Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
203
Taras Bulba Yotgan qiz u o‘ldirgan o‘sha ajina ekan. Kun oqqanda o‘likni butxonaga eltdilar. Fal- safashunos qora tobutning bir tomonini yelkasi- ga olganda, yaxdek sovuq narsa badaniga tek- kandek bo‘ldi. Yuzboshi marhumaga tegishli tor uyning bir tomonini ko‘tarib, hammadan oldinda ketyapti. Qorayib, o‘t bosib ketgan uchta konus- simon mezanalik yog‘och butxona, qishloqning bir chekkasida xomush turar edi. Anchadan beri hech bir marosim o‘talmaganligi ma’lum bo‘lib tu- rar, butlarning har biri oldida bittadan sham yo- qib qo‘yilgandi. Tobutni butxonaning o‘rtarog‘iga, mehrob oldiga keltirib qo‘ydilar. Chol yuzboshi, qizi ning yuzidan yana bir marta o‘pib, falsafashu- nosni yaxshilab siylanglar, keyin ovqat yeb ol- gach, butxonaga kirgizib qo‘yinglar, deb amr-far- mon qilgach, engashgancha, tobutkashlar bilan birga tashqari chiqib ketdi. Tobut ko‘targanlar- ning hammasi oshxonaga kirib, qo‘llarini pech- kaga surdilar, chunki malorossiyaliklarda o‘likni ko‘rganda shunday qiladigan odat bor. Xuddi shu mahal falsafashunosning obdan qorni ochganidan o‘lik birpas esidan chiqdi. Bi- rozdan keyin xizmatkor va malaylarning ham- masi birma-bir oshxonaga yig‘ilisha boshladi. Yuzboshining suyak va yuvindi dardida dumi- ni likil latib, eshik tagida turgan itlaridan tortib, hamma xizmatkorlari shu oshxonaga jam bo‘li- shardi. Ularning bari u yerdan bu yerga biror yu- mush bilan ketayotgan bo‘lsa ham, avval birpas o‘tirib, dam olmoq va tamaki chekmoq uchun al- batta, osh xonaga bir kirib o‘tar edi. Yuzboshining bo‘ydoq, olifta xizmatkorlari so‘rining ustidami, tagidami, pechka tepasidami, xullas, qayerda yo- 204 Nikolay Gogol tib olish iloji bo‘lsa, shu yerda ertadan kechga- cha yastanib yotaverar edilar. Har qaysisi yak- kash osh xonada bosh kiyiminimi, begona itlarni haydaydigan qamchisinimi, ishqilib, bir narsasi- ni esdan chiqarib tashlab chiqar edi. Ammo ke- chasi ovqat vaqti bo‘lib yilqisini otxonaga qamab chiqqan otboqar ham, sigirlarni soqqani keltir- gan molboqar va kunduzi bilan qorasi ko‘rin- maganlarning hammasi kelganida, jamoat jam bo‘lib, yig‘in katta bo‘lar edi. Ovqat tepasida in- damaslar ham gapga tushib ketar edi. Kim yangi shalvar tiktiribdi, yerning ichida nima bor, kimga bo‘ri uchradi, xullas suhbat suhbatga ulanib ketardi. Malorossiyaliklar orasi- da mo‘l bo‘lgan askiyachilar ham bu izdihomda serob edi. Falsafashunos ham oshxona tagiga kelib, hov- lida katta davra qurib o‘tirganlar qatoriga kirib cho‘kdi. Birozdan so‘ng qizil ko‘ylak kiygan bir xotin ikki qo‘lida bir tog‘ora issiq xamir oshi keltirib, o‘tirganlar o‘rtasiga qo‘ydi. Har kim o‘z cho‘ntagidan yog‘och qoshig‘ini chiqardi, qoshigi yo‘qlar cho‘pdan qoshiq qilib oldilar. Nafslari an- dak orom olib, og‘izlarining qimirlashi sal sekin- lashgandan keyin bir nechalari gapga kirishdilar. Gap o‘lgan qiz to‘g‘risida bo‘lishi tabiiy. Mushtugining bog‘ichiga allaqancha tugmacha va mis chegalar qadab olganidan attorning do‘ko- niga o‘xshagan yosh cho‘pon: – Boyvuchchamiz shayton bilan tanish-bilish ekan, rostmi shu gap? – deb so‘radi. Falsafashunosimizga oshna bo‘lgan Dorosh darrov: – Kim? Boyning qizimi? Shaytonning o‘zi edi, azbaroyi Xudo, ajina edi! – dedi. 205 Taras Bulba Yo‘lda ketayotganda hammani yupatmoqchi bo‘lgan odam: – Qo‘ysang-chi, behuda gapni, Dorosh. Bizga nima daxli bor bu gapning, nima bo‘lsa bo‘lar, nima qilasan gapirib, – dedi. Ammo Doroshning bas qiladigan avzoyi yo‘q edi. Haligina bir yumush-la omborchi bilan bir- ga yerto‘laga tushib, bochkalardan bir-ikki marta shimirib olganligidan kayfi baland, sergap bo‘lib qolgan edi. – Nima deysan? Gapirma deysanmi? Axir mening o‘zimni ham eshak qilib mingan-da! Az- baroyi Xudo, mingan, – dedi. Bog‘ichiga tugma qadab olgan haligi yosh cho‘pon: – Amaki, ajinaning biror alomati bo‘ladimi, yo‘qmi? – so‘radi. – Yo‘q, tanib bo‘lmaydi, aziz kitoblarning ham- masini o‘qib tushirsang ham taniyolmaysan, – dedi Dorosh. Boyagi nasihatgo‘y: – Bunday dema, Dorosh, tanisa bo‘ladi, Xudo har bir maxluqqa qandaydir alomat berib qo‘ygani bekorga emas. Bilimdon kishilar ajinaning kich- kina dumi bo‘ladi deydilar, – dedi. Mo‘ysafid chol: – Xotin kishining qarisi ajina-da, – dedi bema- lolgina so‘zlab. Ayni shu mahal bo‘shagan tog‘oraga yana osh qu yib turgan xotin: – O‘zlaring-chi? Sizlar ham qolishmaysiz! Xud- di semiz cho‘chqaga o‘xshaysizlar! – deb qo‘ydi. Oti Yavtux bo‘lsa ham Kovtun deb laqab qo‘yil- gan mo‘ysafid chol aytgan gapi kampirga obdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling