Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
215
Taras Bulba benihoyat xushmuomala, muloyim va odampar- var bo‘lib ketadigan bir xil odamlar bo‘ladi, fal- safashunos ham shundaylardan edi. Og‘zida ta- makisi bilan yotib olib, hammaga juda muloyim boqish qilib, hadeb yoniga tupurar edi, xolos. Ovqatdan keyin falsafashunos dimog‘i chog‘ bo‘lib, qishloqni xo‘b sayr qilib, hamma bilan ta- nishdi, hatto ikki uydan quvlab ham chiqardilar. Chiroylikkina bir juvonnikiga kirib, ko‘ylagi bilan kamzulining molini bilay deb, u yoq-bu yog‘ini ushlab ko‘rgan edi, juvon orqasiga kurak bilan tushirib qoldi. Lekin kech kirgan sari kayfi qo- chib, xafaligi oshaverdi. Kechki ovqatga bir soat- cha qolganda xizmatkorlarning hammasi hovliga yig‘ilishib, tindi-mindi o‘yinini boshladilar. Har kim yutsa, yutqizganni eshak qilib minar edi. Bu o‘yin tobora qizib, juda tomosha bo‘ldi. Yuzi tovoq- dek molboqar podachi, yakkash aft-basharasini ajin bosgan pak-pakana, nimjon mol boquvchi podachini minar edi. Gohida molboqar podachi Doroshga mindirar, Dorosh bo‘lsa har gal uni minganda: «Ha, polvon ho‘kizim!» deb qo‘yardi. Siporoq xizmatkorlar oshxona ostonasida o‘ti- rar edilar. Yoshlar podachi yoki Spiridning qiziq gaplaridan kulaverib, ichaklari uzilganda ham, bular og‘izlaridan tamakini qo‘ymay, qovoqlari- ni solib o‘tiraverar edilar. Xoma ham bu o‘yinga aralashmoqchi bo‘ldi-ku, aralashmadi, chunki allaqanday qora xayollar miyasiga mixdek qada- lib boshidan sira ketmas edi. Kechki ovqat tepa- sida o‘zini har qancha xursand qilmoqchi bo‘lsa ham, osmonni qorong‘i bosgan sari, uni ham va- hima bosaverdi. Mo‘ysafid chol Dorosh bilan birga o‘rnidan tu- rarkan: 216 Nikolay Gogol – Qani, mullavachcha, vaqt o‘tmasin – yu- mushimizga boraylik, – dedi. Xomani kechagidek yana butxonaga eltib, us- tidan bekitib, yolg‘iz qo‘yib ketdilar. Tanho qol- gach, yuragiga tag‘in qo‘rquv tushdi. Qorayib turgan butlar, yiltiroq chor cho‘plari, mudhish sukunat ichida butxona o‘rtasida turgan qora to- but yana ko‘ziga ko‘rindi. – Mayli, bu vahimadan endi qo‘rqmayman. Av- val qo‘rqqan edim. Ha! Avvalboshda vahimaliroq edi, endi xavf qolmadi, sira qolmadi, – deb qo‘ydi. Darrov mehrobga chiqib, atrofiga chiziq tortdi, bir-ikki duo o‘qib bo‘lgach, kitobdan ko‘z uzmas- likka va hech narsaga parvo qilmaslikka qasd qilib, ovozini balandlatib o‘qiyverdi. Bir soatcha shu zaylda o‘qigan edi, andak charchagandek bo‘ldi, yo‘tali ham qistab qoldi. Kissasidan qor- tig‘ini olib, burnaki otmoqchi bo‘ldi-yu, lekin av- val ko‘z qiri bilan tobutga qarab qo‘ydi. Yuragi orziqib tushdi, chunki o‘lik xuddi chiziq tepasiga kelib, ko‘karib ketgan ruhsiz ko‘zlarini unga tikib turar edi. Talabaning yuragi chiqib ketguday bo‘ldi, a’zoyi badaniga titrab, bo‘shashib ketdi. Ko‘zini kitobdan olmay duoga zo‘r berdi va shu paytda o‘lik yana tishini tishiga urib, uni tutmoq qasdida qo‘llarini qulochkashlayverdi. Ammo ta- laba bir ko‘zining qirini tashlagan edi, o‘lik uning turgan yerini topolmay, boshqa yerda axtarayot- ganligini va uni ko‘rolmayotganini bildi. O‘likning ruhsiz lablari qimirlab, og‘zidan g‘ul diragan yo- mon gaplar chiqdi, ovozi xirillab, gaplari qay- nayotgan mumdek baqir-buqir qilib chiqar edi. Nima deyayotgani ma’lum emas edi-ku, ammo vahimali xunuk gaplar ekanini bildi. Sehr bilan 217 Taras Bulba jodu qilayotganini fahmlab, falsafashunosning quti o‘chib ketdi. O‘likning jodusidan butxonada shamol ko‘tarilib, xuddi birtalay parranda uchgandek, qanot ovozi eshitildi. Butxona derazalarining oy- nasiga, temir chambaraklariga bir narsalarning qanoti tekkanini, panjalari bilan temirga yopishib, g‘irchillatganini, allakimlar eshikni urib, bu zib kirmoqchi bo‘layotganini eshitdi. Yuragi hech tinmasdan qattiq duk-duk urardi. Ko‘zini yumib olib, hadeb duolarini o‘qiyverdi. Bir mahal uzoq- dan bir qichqiriq eshitildi; olisdagi xo‘roz ekan. Tinkasi qurib holdan ketgan falsafashunosga bi- roz jon kirib, andak tinchidi. Uning o‘rniga kelgan odamlar bechorani o‘lar holatda ko‘rdilar. Ko‘zlari chaqchaygan, o‘zi devorga tiranib olib, kirganlar har qancha turt- kilab itarsalar ham bo‘zrayar edi, xolos. Sud rab olib chiqqach, yo‘lda bora-borguncha suyab bor- dilar. Boyning hovlisiga kelganda sal hushiga ke- lib, may so‘radi. Mayni ichgandan keyin sochini silab turib: – Olamda har balo bor-ku, lekin bunday fa- lokat... – dedi-yu, keyin: – bor-ey... – deb qo‘lini siltadi. Uni gir aylantirib o‘rab olganlar so‘zlarini eshitib, boshlarini solib hayron qoldilar. Og‘il- xonani tozalash yoki suv tashish kerak bo‘lib qolganda har kim xohlasa, ish buyuradigan dast- yorgina bola bor edi, hatto shu bola bechora ham ag‘rayib qoldi. Oqsoch kampirga qarashib yuradigan va belini tang‘ib bog‘lab olganidan tiqmachoqdekligi ko‘ri- nib turgan o‘rta yoshli satang bir xotin bor edi; uning satangligi shunday ediki, ko‘ylagiga doim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling