Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
150
Nikolay Gogol «Ana, Mardoxay, Mardoxay!» deb qichqirdilar. Yankelga qaraganda oriqroq, lekin yuzida ajinlari ko‘proq, yuqori labi juda qalin bir juhud munta- zir bo‘lib turgan juhudlar oldiga keldi. Juhudlar biri olib, biri qo‘yib bir nimalar der edilar. Mardo- xay Taras turgan uyning darchasiga qarab-qarab qo‘yar edi, bundan Taras uning to‘g‘risida so‘zla- shayotganlarini fahmladi. Mardoxay qo‘lini pax- sa qilib, boshqalarning so‘zini bo‘lib, bir narsalar der, hadeganda yoniga tupurib, to‘nining etagini ko‘tarib qo‘yar, qo‘lini kissasiga tiqib, allaqanday soqqalar olar va ishtonini ko‘rsatar edi. Bir mahal juhudlar hammasi chug‘urlashib shunday g‘avg‘o ko‘tardilarki, nariroqda qorovul turgan bir juhud ularga ishora qilib: «Jim bo‘ling!» – dedi. Buni ko‘rib turgan Taras o‘zidan xavotir ola boshladi, ammo juhudlar, albatta, ko‘chada mojaro qilish- lari va ularning tiliga iblis ham tushunmasligi esiga tushib, xotirjam bo‘ldi. Oradan ikki daqiqacha o‘tgach, juhudlar Taras- ning oldiga kirib keldilar, Mardoxay Taras yoni- ga kelib, uning yelkasiga qoqib: «Biz xohlagan-u, Xudo xohlagan ish bo‘lmay qolmaydi», – dedi. Taras tengi yo‘q bu Sulaymonga tikilib qa- ragach, ko‘ngli birmuncha oromlandi; dar haqiqat, uning qiyofasi odamni unga inontirar edi; yuqori labi juda badburush, bunday yo‘g‘on tortib ket- gani bejiz emas. Bu Sulaymonning soqolida atigi o‘n besh tola mo‘y bor, bu ham faqat chap to- monida edi. Yuzida sho‘xligidan yegan kaltak- laridan qolgan chandiqlari ko‘p ediki, ularning sanog‘i allaqachon esidan chiqib ketganligi va ularni tug‘ma xollar qatorida sanashga o‘rganib qolganligi beshag-u beshubha edi. 151 Taras Bulba Mardoxay uning donoligiga ofarin o‘qib hayron qolgan sheriklari bilan birga chiqib ketdi. Bul- ba yakka qolib, umrida hech bir bo‘lmagan ajib bir holatda edi, umrida bir marta xavotirlanib, ko‘ngli tashvish tortib, iztirobga tushdi. U endi avvalgidek azamat chinor daraxtiga o‘xshamas edi, endi yuragi qolmadi, quvvati ketdi. Shitir etgan tovush yuragini o‘ynatar, ko‘cha boshi- da ko‘ringan har bir juhudning sharpasi uning yu ragini orziqtirar edi. Shu ahvolda kunni kech qildi. Yemadi, ichmadi, ko‘chadagi kichik dera- zadan ko‘zini aslo olmadi. Nihoyat kech paytida Mardoxay bilan Yankel uzoqdan ko‘rindi. Taras- ning yuragi yorilguday bo‘ldi. Asov otdek betoqlanib: – Nima bo‘ldi? Ish o‘ngidanmi? – deb so‘radi. Juhudlar nafaslarini rostlab, javob qaytarish- ga ulgurmay, Mardoxayning, garchi xiyla xunuk bo‘lsa ham, toqisi tagidan gajak bo‘lib, chiqib tur- gan kokili yo‘q bo‘lib qolganini Taras darrov pay- qadi, Nimadir aytmoqchi bo‘lib allanimalar dedi, lekin Taras hech narsani anglamadi. Yankel ham xuddi tumovdan aziyat chekayotgan bemordek ha deganda qo‘lini og‘ziga tutar edi, xolos. – E marhamatli xo‘jam! – dedi Yankel. – Endi sira iloji yo‘q! Azbaroyi Xudo, iloji yo‘q. Bu xalq shunday yaramas ekanki, boshiga tupurishdan boshqasiga arzimaydi. Mana, Mardoxay aytsin, u dunyoda hech kim qilmagan ishni qildi, lekin Xudo ning xohishi bo‘lmadi. Uch ming askar pos- bonlikda turibdi, ertaga ularni dorga osarmishlar. Taras juhudlarning ko‘ziga tikilib qaradi, biroq endi, avvalgidek betoqat va g‘azabnok emas edi. 152 Nikolay Gogol – Agar janoblari ko‘rmoq istasalar, ertaga sa- harda, tong otmasdan avval bormoq kerak. Pos- bonlar rozi bo‘ldilar, yasovulboshi ham va’da qil- di. Ammo manglayi qoralar nihoyatda badnafs xalq ekan-da! Sho‘rim qursin! Bizlarning oramiz- da ham bunaqasi yo‘q. Har qaysisiga ellik oltin- dan berdim, yasovulboshiga bo‘lsa... – Yaxshi. Meni uning oldiga olib bor! – dedi Taras. Avvalgi mardonaligi yana qaytdi. Yankel: – Nemis mamlakatidan kelgan ajnabiy graf kiyimini kiydirib olib boraman, – deb edi Taras uning bu taklifiga rozi bo‘ldi. Uzoqning muloha- zasini qilgan juhud kiyim-boshlarini allaqachon hozirlab ham qo‘ygan ekan. Kech bo‘lib qolgan edi. Uyning egasi, boyagi sepkil bosgan sariq juhud chiptaga o‘xshash bir narsa bilan qoplan- gan yupqa bir to‘shak olib chiqib, so‘riga Bulbaga o‘rin solib berdi. Yankel yerga to‘shak solib yot- di. Sariq juhud bir piyolachada allaqanday shar- batni ichib olgandan keyin paypog‘i va kavushi bilan jo‘jaxo‘rozga o‘xshab, xotini ikkovi javon- ga o‘xshagan bir narsa ichiga kirib ketdi. Ikki juhudvachcha, ikki kuchukvachchadek javon tagida – yerda yotdi. Ammo Taras uxlamadi. Bar- mog‘i bilan xontaxtani tiqirlatib xomush o‘tirardi, Og‘zidagi tamakisini tutatar edi, xolos. Juhud tu- tundan aksa urib, ko‘rpaga burkandi. Taras tong yorishar-yorishmas Yankelni oyog‘i bilan turtib uyg‘otdi. – Juhud, tur, grafga kiyim-boshini ber! U tezda kiyindi. Mo‘ylov va qoshlarini qora- ga bo‘yadi, boshiga ixchamgina qora toqi kiydi. Bu qiyofada uni yaqin qarindosh kazaklari ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling