Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

168
Nikolay Gogol
jomalarni qiymalab o‘tga tashladilar. Taras doim: 
«Sira ayamang, hech narsani ayamang!» der edi, 
xolos. Kazaklar qoshi qora, siynasi tuxumdek 
oq, gul yuzli qizlarni ham ayamadilar; muqad das 
joylarga qochib sig‘inganlarida ham omonlik top-
madilar. Taras ularni sig‘ingan bu muqad das joy-
lari bilan birga qo‘shib kuydirdi. Qancha-qan cha 
oq bilaklar alanga ichidan chiqib, ko‘kka ko‘tari-
lar, dod-faryodlaridan yer larzaga kelar, sahroda-
gi o‘t-o‘lanlar toqat qilolmay so‘lar edi desak, rost. 
Ammo berahm kazaklar bu nolalarni pisand qil-
madilar, qaytaga dodlovchilarning bolalarini ham 
ko‘cha-ko‘ydan tutib, nayzaga ilib o‘tga tashladi-
lar. Taras nuqul: «Nomard lyaxlar, bu siz larga 
Ostapning ma’rakasi!» – der edi. Har bir qishloq-
qa kelganda shunday ma’raka qilar edi. Aloha, 
Tarasning qilayotgan ishlari anchayin qaroqchilik 
bo‘lmay zo‘rroq ish ekanini Polsha hukumati pay-
qadi va boyagi Pototskiyni besh ming askar bilan 
Tarasni, albatta, tutib kelish uchun yubordi.
Kazaklar hech tutqich bermay olti kungacha 
dalama-dala pastqam yo‘llar bilan qochdilar. Ot-
lar bu chopishga zo‘rg‘a-zo‘rg‘a chidash bersa-
lar ham, harqalay kazaklarni qutqardi. Ammo 
Pototskiy bu gal zimmasiga yuklangan vazifani 
yaxshi ado qildi: kazaklarni sira qo‘ymasdan hor-
may-charchamay quvlab bordi va Dnepr daryo-
si bo‘yida ularga yetib oldi. Bunda vayron bir 
qo‘rg‘on bor edi, Bulba shu qo‘rg‘onga kirib oldi.
Dnepr daryosining labida baland tosh tepa us-
tidagi bu qo‘rg‘onning yiqilgan devorlari, buzil-
gan qal’alari pastdan yaqqol ko‘rinib turar edi. 
Har lahzada o‘rnidan qo‘zg‘alib, pastga uchib 
tushganday bo‘lib turgan bu tosh tepaning atrofi 


169
Taras Bulba
g‘isht parcha va toshlar bilan to‘lgan edi. Tojdor 
getman Pototskiy Tarasni ana shu qirga qara-
gan tomondan o‘rab oldi. Kazaklar g‘isht bormi, 
tosh bormi otib, to‘rt kungacha olishdilar. Bi-
roq kuchlari qolmadi, o‘q-dorilar, ovqatlari ham 
sop bo‘ldi; shundan keyin Taras o‘zini dushman 
ichiga urib, o‘tib ketishga qaror qildi. Kazaklar 
darvoqe o‘tib ham ketardilar, yildirimdek uchar 
otlari yana bir daf’a vafodorlik ko‘rsatsalar ham 
ajab emas edi, biroq juda jon-u jahdlari bilan ot 
chopib ketayotganlarida, Taras to‘satdan: «To‘xta! 
Mushtugim tushdi! U dushmanga o‘lja bo‘lma-
sin!» – deb qichqirib qoldi. Keksa ataman suvda 
bo‘lsin, quruqda bo‘lsin, urushda bo‘lsin, uyda 
bo‘lsin, doim yonida birga olib yurgan bu mato-
hini engashib, o‘t ichidan qidirib turgan bir payt-
da bir gala dushman kelib, uni azamat yelkasi-
dan tutdi. A’zoyi badanidagi bor quvvatini yig‘ib 
bir zo‘r urib, silkinib ko‘rdi, lekin avvalgi kuchi 
qolmabdi, burungidek, yopishgan dushmanlar-
ni to‘zg‘itib yuborolmadi. Azamat mo‘ysafid chol: 
«Qarilik qursin, qarilik!» – dedi-da, yig‘lab yubor-
di. Ammo ayb qarilikda emas edi; zo‘rni zo‘r yeng-
di. Oz emas, ko‘p emas, birdaniga o‘ttiz kishi qo‘l-
oyog‘iga yopishdi. Lyaxlar: «Qo‘lga tushdingmi, 
nomard, endi bu itga beriladigan jazoni o‘ylab 
topish kerak», – der edilar. Xullas, getmanning 
roziligi bilan olomon oldida uni tiriklayin o‘tda 
kuydirishga hukm qildilar. Shu yerning o‘zida 
ya shin tegib, sinib tushgan yalang‘och bir daraxt 
bor edi, zanjirlarga bog‘lab, shu daraxtga osdilar, 
ikki qo‘lini mixladilar; keyin har qayoqdan qa-
raganda ko‘rinib tursin deb balandroq ko‘tardi-
lar-da, daraxt tagiga o‘tin to‘playverdilar. Ammo 


170
Nikolay Gogol
Tarasning o‘t bilan ishi yo‘q, boyaqishning ikki 
ko‘zi dushman bilan otisha-otisha qochib keta-
yotgan kazaklarda edi. Balandda osig‘liq turgani-
dan hamma yoq unga kaftdek yaqqol ko‘rinar edi.
– Azamatlar, tezroq daraxtzor orqasidagi te-
palikka chiqib olinglar, u yoqqa dushman borol-
maydi! – deb qichqirar edi u.
Biroq shamol uning so‘zlarini boshqa yoqqa 
olib ketdi.
– Bekordan-bekorga o‘lib ketadilar-da! – der 
edi betoqat bo‘lib. Dnestr daryosining bo‘z suvi 
yaraqlab turgan pastlikka bir qaradi-da, ko‘zla-
rida shodlik chirog‘i yondi. Chakalak orqasidan 
chiqib kelgan to‘rt qayiqning tumshug‘ini ko‘rib 
qoldi va butun kuch-quvvatini yig‘ib, bir baqirdi:
– Azamatlar, suv bo‘yiga tushinglar, chap to-
mondagi yo‘ldan tushinglar. Daryo bo‘yida qa-
yiqlar turibdi, hammasini olib ketinglar, ketin-
gizdan quvlasinlar!
Bu gal shamol o‘ngdan kelib, uning so‘zlarini 
kazaklar aniq eshitdilar. Ammo bergan bu masla-
hati uchun kallasiga to‘qmoq yedi; boshi aylanib, 
ko‘zi tinib, hamma yoq ostin-ustin bo‘lib ketdi.
Kazaklar tepa tagidagi yo‘l bilan jonlarining 
boricha qochdilar. Quvlaganlar ham ketma-ket 
yetay deb qoldilar, qarasalar, yo‘l aylanasiga ilon 
izi bo‘lib ketibdi. Hammalari bir nafas to‘xtab: 
«O‘rtoqlar, bo‘lganicha-bo‘ldi endi!» – dedilar-da, 
qamchila rini yuqori ko‘tarib, bir talpindilar... 
Arg‘umoq tatar otlari osmonda ilondek cho‘zilib, 
jardan sakrab o‘tdilar-u, to‘g‘ri Dnestr daryosiga 
kirib ketdilar. Faqat ikki kishi daryoga yetolmay 
toshga tegib, hatto «voy» deyishga ulgurmay oti bi-
lan o‘sha yerda halok bo‘ldi. Kazaklar otlari bilan 


171
Taras Bulba
suzib borib, allaqachon qayiqlarni yechmoqda edi-
lar. Lyaxlar kazaklarning quloq eshitmagan, ko‘z 
ko‘rmagan bu botirliklariga qoyil qolib: «Biz ham 
sakraylikmi, yo‘qmi?» deb turib qoldilar. Bechora 
Andriyni afsun qilgan go‘zal qizning tug‘ishgani 
– yosh polkovnik yolg‘iz o‘zi uzoq o‘ylab o‘tirmas-
dan kazaklar ketidan ot qo‘ydi, osmonda oti bilan 
uch marta charxpalak bo‘lib toshning qirrasiga 
borib tushdi-da, burda-burda bo‘lib ketdi. Miyasi-
ning qatig‘i qonga aralashib, baland tosh bag‘rida 
o‘sgan butalarga sachrab ketdi.
To‘qmoq zarbidan behush bo‘lib qolgan Taras 
Bulba endi andak hushiga kelib, daryo tomonga 
boqsa, kazaklar qayiqlarga o‘tirib suzib ketyapti-
lar. Tepadan o‘q yomg‘irdek yog‘ib turibdi-ku, le-
kin ularga yetmayapti. Buni ko‘rgan chol ataman-
ning ko‘zlarida yana xursandchilik chirog‘i yondi.
Yuqoridan turib, ularga qarab:
– Og‘aynilar, xayr! Meni yodlab turinglar, ke-
lasi ko‘klamda yana kelib, yana bir sayil qilib ke-
tinglar! Nomard lyaxlar, nima murodingiz hosil 
bo‘ldi? Olamda kazaklar qo‘rqadigan biror nima 
bor deb o‘ylaysizmi? Shoshmang, vaqti kelar
ruslar dini, pravoslaviyaning nima ekanini bilar-
sizlar! Yiroq-yovuqdagi xalqlar hozir ham fahm-
lab qoldilar. Rus tuprog‘idan o‘z podshosi chiqar, 
unga bo‘ysunmagan kuch yer yuzida qolmas!..
Tagidagi o‘t alangalab oyoqlariga, daraxtga tu-
tashib bormoqda edi... Ajabo, rus kuchini yengish-
ga qodir bo‘lgan kuch, o‘t, azob olamda bormi!?
Dnestr kichik daryo emas, kirgan-chiqqan 
aylan ma joylari, qamishzor to‘qaylari, chuqur 
va sayoz yerlari ko‘p, g‘ozlari g‘ag‘illashganda 
oynadek suv ning beti jaranglab ketadi. Bo‘ynini 


172
Nikolay Gogol
aslo egmasdan suzib ketayotgan yovvoyi o‘rdak-
lar, churrak, olmaboshlar va boshqa anvoyi tur-
li parrandalar juda ko‘p. Kazaklar ikki quyruqli 
ixcham qayiq larda ildam-ildam suzib, sayozga 
kelganda sekin burilib o‘tib, qushlarni hurkitib, 
atamanlarini og‘iz laridan qo‘ymay so‘zlashib bo-
rar edilar.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling