Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
197
Taras Bulba mungli tuyg‘ularni tug‘dirardi. Tog‘ning bag‘ri qor-yomg‘ir suvidan chok-chok bo‘lib ketgan, yuqorida ikki joyda ikkita uy turibdi. Uylarning biri har tarafga shox otgan katta olma tagida, olmaning tagiga tuproq uyilib, kichkina tirgo- vich bilan ko‘tarilib qo‘yilgan, shamoldan to‘kil- gan olmalar dumalab-dumalab, boyning hov- lisiga tushar edi. Tog‘ning tepasidan tushib kel- gan aylanma yo‘l yuzboshining hovlisi yonidan o‘tib, qishloqqa borar edi. Falsafa shunos tog‘dan tushib kelgan yo‘lga qarab, bunday tik yo‘ldan kecha qan day tushganlarini o‘ylab, yuragini va- hima bosdi, keyin yuzboshining otlari juda aqlli ekan-da yoki yuzboshining odamlari mast holda shunday vahimali yo‘lda aravalari bilan ag‘ana- may tushgan bo‘lsalar, miyalari xo‘b butun, zab puxta odamlar ekan-da, deya ko‘nglidan o‘tkaz- di. Falsafa shunos hovlining baland joyida turgan edi, keyin qayrilib bu tomonga qarasa, butunlay boshqa bir manzarani ko‘rdi. Qishloq turgan qir- likning etagi qan cha olislasa, yashilligi shuncha quyuqlashar, orada yigirma chaqirimdan ortiq yo‘l bo‘lsa ham olisdagi qator-qator qishloqlar ko‘kalamzor ichida ko‘m-ko‘k ko‘rinib turar edi. Ko‘kalam maydonning o‘ng tomoni tog‘, uzoqdagi Dnepr daryosi xuddi bir qora yo‘ldek ko‘rinar edi. – Zab alomat joy ekan-da! Qani endi shunda tursang, daryo va ko‘llarda baliq ovlab, matrap yoki miltiq bo‘lsa-yu, bulduruq va bazg‘aldoqlarni ovlab yursang! Lekin bu pichanzorda boshqa hay- vonlar ham serob bo‘lsa kerak. Mevalardan har qancha quritib shaharga eltib sotsa yoki yaxshisi, araq qilsa ham bo‘ladi. Bu yerdan qanday qilib qochib qolishni o‘ylab ko‘rish ham yomon emas. 198 Nikolay Gogol Chetan devor orqasida burgan o‘t bosgan yolg‘iz oyoq yo‘lga ko‘zi tushdi. Avval shunchayin aylanib, tomosha qilib yurgan kishi bo‘lib, keyin uylarni pana qilib sekingina dalaga qarab juftak urmoqchi bo‘lib, beixtiyor shu yo‘lga qadam qo‘yishi bilan birovning zabardast qo‘li yelkasiga tushganini payqab qoldi. Qayrilib qarasa, kecha yetimligidan, g‘aribligidan hasrat qilib yig‘lagan o‘sha keksa kazak turibdi. – Falsafashunos taqsir, bekorga ovora bo‘lma, bu qo‘rgondan qochib ketolmaysan, qochib qutula digan joy emas. Piyodaga yo‘l ham chatoq. Yaxshisi, boyning qoshiga bor, anchadan beri mehmonxonada seni kutib turibdi, – dedi. – Xo‘p, mayli... jonim bilan, qani yuring! – dedi falsafashunos va uning ketidan ergashdi. Keksayib qolgan mo‘ysafid yuzboshi qayg‘uga cho‘mib, iyagini ikki qo‘liga tirab, mehmonxona- da o‘tirar edi. Yoshi ellikka borib qolgan, lekin chehrasidagi qayg‘u-alam, rang-ro‘yi, to‘satdan boshiga tushgan musibat ruhini ezib tashlagan- ligidan avvalgi sho‘xligi va xushchaq chaqligidan asar ham qolmagan edi. Xoma boyagi kazak bilan boshlashib kirib kelganda, u bir qo‘lini iyagidan olib, kelganlarning engashib bergan salomlariga boshi bilan ishora qilib javob berdi. Xoma bilan kazak odob saqlab poygakda tur- dilar. Yuzboshi xushmuomalalikka ham, dag‘allikka ham yo‘yib bo‘lmaydigan bir tarzda: – Yaxshi kishi, kim bo‘lasan? Qayerliksan, nasling-nasabing kim? – deb so‘radi. – Talabalardan bo‘laman, falsafashunos Xoma Brutman. – Otang kim edi? 199 Taras Bulba – Janob to‘ram, bilmayman. – Onang kim edi? – Onamni ham bilmayman. Aqlga havola qil- sak, albatta onam yo‘q emas, ammo kimligini, qa- yerdaligini va yurtini, qachon dunyodan o‘tgan- ligini, azbaroyi Xudo bilmayman. Yuzboshi jim bo‘ldi va birpas o‘ylanib qolganga o‘xshadi. – Mening qizim bilan qanday tanishding? – Janob to‘ra, tanishganim yo‘q, Xudo haqqi, tanishganim yo‘q. Dunyoda shuncha yashab haligacha boyvuchcha qizlar bilan tanishganim yo‘q. Ular sha’niga haqorat bo‘lmasin-u, lekin yuzlari qursin. – Bo‘lmasam, nima sababdan qizim boshqa bi- rovga emas, seni o‘qisin dedi? Falsafashunos yelkasini qisib: – Buning sababini Xudo bilmasa, men bil- mayman. Lekin boylar aksari juda borib turgan mullalarning ham aqli yetmaydigan ba’zi chatoq ishlarni qilishlari hammaga ma’lum. Hatto: «Boy buyursa, yuguraver!» – degan masal ham bor. – Taqsir falsafashunos, yolg‘on so‘zlayotganing yo‘qmi? – Yolg‘on so‘zlasam, shu turgan joyimda qotib qolay. Yuzboshi hafa bo‘lib: – Yana bir nafas o‘lmasdan turganda edi, bu sirni, albatta, bilar edim... «Ota, boshqa hech kim menga fotiha o‘qimasin, darrov Kiyevda- gi madrasaga bir odam yuborib, undagi talaba Xoma Brutni keltiring. Uch kecha haqimga duo qilib o‘qisin. Uning o‘zi biladi...» Nima biladi, bu- nisini aytolmadi. Jigarporam, bundan ortiq hech |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling