Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
8
Nikolay Gogol ular ning ham dodini beringlar! Qani, kosang- ni tut; qalay, araq joyidami? Araqni lotinchada nima deydi? Ana shunaqa, o‘g‘lim, lotinlar ah- moq bo‘lishgan, ular araq nimaligini ham bilish- magan. Lotincha she’rlar yozgan bittasi bor-ku, oti nima edi? Savoddan no‘noqroqman, shu ning uchun otini ham bilmayman. Goratsi ymidi? 1 Katta o‘g‘li ko‘ng‘lida: «Otam chakana odam emas. Juda tullak, cholning bilmagan narsasi yo‘q, tag‘in o‘zini bilmaslikka soladi!» – deb qo‘ydi. Taras yana so‘z boshlab: – Arximandrit sizlarga araq hidlashga ham yo‘l bermagandir. O‘g‘illarim, rostini aytinglar, tol, olcha novdalari bilan xo‘b savalarmidi yoki juda mulla bo‘lib ketganligingizda darra bilan urar- midilar? Shanba kungina emas, chorshanba-yu payshanbalarda ham xo‘b darra yegan bo‘lsangiz kerak? – dedi. Ostap parvo qilmay: – O‘tgan ishga salavot, ota, bo‘lgan ish o‘tdi-ket- di! – deb javob berdi. – Qani, endi bittasi tegib ko‘rsin-chi, haddi sig‘adimi! Bitta-yarimta tatarvachcha qo‘limizga tusha ko‘rsin kazakning qilichi qanaqaligini bilib oladi! – dedi Andriy. – Barakalla, o‘glim, balli, o‘g‘lim! Bunday bo‘lsa men ham sizlar bilan birga boraman, Xudo haqqi, boraman! Bu yerda nimani kutaman? Bu yerda menga pishirib qo‘yibdimi? Qo‘noq ekib, ro‘zg‘or qilib, qo‘y boqib o‘tiraymi? Nari tursin-ey, men kazakman, toqatim bormi bunga! Hozir urush bo‘lmay turibdi-da. Mayli, sizlar bilan birga Zaporojyеga ketaveraman, Xudo ursin, ketaman, 1 Goratsiy – qadimgi Rimning mashhur shoiri. 9 Taras Bulba tomosha qilib kelaman! – chol Bulba sekin-sekin avj qilib, bir mahal juda ko‘tarilib, jahl bilan o‘rnidan turdi-da, qaddini rostlab, o‘ziga oro ber- gach, qat’iy ishonch bilan: – ertagayoq jo‘naymiz, paysalga solib nima qilamiz! Bu yerda poylab yot- gan bilan hech qanaqa dushmanni tutolmaymiz! Bu uy, bu ashqol-dashqolning bizga nima keragi bor? Bu xurmachalarni nima qilamiz? – dedi. Bu so‘zlarni aytgach, xurmacha bormi, boshqa idish bormi, hammasini urib-irg‘itib sindira boshladi. Erining bu xil qiliqlarini ko‘p ko‘rib, ko‘nikib qolgan kampir kursida termilib o‘tirar, churq etib, bir gap aytishga holi yo‘q edi. Ammo uning uchun nihoyatda dahshatli bo‘lgan bu qarorni eshit gach, ko‘z yoshini to‘xtata olmadi: bolala- ridan bunday tez judo bo‘lish vahimasiga tushib qoldi. Uning termilgan ko‘zlarida, qaltiragan lab- larida zohir bo‘lgan qayg‘u va alamini hech qan- day qalam egasi ta’rifga keltirolmas edi. Bulba haddan tashqari o‘jar. Bu xil tabiatli odamlar sertashvish XV asrda, yarim ko‘chman- chi umr kechirgan Yevropaning bir burchagida paydo bo‘lishi mumkin edi; o‘sha davrda knyazlar janubiy Rossiyani tashlab qochgan va vahshiy mo‘g‘ullar uni poymol qilib, kulini ko‘kka sovur- gan edi. U zamonlarda bu yerning odamlari xona- vayron bo‘lib, hech narsadan tap tortmaydigan, jasur bo‘lib ketgandi. Dahshatli qo‘shinlar ko‘z oldida, doimiy xavf-xatar va olovlar ichida yasha- gani uchun dunyoda qo‘rquv degan tuyg‘u borli- gini unutgan, hech narsaga parvo qilmay qo‘ygan edi. Avvaliga yuvosh bo‘lgan slavyan qalbiga jang- ovarlik o‘ti tushib, kazaklar paydo bo‘lgan, ya’ni, serzavq, oliyhimmat rus tabiati qanot yozgan; 10 Nikolay Gogol daryo bo‘ylari, yaylovlar, darxon yerlar son-sano- qsiz kazaklar bilan to‘lgan zamonlar edi. Bular- ning sonini bilmoqchi bo‘lgan sultonga ular o‘rinli javob berib: «Kim bilsin! Butun dasht-biyo bonni kazak bosib ketgan, qayerda bir tepacha bo‘lsa, o‘sha yerda kazak bor», – degan vaqtlar edi. Bu ruslardagi kuch-quvvatning misli ko‘rilmagan bir junbishi ediki, buni xalqning boshiga tushgan kulfatlar yuzaga chiqardi. Avvalgi hokimliklar, toziboz «ovchilar» bilan to‘lgan mayda-chuyda shaharlar, bir-biri bilan urishib-talashib yotgan mayda hokimlarning shaharlari o‘rniga, ham- masiga bir xilda dahshat solib turgan xavf-xatar oldida birlashgan, g‘ayridin vahshiylarga qarshi dushmanlik hislari bilan bir-birlariga bog‘langan dahshatli harbiy qismlar paydo bo‘ldi. Ularning doimiy kurashlari va behalovat turmushlari Yev- ropani ag‘dar-to‘ntar qilib tashlamoqchi bo‘lgan boyagi vahshiylardan saqlab qolganligi tarixdan hammaga ma’lum. Mayda-chuyda hokim-knyaz- lar o‘rniga o‘tirgan va bu keng o‘lkalarni egallab olgan polyak podsholari, garchi andak bo‘lsa ham kazaklarning ahamiyatini tushundilar, bunday jangovarlik yaxshi posbon ekanini angladilar. Ularga iltifot ko‘rsatdilar, xushomad qildilar. Bu podsholarga tobe bo‘lgan kazaklar ning o‘z ichlari- da saylangan getmanlar 1 qishloq va dahalardan polk va qismlar tuzdilar. Bu polklar muntazam askar polklari emas, ko‘zga ko‘rinmas, ammo urush chiqquday bo‘lsa yoki yurtda g‘alayon ko‘tarilsa, ko‘p emas, rosa sakkiz kunda hamma otlanib, aslahalanib chiqar edi. Polyak podshosi 1 Getman – kazaklar saylangan podsholarni shunday atar dilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling