Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
231
Taras Bulba yib, butxonaga boradi. Butxonaga kirishi bilan to‘rt tomonga salom berib, aksari to‘g‘ri xonaqo- ga borib o‘tiradi va yo‘g‘on ovozi bilan qiroatga qo‘shilishadi. Ibodat tugashi bilan tilanchilar- ning hammasiga sadaqa bermasdan qo‘ymaydi, bunday behuda ish bilan shug‘ullanishni o‘zi xohlamasa ham, lekin u kishining tabiatlaridagi saxiylik shu «xayrli ish»ga yetaklaydi. Tilanchilar orasidan yirtiq-yamoq kiyingan ojiz va notavon bir xotinni topib: – Omonmisan, bechora? Qayerdansan? – deb hol-ahvol so‘rardi. – Taqsir, qo‘rg‘ondan keldim: uch kundan beri hech narsa yegan-ichganim yo‘q, o‘z tuqqan bo- lalarim haydab yubordilar. – Ey, g‘aribi bechora! Nega kelding bu yerga? – Taqsir, o‘zim xayr so‘ragani keldim, hech bo‘lmasa, non puli berguday saxiylar topilib qolar dedim. Shunday fursatda Ivan Ivanovich, o‘z odatlari bo‘yicha, so‘rar edilar: – E, shundaymi, qorning ochmi, non yeysan- mi? – Nega yemay? Itdek ochman. – Ha, – der edi Ivan Ivanovich, – ko‘ngling, bal- ki go‘sht ham tilar? – Nimaiki bersangiz mayli. – Ha, nondan go‘sht yaxshimi? – Och odam surishtirib o‘tiradimi, nima ber- sangiz roziman, – deb kampir qo‘llarini uzatardi. – Qani, jo‘na! Xudo bersin! – der edi Ivan Iva- novich, – Nega qarab turibsan? Seni urayotganim yo‘q-ku! Shu taxlit muomala bilan boshqa tilanchilar- dan ham «hol-ahvol so‘ragach», uylariga quruq 232 Nikolay Gogol jo‘natib yuborar edi, yoxud bechora tilanchilar Ivan Nikiforovich degan qo‘shnisi nikiga, yo sud- yanikiga, yo shahar hokiminikiga bir qadah araq ichgani kirar edilar. Sovg‘a-salom olib kelgan kishilarni Ivan Iva- novich ko‘p do‘st tutar, sovg‘a-salomni juda yoq- tirar edi. Ivan Nikiforovich ham u kishiga o‘xshash ko‘p yaxshi odam. U kishining hovlisi Ivan Ivanovich- nikiga qo‘shni. Ular shunday qalin do‘stlarki, dunyo ularga o‘xshashini ko‘rmagan desa ham bo‘ladi. Anton Prokofyevich Pupopuz degan yana bir kishi borki, haligacha moviy yengli, mosh rang surtuk kiyadi va har yakshanba kuni sud- yanikida ovqat qiladi. Ana o‘sha kishi aksari der edilarki: «Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich- ni shaytonning o‘zi bir-biriga mahkam bog‘lag- an, biri qay tarafga yursa, ikkinchisi ham uning ketidan qolmaydi». Ivan Nikiforovich umr bo‘yi bo‘ydoq o‘tdi. Gohi- da uylangan edi degan gaplar yursa ham, u gaplar yolg‘on edi. Kaminalari Ivan Nikiforovichni juda yaxshi bilaman va shu sababdan ayta ola manki, u kishi uylanishni niyat ham qilgan emaslar. Bir zamon Ivan Nikiforovichning orqasida dumi bor degan gap tarqalgan edi. Bunday fisq-u fa- sod gaplarni kim tarqatarkan? Shu qadar noloy- iq, yopishmagan va to‘qima bo‘hton gaplarki, muhtaram o‘quvchilarga bu gapning yolg‘onligini bildirib o‘tirishni lozim ham topmayman, chun- ki yolg‘iz alvasti degan maxluqning dumi bo‘lgani va ularning ham ba’zi birlaridagina dum borligini o‘qimishli kishilarning hammasi biladi. Alvastilar aksari xotin toifasiga mansub bo‘lib, erkak toi- fasidan bo‘lganlari kamdir. 233 Taras Bulba Bu do‘stlar har qancha qalin bo‘lsalar ham, bir-birlariga o‘xshamas edilar. Ularning ta’birla- rini, eng yaxshisi, qiyos yo‘li bilan bilsak bo‘ldi: Ivan Ivanovichda juda xushmuomalalik va gap- donlik fazilati bor. Xudoyo, gapi shunday yaxshi- ki! Uning gapini eshitmoqdan hosil bo‘ladigan laz- zatni, boshingizni boqqan va tovoningizni qashi- gandagi huzurga o‘xshatsa bo‘ladi, xolos. Uning gapini eshitganingizda xomush bo‘lib qolasiz. Huzur qilasiz, cho‘milib keyin uxlagandek maz- za qilasiz! Ivan Nikiforovich bo‘lsalar, aksincha, doim sukut qiladilar, ammo gapirguday bo‘lsalar, shunday shartta kesadilarki, har qanday o‘tkir tig‘ ham bunday kesolmaydi. Ivan Ivanovich oriqroq, novcha bo‘yli Ivan Nikiforovichning bo‘yi pakanaroq bo‘lsa ham, yo‘g‘ondan kelgan. Ivan Ivanovichning boshi dumini pastga qilib to‘ntarib qo‘ygan turpga o‘xshaydi; Ivan Nikiforovichning boshi esa dumini yuqori qilib qo‘ygan turpga o‘xshaydi. Ivan Ivanovich ayvonda ko‘ylakchan bo‘lib faqat tushlik ovqatdan so‘ng yotadi: kech- qurun bo‘lsa po‘stinini kiyib, yoki uning uni- ni sotadigan shahar do‘koniga borar, yo dalaga chiqib, bedana ovlar edi. Ivan Nikiforovich bo‘lsa, ertadan kechgacha eshik oldida – zinada yotadi, agarda kun uncha issiq bo‘lmasa, albatta, oftob- da tovlanib yotadi va boshqa hech qayerga borgi- si kelmaydi. Ertalab hafsalasi kelib qolsa, yana kirib yotadi. Avvallari ba’zida Ivan Ivanovichni- kiga kirar edi. Ivan Ivanovich ta’bi juda nozik odam va odob bilan gaplashilganida og‘zidan hech bir behuda so‘z chiqmaydi va o‘zgalarning og‘zidan chakki gap chiqsa, xafa bo‘ladi. Ammo Ivan Nikiforovich ba’zida tilini tiyolmay qoladi. 234 Nikolay Gogol Shunda Ivan Ivanovich, darrov o‘rnidan turib: «Bas, Ivan Nikiforovich, bunday gunoh gaplarni gapirguncha, tezroq oftobga tushaylik», – deydi. Ivan Ivanovichning sho‘rvasiga pashsha tush- guday bo‘lsa, juda xafa bo‘ladi, toqati qolmaydi, likopchalarni otib yuboradi, mezbonni ham koyib tashlaydi, Ivan Nikiforovich bo‘lsa, cho‘milishni, to bo‘g‘zigacha suvga kirib, suvga xontaxta va samovar qo‘ydirib, suvning salqinida choy ichish- ni yaxshi ko‘radi. Ivan Ivanovich soqolini haftada ikki marta oldiradi, Ivan Nikiforovich bir marta. Ivan Ivanovich har narsaga qiziqadigan odam: uning oldida bir gapni boshlab tugatmasang, baloga qolasan. Agar bir narsadan norozi bo‘lsa, darhol izhor qiladi. Ivan Nikiforovichning xush- noxush ligini yuziga qa rab darrov bilib bo‘lmaydi; bir narsadan xursand bo‘lsa ham, izhor qilmay- di. Ivan Ivanovich picha qo‘rqoqroq odam. Ammo Ivan Nikiforovich uning aksi, shalvari juda keng, agar uni puflasangiz ichiga butun uskunasi bilan hovli joyla shib ketadi, Ivan Ivanovichning ko‘zlari katta-katta bo‘lib, ko‘zining rangi tamaki rangiga o‘xshaydi; og‘zi qadimgi rus alifbesining «i» harfi- ga o‘xshab ketadi. Ivan Nikiforovichning ko‘zlari esa bit ko‘z, rangi sariq, qoshi qalin, yuzi semiz bo‘lganidan ko‘zlari zo‘rg‘a ko‘rinadi, burni bo‘lsa pishgan olxo‘riga o‘xshaydi. Ivan Ivanovich sizni siylab burnakisidan tutsa, avval tamaki qutisi- ning qopqog‘ini bir marta yalab, so‘ngra barmog‘i bilan bir chertib, keyin sizga uzatarkan, bashar- ti oshna bo‘lsangiz: «Marhamatingizdan umidvor bo‘l mog‘im mumkinmi, xo‘jam?» – der va agar oshna bo‘lmasangiz: «Mansab va darajalari, nom- larini bilmoq sharafi menga muyassar bo‘lma- 235 Taras Bulba sa ham, marhamatlaridan umidvor bo‘lmog‘im mumkinmikan, davlatpanohim» – deydi. Ivan Ni- kiforovich esa sizga to‘ppa-to‘g‘ri burnakisining qutichasini uzatib, kaltagina qilib: «Marhamat», – deb qo‘ya qoladi. Ivan Ivanovich bo‘lsin, Ivan Niki- forovich bo‘lsin, ikkovlari ham burga degan max- luqni juda yomon ko‘radilar va shuning uchun ko‘chadan o‘tgan har bir chorbozorchi juhudni to‘xta tib, o‘sha maxluqni yo‘qotish uchun lozim bo‘lgan dorilardan olmasdan qo‘ymaydilar. Lekin juhudning molini olmasdan burun, yahudiy dini- da bo‘lgani uchun uning o‘zini xo‘b so‘kib oladilar. Biroq Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich o‘rtasida bir nav ayirma bo‘lsa ham, har holda ikkovi ham yaxshi odam. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling