Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
212
Nikolay Gogol mali bo‘lmasmidi? Ammo o‘likning basharasi ruh- siz, jonsiz, so‘niq tanaga sira o‘xshamas, tirikka o‘xshar va falsafashunosning nazarida qiz ko‘zini yuminqirab, unga qarab turganga o‘xshardi. Hat- to o‘ng ko‘zining kipriklari tagidan bir qatra yosh oqib tushgandek bo‘ldi va yosh yuziga tushib to‘xtab qolganda, bilsa yosh emas, qon ekan. Darrov minbar tepasiga borib, kitobni och- di-da, dalda bo‘lsin, dedi shekilli, ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Tovushi butxonaning ko‘p zamon- lardan beri sadosi chiqmay gung bo‘lib qolgan yog‘och devorlariga borib tegdi. Aks-sadosi ham bo‘lmagan bu mudhish bir sukunat ichida tanho uning ovozi do‘rillar, bu jimjitlik o‘ziga ham mud- hish ko‘rinardi. Shunday bo‘lsa ham, o‘ziga-o‘zi dalda berib: «Nimadan qo‘rqaman? O‘lik tobutidan tur- maydi, chunki duoning quvvatidan qo‘rqadi, yot- sa-yotaversin-da! Qo‘rqoqlik qilsam, erkakligim qoladimi? Sal ko‘proq ichib yuboribman, shuning uchun andak vahima bosyapti. Burnakidan otib olsammikin? Ko‘p yaxshi, asil burnaki-da!» der edi dilida. Ammo kitobni har varaqlaganda sekingina, zimdan tobutga qarab qo‘yar va nazarida birov qulog‘iga shivirlab: «Ana, ana, turib kelyapti! Ana, tobutdan mo‘ralab qarayapti!» – degandek bo‘lardi. Ammo shunday jimjitki, kishini vahima bosar- di. Tobut qimirlamas, shamlar nur sochar edi. Ichida o‘lik yotgan, yop-yorug‘ kimsasiz butxona tunda vahimali bo‘ladi. Falsafashunos hech vahima qilmaslik uchun ovozini yanada baland ko‘tarib, qiroat bilan o‘qiy- verdi, lekin: «Mabodo, boshini ko‘tarsa; o‘rnidan 213 Taras Bulba tursa nima qilaman!?» degandek damba-dam beixtiyor qarab qo‘yar edi. Ammo tobut qimir etmadi. Tiq etgan ovoz chiq- sa-chi, loaqal bir burchak chirqildoqning ovozi chiqsa-chi... naridagi shamlardan bitta-yarim- tasi bir chirsillab qo‘ymasa, yoki erigan shamn- ing qat rasi yerga tushib «chip» etmasa, boshqa tovushdan asar yo‘q edi. «Mabodo, boshini ko‘tarsa-chi!» O‘lik boshini ko‘tardi. Xoma hayron bo‘lib qaradi-yu, ko‘zini ishqalab qo‘ydi. Ammo u tobutda yotmay, o‘tirganga o‘xshadi. Ko‘zini tobutdan oldi-yu, vahimaga tushib, dar- rov yana qaradi. Bir mahal qarasa, o‘lik o‘rnidan turib, ko‘zini ochmay yurib kelyapti; ha deganda qo‘lini qulochkashlab birovni tutmoqchi bo‘ladi. To‘ppa-to‘g‘ri unga qarab kelyapti; Xoma qo‘rqqanidan atrofiga aylantirib, chizib qo‘ydi. Duoga zo‘r berib, yakkash jin va parilarga uch- rab yurgan bir rohibdan o‘rganib olgan duolarini tinmasdan o‘qiyverdi. Tobutdan turgan qiz uning chizgan chizig‘iga juda yaqin keldi, lekin chiziqni bosib o‘tishga ma- dori yo‘qligi bilinib turibdi: bir necha kunlik o‘lik- dek unniqib, ko‘karib ketibdi. Uning basharasiga qaragani Xomada tob-u toqat yo‘q; chunki u ba- haybat edi. O‘lik tishini-tishiga urib, ko‘zini och- di. Ammo ko‘ziga hech narsa ko‘rinmadi, shekilli, nihoyatda achchiqlanib, yuzlari titrab-qaqshab (achchiqlangani shundan bilindi) ikki qo‘lini yoygancha boshqa tarafga qarab ketdi; Xomani tutmoqchi bo‘lib, duch kelgan har bir ustunni quchoqlar, har burchakka bir kirib chiqar edi. 214 Nikolay Gogol Aloha, tinchidi, so‘ngra barmog‘i bilan do‘q qilib, tobutiga tushib yotdi. Falsafashunos hali ham o‘ziga kelolmay, aji- naning bu tor uyiga vahima bilan qarab-qarab qo‘yar edi. Bir mahal tobut birdaniga ko‘tarilib, butxonaning u yonidan-bu yoniga g‘irillab uchaverdi, tobut uning shundoqqina boshining ustida uchib yurganini ko‘rdi-yu, lekin chizgan boyagi chizig‘iga yaqin kelolmaganini bilib, o‘qish- ga zo‘r berdi. Tobut butxonaning qoq o‘rtasiga kelib tushdi va tushgan joyida qimirlamasdan turaverdi, ko‘m-ko‘k ko‘karib ketgan o‘lik, yana boshini ko‘tardi. Shu paytda uzoqdagi xo‘rozning qichqirgan ovozi eshitilib qoldi. O‘lik tobutga tushib, qopqog‘i yopildi. Falsafashunosning yuragi duk-duk urar, badanidan chak-chak ter oqar edi. Ammo xo‘rozning ovozini eshitib, andak dadil bo‘ldi va chala qolgan varaqlarini tamomlash uchun tez-tez o‘qiyverdi. Tong otishi bilan butxona- ning ruhoniysi va hozir qavmboshi bo‘lib turgan Yavtux chol kirib keldilar. Falsafashunos nariroqdagi yotoqqa kelganda ham anchagacha uxlay olmasdan yotdi, ammo charchaganligi ta’sir qilib, qattiq uxlab qoldi va tushgacha turmadi. Uyqudan turganda, kechasi bo‘lib o‘tgan voqealari xuddi tushda ko‘rgandek bo‘ldi. Quvvat bo‘lsin deb, bir kosa may berdilar. Dasturxonga o‘tirganda, katta bir tovoq go‘st- ni yeb sopladi. Ammo sababini o‘zi ham bilma- gan allaqanday noxushlik ro‘y berib, butxonada bo‘lib o‘tgan voqeani birovga aytishga yuragi dov bermadi. Qiziqsinib so‘raganlarga: «Ha, ko‘p alo- matlar bo‘ldi», – deb qo‘ya qoldi. Qorni to‘yganda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling