Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
176
Nikolay Gogol da hordiq chiqarardilar. Shu paytda darsxona- ga kirib qolgan proofessor, o‘zi ham bir vaqtlar shunday janglarda qatnashganidan talabalar- ning qip-qizil basharalarini ko‘ra solib, hazilakam jang bo‘lmaganini darrov fahmlar edi. Bir yoqda bir professor tilshunoslardan birini darra bilan savalab tursa, boshqa biri falsafa shunoslardan birini taxtakach bilan qo‘liga urardi. Dinshunos- larga boshqacharoq muomala qilinar, ya’ni, ular, professor aytganidek, har qaysisi dona-dona tas- ma qamchi yer edi. Ba’zi bayram va hayit kunlarida maktab o‘quv- chilari bilan talabalar uylariga ketib, qo‘g‘irchoq o‘yini tomoshasini ko‘rsatar edilar. Gohida mas- xarabozlik o‘yinlarini namoyish qilar, o‘shan- da bo‘yi Kiyev minorasidek novcha dinshunos chiqib, Misr podshosi vazirining xotini Zulayho bo‘lib yoki Osiya bo‘lib o‘ynab berar edi. O‘yinni hammaga manzur qilsa, bir bo‘lak mato yoki bir qop tariq, yo bo‘lmasa yarimta pishirilgan g‘oz va boshqa narsalar tushar edi. O‘rtalarida eskidan allaqanday bir adova- ti bo‘lgan bu talabalar bilan maktab o‘quvchi- lari shunday qashshoq ediki, kuni zo‘rg‘a o‘tar va lekin hammasi nihoyat darajada ochofat va yuho bo‘lganidan har qaysisining kechqurun bir o‘tirishda qanchadan chuchvara yeganini sanab bo‘lmas, shuning uchun ham ba’zi saxiy boylarning bergan nazr-niyozi ularga kifoya qil- may, peshqadam darsxonlar bilan dinshunoslar- dan bir nechtasi bosh bo‘lib, bir necha savod- xon bilan bir necha tilshunosga bitta falsafa- shunosni serka qilib, gohida peshqadamlarning o‘zlari ham qo‘shilishib, yelkalarida qop bilan 177 Taras Bulba birovning paykalini qiyratgani jo‘nar edilar. Bun- dan keyin madrasaga kelib, qovoq bo‘tqa pishi- rar, qovun-tarvuzga xo‘b to‘yib olar edilar. Shun- day to‘yar edilarki, ertasiga xalfalarga saboqla- rini o‘tkazayotganlarida og‘izlari bilan o‘qisalar, qorinlari ham quldurab turar edi. Darsxonlar bilan dinshunoslarning to‘ni shunday ro‘dapo bo‘lar, ya’ni, tovonlaridan ham uzun edi. Ta’til vaqti bo‘lsa, ya’ni, iyun oyidan boshlab, talabalarning uylariga tarqaydigan vaqt kelsa, ularning kuni tug‘ar edi. Bu kezda savodxonlar, darsxon, peshqadam talabalar katta yo‘lga tushib olib, turnaqator tizilib ketaverar edilar. Borar joyi bo‘lmaganlari sheriklaridan birortasinikiga ketar edi; falsafashunoslar bilan dinshunoslar o‘qituv- chilik qilar, ya’ni, badavlat kishilarning bolalari- ni o‘qitar va buning badaliga yiliga yangi etik va ba’zida etikdan tashqari yana to‘nlik ham olardi- lar. Bu talabalarning hammasi galalashib, to‘da- lashib jo‘nardi. Dala joyga qo‘nib, osh pishirar edilar. Har birining yelkasida bittadan to‘rva, ichi- da bitta ko‘ylak, bir juft paytava bo‘lar edi. Din- shunoslar hammadan ozoda va pishiq bo‘lardilar. Shuning uchun etiklari yirtilmasin deb, xususan, loygarchilikda, kaltakka ilib, yelkalariga tashlab, pochalarini shimarib, loydan kechib ketaverar edilar. Yo‘lning bir chekkasida qishloq ko‘rinib qolsa, darrov katta yo‘ldan chiqib, qishloqqa yo‘l solar, tuzukroq uy oldiga kelganda, de raza tagi- da qatorlashib, ovozlarining boricha xo nish qilar edilar. Bu yerga kelib, uy-joy qilib qolgan keksa kazaklardan bo‘lgan uy egasi, ikki qo‘lini iyagiga tirab olib, ularning xonishiga xo‘b yig‘lar, so‘ngra xotinini chaqirib: «Xotin, mullavachchalarning 178 Nikolay Gogol o‘qigani bama’ni bo‘lsa kerak, moying bormi va uyingda boshqa biror narsa bormi, nima bo‘lsa bir chiqarib ber!» – der edi. Keyin, bir tovoq to‘la varaqi somsa, chuchvara, lo‘ndagina bir bo‘lak yog‘, yana bir necha kulcha, ba’zida oyog‘i bog‘liq tovuq – hammasi to‘rvaga tushaverar edi. Talaba- lar bu bilan qorinlarini to‘qlab, yana yo‘lga tushar edilar. Ammo nari borgan sari, yo‘lda uy-uylariga yetib, sonlari kamayib borar va oxiri ota-onasining uyi hammadan yiroqda bo‘lganlargina qolar edi. Bunday sayohatlardan birida talabalardan uchtasi qishloqqa kirib, yemish bo‘lguday biror ye gulik topish uchun katta yo‘ldan burildilar, chunki to‘rvalari allaqachon bo‘shab qolgan edi. Bular ning biri dinshunos Xalyava, biri falsafa- shunos Xoma Brutyana, biri notiq Tiberiy Goro- bets edi. Dinshunos novcha, yag‘rinli kishi bo‘lib, yo- mon bir odati bor ediki, nima to‘g‘ri kelsa, albat- ta, o‘g‘irlar, o‘zi juda tund bo‘lib, mast bo‘lsa, su- purgi o‘t ichiga kirib yotaverar, maktabdoshlari uni qidirib topguncha ko‘p sarson bo‘lar edilar. Falsafashunos Xoma Brut doim dimog‘i chog‘, xushchaqchaq odam edi. Yastanib yotib, tama- ki chekishni yaxshi ko‘rar, ichadigan bo‘lsa, al- batta, mashshoqlarni chorlab, tapir-tupir o‘yin- ga tushib, xo‘b xumoridan chiqar edi. Maktabda darrani ko‘p yer edi-ku, lekin faylasufona bepar- volik bilan: peshonadagi bo‘lmasdan qolmaydi, deb kaltakni hech pisand qilmas edi. Notiq Tiberiy Gorobets mo‘ylov qo‘yish, araq ichish, tamaki chekishga hali haqsiz edi. U haliga- cha kokilini kestirgani yo‘q, shu ning uchun fe’l-u atvori to‘g‘risida hech narsa ham deb bo‘lmaydi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling