Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
191
Taras Bulba urushlarda bo‘lib, ko‘p ish ko‘rsatganliklaridan xabar berar edi. Falsafashunos: «Nima qilay endi, nima bo‘lsa bo‘lar», – deb o‘z ichida o‘ylagach, ovozini baland chiqarib, ular bilan so‘rashdi: – Salomatmisiz, og‘aynilar? Kazaklardan bir qanchasi: – Salomat bo‘ling, faylasuf og‘a! – deb u bilan so‘rashdilar. Aravaga chiqarkan: – Hammamiz bir hamroh ekanmiz-da! Lekin aravangiz joyida ekan. Mashshoqlar bo‘lsa, o‘yin qilib ketsak ham bo‘larkan! – deb qo‘ydi. Aravakash qalpog‘ini araqxonaga tashlab chiqqanligidan boshini latta bilan tang‘ib olgan edi. Aravakashga do‘st bo‘lgan bir kazak: – Aravamiz ulkangina, – deb uning yoniga o‘tirib oldi. Qolgan besh kishi talaba bilan birga arava- ning ichiga tushib, shaharda xarid qilingan har xil narsalar tikilgan qoplar ustiga joylashib oldilar. Falsafashunos so‘z boshlab: – Ajoyib, agar bu aravaga to‘ldirib yuk ortsa, may- li-da, tuzmi, yoki temir-tersakmi, ishqilib, bir yuk ortsa, necha ot qo‘shmoq kerak bo‘larkan, – dedi. Aravakash yonida o‘tirgan kazak birpasdan keyin: – Ha, ko‘p ot kerak bo‘lardi, – deb qo‘ydi. Kazak nazarida hammani qanoatlantirgan javob berdim, dedi shekilli, keyin ot yetib borgun- cha hech indamadi. Yuzboshining kimligini, fe’l-atvori, ta’bi qan- dayligini, bunday g‘alati hodisaga uchrab, hozir o‘lar holatda yotgan va uni ham mojaroga tiqqan qizning voqeasi nima bo‘ldiykin? Qizning uyida 192 Nikolay Gogol nimalar bo‘layotgan ekan? Falsafashunos bular- ni bilgisi kelib, kazaklardan so‘roqlar edi. Lekin kazaklar ham, faylasuf bo‘lsalar kerak, bu savol- larga sira javob bermasdan, indamay qop ustida chilimlarini tortib yotaverdilar. Faqat bulardan bittasi arava minib borayotganga qarab: «Hoy, ovsar chol Overko, esingdan chiqmasin, Chux- raylovga yetganda yo‘l ustidagi araqxona oldida menmi yoki yigitlardan birortasi, mabodo, uxlab qolguday bo‘lsa, uyg‘otib qo‘y!» – deb amr-far- mon qilgach, qotib uxlab qoldi. Ammo buning amr-farmoni behuda edi, chunki ulkan arava Chuxraylov yo‘lidagi araqxonaga yaqinlashishi bilan hammalari birdaniga: «To‘xta, to‘xta!» deb baqirib ketdilar. So‘ngra Overkoning otlari ham shunday o‘rgangan ediki, araqxonaga yetdi de- guncha, o‘zlari to‘xtardilar. Iyul oyining issiq kunlari bo‘lsa ham, hammalari aravadan tushib, pastakkina iflos bir uyga kirdilar. Araqxona egasi juhud og‘zi qulog‘iga yetib, eski qadrdonlarini darrov kutib oldi. Juhud bir necha bo‘lak go‘sht- ni etagi bilan bekitib olib keldi va xontaxta ustiga qo‘ydi. Kazaklar xontaxtani gir aylantirib o‘tirdi- lar. Mehmonlar ning har biri ol dida bittadan sopol piyola paydo bo‘ldi. Falsafashunos Xoma ham bu o‘tirishda qatnashmog‘i lozim bo‘ldi. Malorossiya- liklar xursandchilik qilganlarida bir-birlari bilan o‘pisha veradilar yoki yig‘i boshlaydilar. Shuning uchun bir on ichida uyda o‘pishish boshlanib ketdi. «Qani, Spirid, o‘pishib qo‘yaylik!». «Dorosh, beri kel, bir quchoq lay!». Hammasidan keksaroq va mo‘ylovlariga oq kirgan bir kazak qo‘lini iyagiga tirab olib, ota-onam yo‘q, yetimman, g‘aribman, hech kimim yo‘q, deb azza-bazza yig‘i boshladi. 193 Taras Bulba Nasihatgo‘yroq bo‘lgan bittasi yakkash: «Qo‘y, yig‘lama, azbaroyi Xudo, yig‘lama! Xudo biladi u yog‘ini... ne bo‘ptiki yig‘laysan!» – der edi, xolos. Dorosh degan yana birovi juda ezma bo‘lib qoldi va faylasuf Xomadan har narsani so‘rayverdi: – Maktabingizda nima o‘qiysiz, butxona popi o‘qiydigan narsalarni o‘qiysizmi yoki boshqami? Shuni bilgim bor, – der edi nuqul. Boyagi nasihatgo‘y keksa salmoq bilan: – Surishtirib nima qilasan, senga ne, Xudo o‘zi biladi, biluvchi udir, – der edi. – Anavi kitoblarda nimalar yozilganini bilgim keladi, poplar aytadigan gaplarmi yoki boshqami, – deb xiralik qilar edi Dorosh. Nasihatgo‘y buzruk bo‘lsa: – Xudoyo tavba! Xudoyo tavba! Nima dedi bu odam? Xudoning xohishi shunday bo‘lsa, nima deysan, Xudoning irodasini o‘zgartirib bo‘lmay- di, – der edi. – Kitobda nimaiki yozilgan bo‘lsa, bilgim kela- di, maktabga kiraman, Xudo haqqi kiraman, o‘qib mulla bo‘lolmaydi deb o‘ylaysanmi? Mulla bo‘la- man, men bilmaydigan hech narsa qolmaydi! Nasihatgo‘y: – Ey, Xudoyim, Xudoyim!.. – dedi-yu, boshini xontaxtaga qo‘ydi, chunki boshini ko‘tarib o‘tir- gani holi qolmadi. Kazaklarning boshqalari xo‘jayinlari to‘g‘risi- da hamda osmondagi oyning yorug‘i nimadanligi to‘grisida so‘zlashar edilar. Falsafashunos Xoma kazaklarning boshi solinib qolganligini ko‘rgach, fursatni g‘animat bilib, qochmoq payiga tushdi. Avval yetimligidan hasrat qilgan boyagi g‘arib mo‘ysafidni so‘zga solib ko‘rmoqchi bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling