Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
218
Nikolay Gogol bir parcha lattami, qalampir munchoq mi, mabo- do, hech narsa topilmasa, bir parcha qog‘ozmi, ishqilib, bir narsa taqib olardi. Shu tobda ana shu xotin bu yerdan o‘tib ketayotgan ekan, falsafashu nosni ko‘rib qolib: – Assalom-u alaykum, Xoma, voy-voy, nima balo bo‘ldi senga! – dedi chapak chalib. – Nima deganing bu, nodon xotin? – Xudoyo tavba! Soching bitta qolmay oqarib ketibdi-ku! Spirid ham unga tikilibroq qaragach: – Eh-ha! Rost aytadi! Xuddi Yavtux cholning o‘zi bo‘lib qolibsan-ku! – dedi. Falsafashunos bu gapni eshitib, oshxona to- monga yugurgancha ketdi, chunki bunda bir parcha oynaga ko‘zi tushgan edi; pashsha o‘tir- gan bu oynaning atrofiga o‘t-o‘lanlar qadalgan, hatto boychechakdan gul bargak ham bog‘lan- ganligidan boyagi satangning pardoz qiladigan oynasi ekanligi ma’lum edi. Oynaga qarab hali- gilarning gapi rostligini bilgach, quti o‘chib ketdi, sochining yarmisi oqarib ketibdi. Xoma Brut xafa bo‘lib, xayol surib ketdi. Xo‘b o‘ylab-o‘ylab, keyin: – Boyning oldiga borib, voqeani aytaman, endi bas, o‘qimayman, deyman. Shu tobda darrov meni Kiyevga jo‘natsin, – dedi o‘ziga-o‘zi. Shu xayollar ichida yuzboshining eshigiga qa- rab jo‘nab qoldi. Yuzboshi mehmonxonasida xomush o‘tirgandi. Avval qanday bo‘lsa, hali ham shu zaylda xafa va g‘amgin edi. Yuzlari yanada battarroq so‘lishibdi, kam ovqat yeganligi, yoki umuman yemaganligi bilinib turar edi. Rangi nihoyatda o‘chib, bo‘zarib qolganidan toshdek qotib qolganga o‘xshar edi. 219 Taras Bulba Bosh kiyimini qo‘liga olib, ostonada to‘xtab turgan Xomaga ko‘zi tushgach: – Assalom-u alaykum, ishlaring qalay, joyida- mi? – dedi. – Joyidalikka joyida-ya, shunday jin urgan ekan- ki, bosh kiyimini qo‘ltiqlab qochavermoq kerak. – Nega bunday deysiz? – Xo‘jayin, qizingiz… albatta asilzodaligi aniq- ku, bu tomondan hech kim gumon qilmaydi-ya, biroq xudo jonini rohatda saqlasin, sha’niga yo- mon gapirmoqchimasman, bunga g‘azabingiz kelmasin… – Nima qilgan ekan qizimga? – Shayton yo‘liga kirgan ekan. Shunday alo- matlarni ko‘rsatdiki, hech qanday kitobda buning ta’biri yo‘q. – O‘qiyver! O‘qiyver! Seni chaqirtirgani behu- da emas. Sho‘rlik bolam o‘z jonining g‘amini yeb, nojo‘ya, badxayol fikrlariki bor, hammasidan musaffo bo‘lay deb, duoga zo‘r bergan-da. – Xo‘jayin, ixtiyor sizda, lekin azbaroyi Xudo, toqatim qolmadi. – O‘qiyver, o‘qiyver! – dedi yuzboshi boyagidek xushmuomalalik bilan. – Endi bir kecha qoldi. Savob ish qilasan, yana quruq ham qo‘ymayman. – Har narsa bersangiz ham… Nima qilsangiz qi- ling, lekin men o‘qimayman! – dedi Xoma uzil-ke- siliga. – Hoy falsafashunos, gapga quloq sol! Bunaqa mojarolashishni yomon ko‘raman; bu qilig‘ing- ni o‘sha maktabingga borganda ko‘rsatar- san, mening ta’bim ko‘tarmaydi, men uradigan bo‘lsam, domlangga o‘xshab xipchin bilan ur- mayman. Charm darrani bilasanmi? – dedi yuz- boshi dag‘dag‘a bilan. 220 Nikolay Gogol Falsafashunos ovozini pastroq qilib: – Nega bilmay, charm darrani kim bilmaydi, zarbiga toqat qilib bo‘ladigan narsa emas, – dedi. – Shunday aytib qo‘yay yigitlarimning darra- sini yemagansan-da! – dedi yuzboshi haybat bi- lan o‘rnidan turarkan, avzoyi buzilib, dag‘dag‘asi osh di va boshiga tushgan musibat tufaylidir bi- roz yuvoshlangan ta’bi yana aynib, zolimligi tut- di. – Mening odatim shuki, avval obdan savalatib, keyin jarohatiga tuz bosa, boz yana savalataman. Bor, yumushingni qil, qilmasang, sog‘ qolmay- san, agar qilsang, ming tilla olasan! Falsafashunos tashqari chiqib keta turib: «Ana xolos! Barakalla-yey. Bu odam bilan ha- zillashib o‘tirmay. Shoshma, shoshma, oshnam, shunday juftak urib qochayki, itlaring bilan quv- lasang ham yetolmagin», – deb qo‘ydi. Darvoqe, albatta, qochmoqqa qasd qilib qo‘ydi. Faqat tushdan keyingi paytni poylab turdi, chun- ki bu paytda xizmatkorlarning hammasi bostir- malar tagidagi pichan ichiga kirib olib, shunday pishillab xurrak otardilarki, yuzboshining hovlisi fabrikaga o‘xshab ketar edi. Kutgan bu payti ham keldi. Hatto Yavtux ham oftobga chiqib, ko‘zini yumib yotib oldi. Falsafashunos xavotir va ha- dik bilan qo‘rqa-pisa sekin boyning chorbog‘iga qa rab boraverdi. U xayolida chorbog‘dan dala- ga chiqib ketish oson, hech kim ko‘rmaydi deb o‘yladi. Chorbog‘ qaralmaganidan juda chaka- lab bo‘lib ketgan va shuning uchun bekitiqcha qilinadigan bu xil ishlarga juda qulay edi. Ba’zi ro‘zg‘or ishlari bilan qatlanib turadigan bittagina yolg‘izoyoq yo‘l bo‘lmasa, boshqa yo‘l yo‘q, to‘qay bo‘lib o‘sib ketgan olchalar, qizil qatlar, uchidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling