Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

194
Nikolay Gogol
– Ota, nega muncha ko‘z yoshi to‘kasiz? Men 
ham yetimchaman! Qo‘yib yuboringlar meni, o‘z 
holimga qo‘ying. Sizga mening nima kerakligim 
bor? – dedi.
Ba’zilari:
– Qo‘yib yuboraylikmi? Yetimcha ekan, qayoq-
qa borsa borsin deb bir-birlariga qaradilar.
Nasihatgo‘y boshini ko‘tarib:
– Yo Xudo, yo Xudo! Mayli, qo‘yib yuboringlar, 
qayoqqa borsa borsin! – dedi.
Kazaklar talabani sirtga chiqarib, qo‘yib yubor-
moqchi bo‘lib turgan edilar, haligi ezmarog‘i:
– Tegmanglar unga, maktabini surishtirib bil-
moqchiman, men ham maktabga kirib o‘qimoq-
chiman, – deb ularning ra’yini qaytardi.
Ammo Xoma qochib ham uddasidan chiqolmas 
edi, chunki o‘tirgan yerida turmoqchi bo‘lsa, oyo-
qlari yog‘ochdek qotib qolibdi, uyning eshiklari 
ko‘ziga bir nechta bo‘lib ketdi, shuning uchun 
eshikni topishi ham amrimahol edi.
To kech kirmaguncha yo‘l eslariga ham kelmay, 
hammalari bemalol o‘tiraverdilar. Keyin eslariga 
tushib otlandilar. Aravaga chiqqach, hammalari 
ashulani baralla qo‘yib, otlarga qamchini shig‘ab 
jo‘nadilar. Lekin aytgan ashulalarining na so‘zi-
ni, na ma’nosini birov tushunsa, o‘lay. Tuni bilan 
yo‘l yurib, ko‘z yumib topib bora digan yo‘llardan 
ha deganda dam-badamda bir adashib, bora-bo-
ra bir mahal balanddan pastlikka tushdilar. Past-
likka tushganlarida faylasuf u yoq-bu yoqqa qa-
rab, sixcha kaltak yoki novdadan to‘qilgan chetan 
devorlarni, pastak daraxtlar orasidan mo‘ralab 
turgan uylarning to mini ko‘rdi. Bu yuzboshiga 
qarashli kattakon bir qishloq edi. Vaqt allama-


195
Taras Bulba
hal bo‘lib, yarim kechadan oshgan, osmon qop-
qorong‘i, unda-bunda bitta yulduz ko‘rinar edi, 
xolos. Hech qaysi uyda bittayam chiroq ko‘rin-
maydi. Ular itlar vovillab chiqqan hovliga kirdilar. 
Hovlining ichki tomonida poxol tomlik bostirma 
va uy edi. Darvozaxonaning ro‘parasida, o‘rtada 
turgan kattaroq uyda yuzboshining o‘zi tursa ke-
rak. Arava omborxonaga o‘xshagan kichikroq uy 
oldiga kelib to‘xtadi. Kelganlar aravadan tushib, 
yotgani ketdilar. Ammo falsafashunos boyning 
dargohini tomosha qilgisi keldi, lekin ko‘zini har 
qancha yirsa ham, hech narsani tuzukkina ko‘rol-
madi: uy emas, ayiq turganga o‘xshar, mo‘rkon 
emas, mudarris turgandek ko‘rinar edi. Xafsalasi 
pir bo‘lib, u ham yotgani ketdi.
Falsafashunos uyg‘onsa, hovli besaranjom. 
Yuzboshining qizi shu kecha o‘libdi. Xizmatkor-
lar hovliqishib, har tarafga yugurishar edi, ba’zi 
kampirlar yig‘lashar, bir qancha tomoshabin-
lar bir narsadan quruq qolgandek devorlardan 
mo‘ralashar edilar. Falsafashunos tunda ko‘rol-
magan joylarini endi xo‘b ko‘rib olmoqchi bo‘ldi. 
Yuzboshining uyi, u mahalda Malorossiyada rasm 
bo‘lgan poxol tomli pastak-pastak kichkina uylar 
ekan. Qo‘nqaygan, kichkina ravoqchaning dar-
chasi olaygan ko‘zga o‘xshab, ko‘k va sariq sir bi-
lan bo‘yalgan, oy surati solingan edi. Ravoqning 
eman yog‘ochidan qilingan ustuni bir muncha 
hashamdor bo‘lib, o‘rtasigacha dumaloq, tagi olti 
qirrali, tepasi guldor edi. Ravoqning tagi zinapoya, 
zinapoyaning ikki tomoniga ikki eshakcha qo‘yil-
gan. Uyning ikki tomonidagi bostirmalarning 
ustuni ham serhasham edi. Uyning oldida sada 
bo‘lib o‘sgan baland bo‘yli ko‘m-ko‘k nok darax-


196
Nikolay Gogol
tining yaproq lari titrashar edi. Hovlining o‘rtasi-
da ikki qator solingan bir necha omborxona bor, 
omborxona ning o‘rtasi uyga eltadigan yo‘l bo‘lib 
qolgan edi. Omborlar orqasida, shundoqqina dar-
vozaxona oldida, bir-biriga ro‘para solingan, tu-
morcha bo‘lib tushgan yerto‘la turar, bularning 
tomi ham poxol. Pastakkina eshikli yerto‘ladan 
bittasining tumor nusxa devorlariga har xil su-
ratlar solingan, devorning bir yog‘iga qo‘lida bir 
qadah pivo bilan bochkada o‘tirgan odam surati 
chizilgan. Piyolaga «Oq ichaman» degan xat yo-
zilgan. Yerto‘laning yana bittasiga xumcha-yu 
mo‘ndichalar surati solingan, devorning ikki 
chekkasida, chiroyli bo‘lsin deb, ikki oyog‘ini 
ko‘tarib turgan ikki ayg‘ir, tamaki, chirmanda 
surati solingan. So‘ngra «Mayxo‘rlik kazakning 
kasbi» degan so‘z ham bor. Omborlardan bitta-
sining tomidagi katta tuynukdan nog‘ora bilan 
mis karnay ko‘rinib turibdi, darvoza oldida ikkita 
zambarak turibdi. Xullas, bundagi narsalardan, 
hovli egasi serzavq odam bo‘lib, uyi to‘yxona, ha-
shamxona ekanligi ko‘rinib turar edi. Darvozadan 
tashqarida ikkita yel tegirmon bor edi. Hovlining 
orqasiga ketgancha ko‘kalam maydon, chorbog‘ 
bo‘lganidan daraxt orasidan uylarning o‘zi ko‘rin-
mas, faqat mo‘rkonlari tepasidagi soyabonchalari 
ko‘rinar edi, xolos. Qishloq tog‘ning keng va tekis 
bo‘lib yoyilib ketgan yon bag‘rida edi. Shamol to-
mon tik tog‘ bo‘lib, boyning hovlisi shu tog‘ning 
etakkinasida edi. Pastdan qaraganda, tog‘ yana 
ham baland ko‘rinar, uning cho‘qqisida un-
da-bunda o‘sgan maymoq-saymoq supurgi o‘tlar 
ko‘m-ko‘k osmonda qorayib ko‘rinar edi. Tog‘ning 
manzarasi kishi ko‘nglida allaqanday noxush



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling