtlari ham o‘ynab kulmasdi. Eridan haqorat-u xo‘rliklar ko‘rar, kaltak yer edi. Eri faqat rahmi kelgandagina silab-siypab iltifot ko‘rsatar edi. To‘s-to‘polon hukmron Zaporojyеning alg‘ov- dalg‘ovi ichida yashab bag‘ri tosh bo‘lib ketgan dilovar pahlavonlar orasida bu xotin g‘alati ko‘ri- nar edi. Yoshligi hech qanday rohat ko‘rmay o‘tib ketdi, go‘zal yuzlari o‘pich, siynasi quchoq ko‘rmay so‘lidi, tez fursatda qarib, yuzini ajin bos- di. Ko‘nglidagi bor muhabbati, barcha sezgilari, xullas, xotin zotida bo‘ladigan barcha malohat-u nazokat bu xotinda faqat bir onalik sezgisiga aylangan edi. Bolalari ustida kuyib-yonib, go‘yo 15 Taras Bulba bir qushdek o‘rgilar edi. Uni o‘g‘illaridan, jondan shirin bolalaridan judo etmoqchilar, ularning diy- doridan abadiy mahrum qilmoqchilar. Kim bilsin, birinchi jangdayoq biror tatar boshlarini kesib tashlaydimi? Ularning tanasi qayerlarda yumalab yotarkin, qaysi darrandaga yemish bo‘larkin, hol- buki, bu tananing har bir tomchi qoniga, har bir parcha etiga u bor-u yo‘g‘ini berardi. Polvon uyqu bolalarning ko‘zini yumdirdi. Ona uyquga tolgan bu ko‘zlarga tikilib yig‘lar, Bulba ertaga uyqudan turgach, zora insofga kelib, safarni bir-ikki kunga qoldirsa, balki ko‘proq ichganidan bunday jadal qilayotgandir deb umidvor bo‘lardi. Tikkadagi oyning shu’lasi uxlab yotgan odam- larga to‘lgan hovli yuzini, uning atrofidagi ko‘ra- dan ham oshib o‘sgan o‘t-o‘lanlarni yoritib turar edi. Kampir hali ham bolalari boshida, ularga tikilib o‘tirar, ko‘ziga uyqu kelmasdi. Otlar ham tong yaqinlashib qolganini bilib, ovqatga qara- may, o‘tga dumalab yotib oldi. Baqaterakning avval tepadagi barglari, keyin sekin pastdagilari ham qimirlay boshladi. Ona sahar paytigacha mijja qoqmasdan o‘tirib chiqdi, lekin toliqmadi, hatto kechaning ko‘proq cho‘zilishini tilar edi. Qir tomondan toychaning kishnagan tovushi eshitil- di. Osmon yalt etib qizardi. Bulba uyg‘onib irg‘ib turdi. Kecha qilgan buyruqlari juda yaxshi esida turgan edi. – Qani, yigitlar, turinglar, bo‘ladi shuncha ux- laganingiz! Turinglar, otlarni sug‘oringlar! Kam- pir qani? (Xotinini doim shunday der edi). Kam- pir, tez bo‘l, safarimiz uzoq, ovqat hozirla! Umidini tamomila uzgan bechora kampir no- chor va noiloj boshini egib, uyga kirib ketdi. 16 Nikolay Gogol Kampir yig‘lay-yig‘lay ovqat hozirlash bilan ovora bo‘lganda, Bulba: «Uni qilinglar, buni qilinglar», – deb buyurar, otlarni va yaxshi egar-jabduqlarni o‘zi tanlar edi. Talabalarning aft-angori tamomi- la o‘zgardi: eski, iflos etiklarini tashlab, kumush nag‘alli saxtiyon etik, kengligi Qora dengizdek ke- ladigan qat-qat burmali, zar ishtonbog‘li shalvar kiyib olishdi. Ishtonbog‘ uchiga popuk va qo‘ng‘i- roqlar osilgan edi. Qip-qizil cho‘g‘dek movut chakmon ustidan gulband kamar bog‘lashdi. Turkcha o‘ymakor to‘pponcha kamarga bog‘lan- gan, oyoq qacha tushgan qilich yurganda shaqir- shuqur qilardi. Hali uncha oftob yemagan yuzlari tozala nib oqardi. Maysa qora mo‘ylovlari yuz- larini yanada oqartirib ko‘rsatar, yigitlikka xos bo‘lgan sog‘lomlik va tozalik ularning husniga husn qo‘shar edi. Sho‘rlik ona! Bolalarini bu su- ratda ko‘rishi bilan tili lol bo‘lib, bir kalima so‘z ham ayta olmadi, ko‘z yoshlari to‘xtadi. Nihoyat Bulba: – Qani, o‘g‘illarim, bo‘ldi! Vaqt o‘tmasin! Endi dinimiz buyurgani shuki, safarga chiqish oldidan birpas o‘tirib, sukut qilaylik, – dedi. Hatto eshik tagida ta’zim bilan turgan yigit- chalar ham o‘tirishdi. – Onasi, endi bolalaringga fotiha ber! – dedi Bulba. – Xudodan so‘ra, ular mardona kurashsin- lar, mardlikni qo‘ldan bermasinlar, dinimizga homiy bo‘lsinlar, agar bunga yaramasalar, yorug‘ dunyodan benom-u nishon ketsinlar, bolalar- im, onangizga yaqinroq kelinglar, onaning duosi o‘tdan, suvdan saqlaydi. Boyaqish kampir ularni quchoqladi, ho‘ngrab yig‘larkan, ikkovining bo‘yniga bittadan but osdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling