Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

165
Taras Bulba
bo‘larlar, burungi barcha haq-huquqla ringiz, bar-
cha imtiyozlaringizni qaytararlar» deb qasam bilan 
va’da berganligi – hammasi tarix sahifala rida bir-
ma-bir to‘la bayon qilingan. Ammo kazaklar buna-
qa va’dalarga rozi bo‘ladiganlardan emas edilar
chunki polyaklarning qasami nimaligini bilgan 
edilar. Agar o‘sha manzildagi rus ruhoniy lari u 
vaqtda Pototskiyni qutqarib qolmasalar, u polyak 
boyonlari bilan mansabdor va amaldorlarning 
hasadlarini qo‘zg‘atib, ko‘zlarini kuydirib, olti ming 
arg‘umoq minganlar boshida dabdaba surmas, 
senat a’zolariga ziyofatlar berib, seymda
1
davr-dav-
ron surmas edi. Jami poplar yig‘ilishib, qo‘lida buti 
bilan shayxlarini oldilariga solib, zarbof kimxob 
jomalarda kazaklar qar shisiga chiqdilar, kazak-
lar boshlarini egib, yalang bosh bo‘lib ta’zim bilan 
turdilar. Hozirgi vaziyatda kazaklar, hatto qirol-
ning o‘zi kelsa ham hurmat qilmas edilar, ammo 
o‘z dinlariga, o‘z butlariga qarshi turmadilar va 
ruhoniylarni izzat qildilar. Getman polkovniklar 
bilan maslahatlashib, Pototskiyni qo‘yib yuborish-
ga rozi bo‘ldi. Nasroniy larning butxonalariga aslo 
tegmaslik, eski nizo va adovatlarni unutib, ka-
zak qo‘shinlariga hech zi yon-zahmat yetkazmas-
lik to‘g‘risida undan qasamlik va’da olib, qo‘yib 
yubordilar. Bunday sulhga faqat bir polkovnik rozi 
bo‘lmadi, bu odam Taras edi. Boshidan bir tutam 
sochini yulib qichqirdi:
– Hoy, getman, hoy, polkovniklar! Nomardlar 
ishini qilmang! Lyaxlarga inonmang, betavfiqlar 
hammangizni sotadilar.
1
Seym – Polsha Xalq Respublikasida: davlat hokimyati-
ning oliy organi.


166
Nikolay Gogol
Mirzaboshi ahdnomani bitib bo‘lgach, getman 
qo‘l qo‘yib muhrini bosgach, Taras toza va a’lo 
po‘latdan yasalgan turk qilichini yechib, kaltak-
ni sindirgandek ikki bo‘lak qilib, bir bo‘lagini bir 
tarafga, bir bo‘lagini yana bir tarafga uloqtirib 
tashladi.
– Xayr endi! Bu qilichning ikki bo‘lagi qo‘shilib, 
butun qilich bo‘lmaganidek, bizlar ham, do‘stlar, 
bu dunyoda qo‘shilmaymiz! Mening bu vidola shib 
aytgan gaplarim yodingizda bo‘lsin, – bu so‘zni 
aytganida, tovushi zo‘raydi, baland ko‘tarildi, 
kuchaydi, uning bashoratkarda bu so‘zlaridan 
hammaning ko‘ngli buzildi: – o‘lar oldida meni 
yodlarsiz! Tinchlik, huzur-halovat topdik deb 
o‘ylaysizmi, aysh qilamiz deb o‘ylaysizmi? Aysh 
qilasiz-ku, lekin boshqacha aysh qilasiz! Getman 
boshining terisi shilinar! Teringga somon tiqi-
lar va ko‘p zamonlargacha bozorlarda odamlar-
ga tomosha bo‘lar! Siz, panlar ham boshingizni 
saqlab qololmaysiz! Agar hammangizni tiriklayin 
qozonga solib pishirmasalar, unda zindonlarda 
g‘isht devor ichida ko‘milib, halok bo‘lasiz!
Askarlariga qarab dedi:
– Endi, siz yigitlarga aytay, qaysingiz o‘z ajalin-
giz bilan o‘lmoq istaysiz? Pechka tepasida, xotin-
lar to‘shagida ag‘anab yotib emas, araqxona oldi-
da devor tagida dumalab yotib emas, kuyov bilan 
kelindek bir ko‘rpa va bir yostiqda yotib, halol 
kazak ajali bilan o‘lmoq istaysizmi! Yoki uy-uyin-
gizga qaytib, chala kofir bo‘lib polyak poplarini 
yelkangizga orqalab yurmoq istaysizmi?
Taras qo‘l ostidagi askarlarning hammasi:
– Birodarimiz, polkovnik! Hammamiz sen bilan 
birgamiz! Qayoqqa boshlasang, shu yoqqa keta-


167
Taras Bulba
veramiz, – deb qichqirishdi. Boshqa polklardan 
bir odam bular tomoniga o‘tdi.
Taras:
– Unday bo‘lsa yuringlar! – dedi-da qalpog‘ini 
bostirib olib, qolganlarga dahshat bilan bir qa rab 
qo‘ygach, otiga minib odamlariga dedi: – Hech 
kim bizni orqamizdan so‘kmas! Qani, yigitlar, ot-
laning, katoliklarga mehmon bo‘laylik.
Bundan keyin otiga qamchi berib, yo‘lga tush-
di, yuz ot-aravadan iborat karvon ham uning 
ketidan jo‘nadi; bular ichida ko‘p otliq va piyoda 
kazaklar bor edi. Taras orqasiga qarab, qolgan-
larga dahshat bilan bir qaradi, uning bu qarashi-
da qahr-u g‘azab to‘la edi. Ularning yo‘lini to‘sish-
ga hech kim jur’at qilolmadi. Ular jo‘nab ketdilar, 
butun qo‘shin qarab qolaverdi. Taras orqasiga 
qarab-qarab, dahshat qilib borar edi.
Xijolat bo‘lgan Getman bilan polkovniklar 
hayratda qolaverdilar. Hammalari xomush bo‘lib, 
qandaydir xunuk bir xabarni ko‘ngillari sezgan-
dek o‘yga cho‘mib turardilar. Tarasning gapi be-
kor emas, uning so‘zlari o‘z isbotini topdi. Oradan 
bir necha vaqt o‘tgach, Kanevdagi xiyonatkorona 
voqeadan so‘ng getmanning boshi, yana bir qan-
cha atoqli kishilar bilan birga qoziqqa ilindi.
Taras nima bo‘ldi? Taras qo‘shini bilan bir-
ga Polshada sayr qilib yurib, o‘n sakkiz ravotga, 
qirqqa yaqin polyak butxonasiga o‘t qo‘yib, Kra-
kov shahriga yaqinlashib qoldi. Ko‘p lyaxlarni 
qirdi, ko‘p yaxshi saroy va qasrlarni vayron qildi
talon-toroj etdi; polyak boyonlarining ombor va 
yerto‘lalarida bir necha yuz yillardan beri asrab 
kelingan sharob-sharbatlarni chiqarib to‘kdilar, 
bisotxona, xazinalardagi qimmatbaho matolarni, 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling