Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

162
Nikolay Gogol
sochlarini yulib, oq ko‘ksiga uruvchi rafiqa sining 
yig‘isini eshitgisi kelmaydi. Uning tilagi shu, u 
bunday paytda yaxshi so‘z bilan uni yupatuvchi, 
ko‘nglini ovlovchi bir er yigitni ko‘rmoq istaydi. 
Holdan ketib, darmonsiz yiqilarkan:
– Otam! Qayerdasan? Eshityapsanmi? – deb 
qichqirib yubordi.
Hamma jimjit turgan bir kezda:
– Eshitdim! – degan bir hayqiriq chiqdi-yu, 
jami xaloyiq ichiga g‘ulg‘ula tushdi.
Otliq sipohlardan bir qanchasi odamlarni ora-
lab qidirishga tutindi. Yankelning rangi o‘chib 
murda bo‘lib qoldi; sarbozlar undan nariroq 
ketganlaridan keyin Tarasga qaramoqchi bo‘lib, 
qo‘rqa-pisa qayrilib boqdi, ammo Taras yo‘q, al-
laqachon izi ham qolmabdi.
XII
Tarasning izi topildi. Bir yuz yigirma ming ka-
zak qo‘shini Ukraina chegaralarida paydo bo‘ldi. 
Bu qo‘shin o‘lja qidirib chiqqan, yoki tatarlarni 
quvlab kelgan kichik bir askar emasdi. Yo‘q, endi 
butun millat qo‘zg‘aldi, chunki xalqning sabr 
kosasi to‘ldi. Haq-huquqlarini poymol qilganlar-
dan, uni xo‘rlaganlardan, ota-bobosining dini 
va urf-odatlarini haqorat qilganlardan, ibodat-
xonalarini oyoqosti qilganlardan, zulm qilgan, 
ezgan, jabr-u jafosini o‘tkazgan ajnabiy boyonlar-
dan, o‘z diniga kirgizmoqchi bo‘lgan bid’atchilar-
dan nasroniylar yurtida juhudlar hokimlik qilib 
millati, nomusi to‘kilganligi uchun, xullas, ko‘p 
zamonlardan beri kazaklarning qahr-u g‘azabini 
qo‘zg‘atib, alamini oshirib kelayotgan barcha be-


163
Taras Bulba
dodliklar uchun endi o‘ch olib, alamini chiqa rish 
uchun qo‘zg‘aldi. Yosh bo‘lsa ham, dili baquv-
vat getman Ostranitsa
1
behad va behisob kazak 
qo‘shiniga bosh bo‘lib borar edi. Maslahatchisi va 
do‘sti keksa Gunya uning yonida borardi. Sakkiz 
polkovnik har qaysisi o‘n ikki ming askarga bosh 
edi. Ikki yasovulboshi bilan ikki bosh bayroqdor 
uning ketidan borardilar. Bosh tug‘chi tug‘ tagi-
da borar edi. Yana birtalay bayroq va tug‘lar bor 
edi. Tug‘dorlar tug‘larini ko‘tarib borardilar. Yana 
birtalay amaldor va mansabdorlar, karvonboshi, 
mirzaboshi, yasovul-bakovullar bor edi, bular-
ning har qaysisi qo‘l ostida piyoda va otliq askar-
lar bor edi. Safarbar askarlar qancha bo‘lsa tax-
minan yana shuncha fidoyilar, ko‘ngillilar bor 
edi. Qayerdaki, kazak bo‘lsa hammasi qo‘zg‘aldi; 
Chigirindan, Pereyaslavdan, Baturindan, Gluxov-
dan, Dneprning etak tomonidan – undagi barcha 
orol va irmoqlardan otlanib keldilar. Dala-dasht-
larda son-sanoqsiz ot-aravalar keti uzilmasdan 
borardi. Ana shu kazaklar orasida haligi sakkiz 
guruh askar ichida eng yaxshisi Taras Bulba qo‘l 
ostidagi askarlar edi. Uning keksaygan yoshi, 
ko‘p ish ko‘rganligi, qo‘shinga yo‘lboshchilik qi-
lishga usta 
ligi, dushmanga qahri hammadan 
ortiqligi uni boshqalardan ortiq va martabasini 
ulug‘ qilardi. Uning berahm-beshafqat battolligi, 
hatto kazaklarning o‘zlariga ham haddan tashqa-
ri ko‘rinar edi. Uning sochi oqargan boshi faqat 
o‘t bilan dorni bilar edi, xolos. Askarboshilar o‘ti-
rishib kengashganda uning beradigan maslahat-
1
Ostranisa – XVII asrda Ukraina kazaklari Polsha 
hukm 
ronligiga qarshi kurashganlarida, kazaklarga bosh 
bo‘lgan botirlardan biri.


164
Nikolay Gogol
lari ham faqat yiqitmoq, yoqmoq, qirmoq, qiyrat-
moq edi.
Kazaklar ko‘p jonbozlik qilgan janglarni ham
urushning qanday qizib borganini ham bunda uzun 
bayon qilib o‘tirishning keragi yo‘q, chunki bular-
ning hammasi tarixga yozilgan. Rus tuprog‘ida din 
yo‘lida qilingan urushlar ta’rifi ma’lum-u mash-
hur. Dindan zo‘r kuch yo‘q. Mavj urib har doim 
o‘zgarib, turlanib turgan dengiz o‘rtasidagi yuksak 
tosh naqadar qudratli, naqadar dahshatli bo‘lsa, 
din ham shunday kuchli, shunday qudratli. Den-
giz o‘rtasidagi azamat tosh dengiz qa’ridan chiqib, 
yaxlit bir toshdan yaratilgan gavdasini ko‘klarga-
cha yuksaltiradi. Qaysi tomondan qaralsa ham 
tosh ko‘rinadi, uning oldidan chopishib, o‘tib keta-
yotgan to‘lqinlarni pisand qilmay turaveradi. Unga 
kelib tekkan kemaning sho‘ri qursin! Mayda-may-
da bo‘ladi, ichida nimasi bo‘lsa suvga g‘arq bo‘la-
di, yo‘q bo‘ladi, halok bo‘lganlarning dod-voyidan 
havoda bir larza qoladi, xolos.
Ozod qilingan shaharlardan polyak askarla-
rining qanday qochganliklari, insofsiz ijarador 
juhudlarning qancha-qanchasi qanday dorga osil-
ganligi; polyak podshosining lashkarboshi si Ni-
kolay Pototskiy behisob va beadad qo‘shini bilan 
ham hech narsa qilolmasdan bu azamat kuch 
qarshisida ojiz qolganligi; shikast yeb, qochib, 
kichkina bir daryoda eng sara askarlarini suvda 
halokatga yetkazganligi, Polonniy degan bir man-
zilda bahodir kazak askarlari uni qurshab olgan-
laridan keyin polyak lashkarboshisi hech chora 
topolmay nochor-u noiloj «Polyak qiroli va bosh-
qa a’yoni mamlakat, barcha talablaringizga rozi 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling