Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
182
Nikolay Gogol sak bo‘lmaydi. Dala qursin, och qorindan battar ekan. – Qanaqa odamsizlar? – Birovga ozor yetkazadigan odamlardan emas- miz: bittamiz dinshunos Xalyava, faylasuf Brut va yana bittamiz notiq Gorobets bo‘lamiz. Kampir: – Hech ilojim yo‘q, hovlim to‘la odam, uyning hammasi band, sizlarni qayoqqa joylayman? Tag‘in hammangiz novcha-novcha, katta odam- lar ekansiz, sizdaqalarni kirgizsam, uyim qulab tushadi. Falsafashunos va dinshunoslarni xo‘b yaxshi bilaman! Sizdaqa piyonistalarni kirgiza- versam, uyimdan ham ajrayman. Keting, keting, sizdaqalarga joy yo‘q! – dedi. – Enajon, rahm qiling! Isoning ummatlari be- gunoh, bekorga o‘lib ketsalar yaxshimi? Nima qil- sangiz qiling, bir yoqqa joylang bizni! Agar bizdan birorta nojo‘yalik o‘tsa, noma’qul ish qilguday bo‘lsak, qo‘limiz sinsin, ishqilib, har narsa bo‘lay- lik. Ana bo‘ldimi?! Kampir sal bo‘shashgandek bo‘ldi. Biroz o‘yla- nib: – Mayli, kirgizay, biroq har qaysingizni alohi- dadan yotqizaman, bo‘lmasa, birga yotsangiz, xavotir olib, tinch uxlolmayman, – dedi. Talabalar: – Mayli, ixtiyor senda. Nima desang ko‘na miz, – dedilar. Darvoza g‘irchillab, talabalar hovliga kirdilar. Falsafashunos talaba kampirning ketidan borib turib: – Enajon, hozir ichim shunday qaldir-qul dirki, birov xuddi soqqa otayotganga o‘xshaydi; isho- 183 Taras Bulba nasizmi, ertadan beri og‘zimga ushoq kirgani yo‘q, – dedi. – Ana endi gapiga qara! Hech narsam yo‘q, bu- gun qozon osganim ham yo‘q, – dedi kampir. – Ertaga haqingizni yaxshilab to‘lar edik, naqd qilib berardik, – dedi falsafashunos va keyin o‘za- ro sekin shivirlab: «Sizga berib qo‘yibmiz, ola- san-a!» – dedi. – Yo‘qoling, yo‘qoling, shunga ham shukr qi- ling, qaysi go‘rdan kelib qoldilar, bunday ta’bi nozik boyvachchalar! Falsafashunos Xoma kampirning bu gaplari- dan ranjib, xomush bo‘lib qoldi. Shu onda tuz- lagan baliqning hidi dimog‘iga urildi. Dinshunos Xalyavaning shalvariga ko‘zi tushib, kattakon qoq baliqning dumi kissasidan chiqib turganini ko‘rdi. Aravadan katta baliqni allaqachon o‘lja qilib kelibdi, ammo bu ishni yomon niyatda qil- may, faqat odatini tashlay olmaganidan qilganligi uchun allaqachon baliqni unutib, agar do‘ngalak bo‘lsa ham, duch kelgan yana bir narsani joylash harakatida o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib turganida, falsafashunos Xoma o‘z kissa siga qo‘l solgandek, uning kissasiga qo‘l solib baliqni olib qo‘ydi. Kampir ularni har yerga bittadan joylashtirdi. Notiqni uyga, dinshunosni bo‘sh hujraga, falsafa- shunosni ham bo‘sh qo‘y xonaga joylashtirdi. Falasafashunos yolg‘iz o‘zi qolgach, haligi baliqni bir lahzada yeb qo‘ydi; qo‘yxonadagi chetan devorning u yon-bu yoniga alanglab qa- ragach, narigi yoqdagi og‘ilxonadan tumshug‘ini chiqarib qaragan cho‘chqani bir tepib, teskari qarab yotgancha uxlamoqchi bo‘ldi. Shu paytda og‘ilxonaning pastak eshigi ochilib, kampir ikki bukchayib kirib keldi. 184 Nikolay Gogol Falsafashunos: – Ha, buvi, nimaga keldingiz? – dedi. Ammo kampir qulochini yozganicha in- damasdan uning tepasiga kelaverdi. Falsafashunos ichida: – Iy-ye, yopiray! Hoy, kampir, ovora bo‘lmang, muroding hosil bo‘lmaydi, qarib qolgansiz, – deb o‘zini nariroq oldi. Kampir azza-bazza bostirib, tepasiga kelaverdi. Falsafashunos: – Hoy, kampir buvi, axir hozir ro‘za kuni. Ming tilla bersangiz ham, ro‘zamni ochmaydigan odamman, – dedi. Ammo kampir indamasdan qulochini yoyib, hadeb, uni ushlashga harakat qilaverdi. Falsafashunos vahimaga tushdi, xususan, kampirning ko‘zlari allanechuk charaqlab ket- ganini ko‘rganda, juda ham qo‘rqib ketdi. – Buvijon, sizga nima bo‘ldi? Xudo panohingiz bo‘lsin, nari turing! Yo‘qol! – deb baqirdi. Lekin kampir indamay, yakkash qulochkash- lab, uni ushlab olmoqchi bo‘lar edi. Qochmoqchi bo‘lib o‘rnidan tursa, kampir eshik oldida turib olib, chaqchaygan ko‘zlarini unga tikkancha baqrayib turaverdi. Birpasdan keyin, yana chovut qilib qoldi. Falsafashunos kampirni qo‘li bilan itarib yubor- moqchi bo‘lgan edi, qarasa, na qo‘lini ko‘tara ola- di, na oyog‘ini qimirlata oladi, hatto ovozi ham chiqmay qolganini bilib, kapalagi uchib ketdi; gapiray desa, labi pichir-pichir qiladi-yu, tovushi chiqmaydi. Yuragining duk-duk urishidan bosh- qa tovush eshitilmaydi. Bir mahal kampir kelib, uning ikki qo‘lini yig‘di, boshini bukib engashtir- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling