Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

138
Nikolay Gogol
aralashib, ko‘ziga ko‘rindi. Ildiziga bolta urilgan 
azamat chinordek gumburlab yerga yiqildi, ko‘zi-
ni tuman bosdi.
X
Taras go‘yo og‘ir mast uyqudan karaxt bo‘lib 
uyg‘ongandek hushiga kelib: «Uzoq uxlabman-a!» 
– deb o‘rnidan turdi va qanday yerda yotganligini 
fahmlab olishga urindi; a’zoyi badanida sira quv-
vat qolmabdi. Yot bir uyning devor-burchaklari 
ko‘ziga sal-pal chalinganday bo‘lardi. Nihoyat ol-
dida uning har bir nafas olishiga quloq solib tur-
gandek tepasida o‘tirgan Tovkachni tanidi.
Tovkach o‘zicha: «Oxirat uyqusiga kirgan 
eding-ku! Tag‘in qolding-da!» – deb o‘yladi-yu, le-
kin unga hech narsa demay, barmog‘i bilan isho-
ra qilib, jim yot dedi.
Taras es-hushini yig‘ib olib, o‘tgan voqeani 
yodiga solmoqchi bo‘lib:
– Axir aytsang-chi, qayerdaman? – deb so‘radi 
yana.
Do‘sti jahl bilan koyib:
– Jim dedim, jim! Yana nima so‘raysan? Qiy-
ma-qiyma bo‘lib yotibsan-ku, ko‘rmayapsanmi? 
Ikki haftadan beri ikkovimiz dam olmasdan ot 
choptirib, bu yerga yetib keldik, sen isitma ichi-
da har balolar deb, dovdirab kelding. Bugun endi 
orom olib uxlading, xolos. Agar o‘z jonimga bir 
balo orttirmay desang, jim yot, – dedi.
Ammo Taras diqqat qilib, es-hushini yig‘ib 
olishga va o‘tgan voqealarni esiga tushirishga 
harakat qilardi.


139
Taras Bulba
Axir meni lyaxlar o‘rab olib, tutishlariga sal 
qolgan edi-ku? Ular orasidan qutulib chiqishim 
juda mushkul edi-ku?
Erka bolaning xarxashasidan bezor bo‘lgan 
enaga sabri qolmay bolani jerkiganidek, Tovkach 
achchiqlanib:
– Shaytondan tug‘ilgan, jim yot deyman sen-
ga! – deb koyidi. – Qanday qilib qutulganligingni 
bilganing bilan senga nima foyda? Qutulibsan, 
bo‘pti-da! Senga vafodorlik qiluvchi odam bor 
ekan, senga shu yetadi-da, hali kechalari oz-
muncha yuguramizmi? Sen bu bahongni ancha-
yin odamning bahosi deb bilasanmi? Yo‘q, sening 
boshingni ikki ming oltinga baholadilar.
Taras birdaniga o‘rnidan turishga urinib:
– Ostap nima bo‘ldi? – dedi-da, Ostapning asirga 
tushganligi, uning ko‘z o‘ngida uni bog‘lab olgan-
liklari, allaqachon lyaxlar qo‘lidaligi yodiga tushdi.
Keksa boshini g‘am bosdi. Yarasiga bog‘lan-
gan lattalarini uzib-yirtib, irg‘itib tashladi. Qich-
qirib bir narsalar demoqchi edi, gapirolmasdan 
g‘udrandi. Isitmasi yana oshib, gapi chalkashib, 
talvasalay boshladi. Vafodor do‘sti koyib, so‘kib, 
oldida turar edi. Tovkach bir iloj qilib qo‘l-
oyog‘idan tutib, xuddi yosh bolani o‘rab-chulg‘ab, 
jarohatlarini qaytadan bog‘ladi, keyin mol terisi-
ga o‘rab, chilvir bilan chirmab, egarga mahkam 
bog‘lab olib, yana yo‘lga tushdi.
– O‘ligingni bo‘lsa ham, yurtimizga olib keta-
man! Lyaxlarga seni xor-zor qilib qo‘ymay-
man, etingni burda-burda qilib, suvga tashlatib 
qo‘ymayman. Ko‘zingni kalxatlar cho‘qisa ham, 
go‘rga, polyaklar yurtidan kelgan polyak kalxati 


140
Nikolay Gogol
emas, o‘zimizning sahroyi kalxatlarimiz cho‘qisin. 
O‘ligingni bo‘lsa ham, Ukrainaga olib boraman!
Vafodor do‘stining gapi shu edi; hech dam ol-
masdan kecha-kunduz baravariga ot choptirib 
uni behush holda Zaporojyеning Sechiga olib 
keldi. U yerda har xil dori-darmonlar, giyohlar bi-
lan davolashga tutindi. Allaqayerdan juhud xotin 
topib keldi. U bir oy muttasil uni turli dori-darmon 
bilan boqdi, bir oy deganda Taras andak tuzalib, 
boshini ko‘tardi. Dori-darmonlar kor qildimi yoki 
o‘zining baquvvatligi sabab bo‘ldimi bir yarim oy 
deganda oyog‘ini bosdi, jarohatlari bitdi, faqat 
qilich tekkan joylarda qolgan yamoqlar mo‘ysafid 
kazakning qanday qattiq yarador bo‘lganidan ni-
shona berib turar edi. Ammo Taras xiyla xomush 
va g‘amgin bo‘lib qoldi. Peshonasiga uchta katta 
ajin tushdi va keyin sira ketmadi. Tevarak-atro-
figa qarasa, eski qadr don birodarlaridan hech 
kim qolmabdi, Sechdagilar barchasi yangi odam-
lar. Haqqoniyat, din va qardoshlik sadag‘asi 
bo‘lganlaridan hech kim qolmabdi. Askarboshi 
bilan birga tatarlarni quvlab ketganlardan ham 
allaqachon hech kim qolmabdi. Hammalari dun-
yodan o‘tibdilar, hammalari halok bo‘libdilar. 
Gohlari jangda mardona o‘lim topibdilar, ba’zi-
lari Qrim 
ning sho‘rtob sahrolarida tashna va 
nonsiz likdan nobud bo‘libdilar, ba’zilari bandilik-
dagi uyat, xor-zorlikni ko‘tarolmay o‘lib ketibdi. 
Avvalgi askarboshi ham allaqachon o‘lib ketib-
di. Eski yor-birodarlaridan hech kim qolmabdi, 
bir zamonlarda qaynab toshgan kazak kuchi 
allaqachon yer bag‘riga kirib, o‘t bosib ketib-
di. Nihoyatda katta, serdabdaba-yu, sermojaro 
bir to‘y, bir kayf-safo majlisi, bir ma’raka bo‘lib 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling