Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

200
Nikolay Gogol
narsa aytolmasdan dunyodan o‘tdi. Sen yaxshi 
kishi, avliyo bo‘lsang kerak, avliyoliging hamma-
ga ma’lumdir. Shu ning uchun qizim ham sening 
yaxshi ishlaring to‘g‘risida eshitgandir.
– Kim? Menmi? – dedi Xoma hayron bo‘lib. Ke-
yin yuzboshining ko‘ziga tikilib turib: – Men avli-
yo ekanmanmi? Xudo saqlasin, to‘ram! Nimalar 
deyapsiz! Uyat bo‘lsa ham aytay, men ro‘za kuni 
non sotuvchi xotinnikiga kirib, gunohga botib 
chiqqan edim.
– Xo‘sh... taqdir shu ekan-da. Endi sen bugun-
dan boshlab ishga kirish.
– Janobingizga aytar edimki... albatta, muqad-
das kitobdan xabardor bo‘lgan har bir odam 
qo‘lidan keladi... Biroq bu o‘rinda ruhoniy yoki 
hech bo‘lmasa, pop kerak edi. Ular bilimdon ki-
shi bo‘ladilar, yo‘l-yo‘riqni yaxshi biladilar; men 
bo‘lsam... So‘ngra mening tovushim ham uncha 
emas, o‘zim ham qandayligimni Xudo bilsin. Sav-
lat-salobat ham yo‘q menda.
– U yog‘ini o‘zingga havola qildim, o‘zing bil, lekin 
qizim bechoraning qilgan vasiyatini bajo keltirish 
uchun hech narsamni ayamayman. Bugundan 
boshlab uch kecha o‘qib, savobini uning arvohiga 
bag‘ishlaganingdan keyin, nar zingni beraman, le-
kin bilib qo‘yki, meni xafa qila digan bo‘lsang, agar 
shayton bo‘lsa ham, yomon qilaman.
Yuzboshi oxirgi so‘zni shunday qattiq gapir-
diki, uning ma’nosini falsafashunos ham obdan 
tushundi.
– Qani, yur ketimdan, – dedi yuzboshi.
Ikkovlari dahlizga kirdilar. Yuzboshi kira-
verishdagi birinchi uyning ro‘parasidagi katta 
uyning eshigini ochdi. Xoma burun qoqmoqchi 


201
Taras Bulba
bo‘lib dahlizda birpas to‘xtab qoldi, keyin yuragiga 
allaqanday vahima tushib, zo‘rg‘a ostonadan ich-
kariga kirdi. Uyga qizil xitoyi gilamlar to‘shalgan. 
Burchakda turgan butlar tagida, baland so‘ri-
da, zar uqa va zar popuk qadalgan ko‘k baxmal 
ko‘rpada qizning jasadi yotar edi. O‘likning bosh 
va oyoq tomoniga chechak o‘rab, yoqib qo‘yilgan 
uzun-uzun mum shamlarning shu’lasi kundu-
zining yorug‘ida zo‘rg‘a ko‘rinar edi. Sho‘rlik ota-
si orqasini eshikka o‘girib, qizining yuziga ter-
milib o‘tirganidan, o‘likning beti falsafashunosga 
ko‘rinmadi. Ammo yuzboshining manavi gaplari-
ni eshitib, uning kapalagi uchib ketdi:
– Jonim bo‘tam, musicham, yoshingni yasha-
may, bag‘rimni dog‘lab g‘unchaligingda, bemahal 
xazon bo‘lganingga uncha kuymayman, battol 
dushmanim kimligini, o‘limingga sabab bo‘lgan 
odamning kimligini bilmaganimga kuyaman. Seni 
haqorat qilmoqchi bo‘lgan yoki sha’ningga nojo‘ya 
bir gap aytmoqchi bo‘lgan odamni bilsam, koshki 
edi, agar mendek keksa bo‘lsa bola-chaqasini
yosh bo‘lsa, ota-onasini ko‘rolmay o‘lib ketardi, 
o‘ligi dashtlarda qolib, parranda-yu charranda-
larga yemish bo‘lardi. Sho‘rim qursin mening, 
chamandagi gulim, to‘rg‘ayim, jonim, endi nur-
siz ko‘zlarimdan chak-chak oqqan yoshlarim-
ni etagim bilan artib, dard-u hasratda o‘taman, 
ammo dushmanim xursand bo‘lib suyuna di, men 
mo‘ysafid ojiz va bechoraning holiga kuladi.
Bu gaplarni aytdi-yu, to‘xtadi, chunki xo‘rligi 
kelib, ko‘zidan yosh sharillab oqib ketaverdi.
Yuzboshining bu motamzada yig‘isi falsafashu-
nosga ta’sir qilib, rahmi keldi. Yo‘talib olgach, ke-
yin ovozim xirillamasin deb tomog‘ini qirib qo‘ydi.


202
Nikolay Gogol
Yuzboshi u tomonga o‘girilib, o‘likning bosh to-
monida, bir necha kitob turgan lavh yonidan joy 
ko‘rsatdi.
Falsafashunos ko‘nglida:
– Uch kechani bir amallab o‘tkazarman, keyin 
boy ikki cho‘ntagimni to‘ldirib beradi-ku, – deb 
qo‘ydi.
Falsafashunos yaqinroq kelib, yana bir mar-
ta yo‘talib olgandan keyin, u yon-bu yonga sira 
parvo qilmay, o‘likning yuziga ham qaramaslikka 
harakat qilib, o‘qishga tutindi. Hamma yoq jim-
jit. Shu paytda, yuzboshining tashqari chiqqani-
ni fahmladi. O‘likning yuziga qaramoqchi bo‘lib, 
sekin boshini o‘girdi, qarasa… A’zoyi badani ji-
mirlashib ketdi. Yer yuzida misli topilmaydigan 
barno qiz ekan. Bunday chiroyli husn, bunday 
latofat hech zamon ko‘rinmagandek, xuddi tirik-
dek yotar edi. Qordek oppoq suluv yuzi kumush-
dek yiltirar, bir xayolga cho‘mganga o‘xshar, 
yuzi kunduz, qilichdek qalam qoshi bu kunduz 
ichidagi tun. Ko‘zlari yumuq, qoshi mag‘rurona 
ko‘tarilgan, kipriklari dard-u alam o‘tida yongan 
yuziga o‘qdek qadalib tushibdi. Og‘zi tabassum 
bilan ochilgan la’lga o‘xshaydi... Ammo bu cheh-
ra allaqanday dahshatli tig‘dek falsafashunosni 
jarohatladi. Go‘yo hamma shodlik girdobiga mast 
bo‘lib, charx urib turgan paytda birov kelib, maz-
lum xalq qo‘shig‘ini boshlagandek ruhi siqilib, 
nola qilgandek bo‘ldi. La’l lablari qon talashib, 
yurak-bag‘riga yopishganga o‘xshar edi. Birda-
niga qizning yuzida unga oshna bo‘lgan mash’um 
bir narsa ko‘rindi, beixtiyor baqirib yubordi:
– Ajina! – ko‘zini undan oldi, rangi o‘chib, duo-
larini o‘qiyverdi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling