Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
130
Nikolay Gogol pan Guska ham omon qolmadi. Kazaklar u yon- bu yonga qaraganlaricha yo‘q ediki, dushmanlari Guskani to‘rt nayzaga oldilar. Bechora: «Dush- manlarga qiron kelsin, rus yurti dorilamon yasha- sin!» – dedi va boshqa so‘z aytolmasdan jon berdi. Kazaklar qayrilib qarasalar, bir tomonda kazak Metelitsa lyaxlar orasiga qirg‘in solyapti; yana bir tomonda ataman Nevilichkiy o‘z askarlari bilan bosib-yanchib kelyapti. Aravalar turgan yerda Zakrutiguba dushmanni qaytarib, jonbozlik qilib turibdi. Chekkadagi aravalar oldida uchinchi Pisarenko bir gala dushmanni qaytardi; bir to- mondagi aravalar oldida ikki tomon olishib qolib, jang aravalar ustiga ham chiqib ketdi. Ataman Taras hammaning oldiga o‘tib olib: – Ha, og‘aynilar! O‘q doringiz bormi? Askar- larda kuch ko‘pmi? Kazaklar bo‘sh kelmayapti- larmi? – dedi. – Otamiz, o‘q-dorimiz bor, kazaklarda hali kuch ko‘p, kazaklar hali bo‘sh kelmaydilar! Bovdyug aravadan yiqildi: o‘q xuddi diliga borib tegibdi, ammo chol jon-jahdi bilan bor quvvatini yig‘ib: «Dunyoda armonim qolmadi, hammaga Xudo shunday o‘lim bersin! Rus yurti qiyomatga- cha bor bo‘lsin!» – dedi. Shuni deb Bovdyugning ruhi yuksaklarga parvoz qilib ketdi: dunyodan av- val o‘tgan qariyalarga rus tuprog‘ida qanday jang, bu mamlakatda muqaddas din yo‘lida qan day jonbozlik qilayotganliklarini so‘zlab bergani ketdi. Birozdan keyin ataman Balaban ham yiqil- di. Uch yeridan shikast yedi; bir yeriga nayza, bir yeri ga o‘q, bir yeriga shamshir tegdi. U ham mashhur botir kazaklardan edi; sho‘r daryo- da ko‘p qaroqchiliklar qilgan edi. Ammo Anatol 131 Taras Bulba qirg‘oqlariga qilgan safari hammadan dabdabali edi. Bu safarda turklardan ko‘p o‘ljalar oldilar; mol-bisotlar, qimmatbaho matolar ko‘p tushir- dilar. Biroq qaytishda jazolarini tortdilar – boya- qishlar turklar ning zambarak o‘qiga uchrab, kemalarining yarmisi girdobga tushib chirpirak bo‘lib ag‘darilib ketdi va ko‘plar suvga cho‘kdi- lar, ammo kemalarning ikki yoniga bog‘langan qamishlar ularni g‘arq bo‘lishdan asrab qoldi. Balaban kemasini jadal haydab, o‘zini kunro‘ya- ga oldi va shu bilan omon qoldi, chunki kun- ning shu’lasidan turklar uni ko‘rolmadilar. Keyin tun bo‘yi kemalarning teshilgan joyini tuzatish, qayiqqa kirgan suvni tovoq va bosh kiyim bilan sepish bilan ovora bo‘ldilar. Ishtonlarini yirtib, yelkan qilib, turklarning yildirim kemalaridan qo- chib qutuldilar. O‘zlari omon- eson Sechga qaytib kelganlarini qo‘yavering, Kiyevdagi Mejigorskiy ibodatxonaning ruhoniysiga oltin bilan tikilgan kimxob to‘n, Zaporojyеdagi Pokrovga nuqul ku- mushdan yasalgan qoplama keltirdilar. Do‘mbi- rachilar ko‘p zamonlargacha ularning qilgan ish- larini alqab, maqtab yurdilar. Balaban endi o‘limi yaqinligini fahmlab, boshini egdi-da, sekingina aytdi: «Og‘alar, yaxshi o‘lim topdim, yettisini qilich bilan chopdim, to‘qqizini nayzadan o‘tkazdim, otim oyog‘i ostida ko‘plari poymol bo‘ldi, o‘qim- dan o‘lganlarning hisobini bilmayman. Rus yurti dunyo turguncha tursin!» – dedi-yu, jon berdi. – Kazaklar, kazaklar! Qo‘shinimiz gulini nobud qilmang! – deb Kukubenkoni o‘rab oldilar; Neza- maykovs kiy bo‘linmasidan atigi yetti kishi qol- di, bular ham zo‘rg‘a bardosh qilib turibdilar; Kukubenkoning kiyimlari qora qonga bo‘yaldi. 132 Nikolay Gogol Uning holi tangligini ko‘rib, Tarasning o‘zi madad- ga yugurdi. Ammo kazaklar fursat o‘tganda yetib keldilar: uni o‘rab olgan dushmanlarni quvlagan- laricha bo‘lmay, naq diliga nayza urdilar. U yetib kelgan kazakning qo‘liga sekin suya nib yiqildi; qip-qizil qoni xuddi buloqdek qaynab oqib ketdi, Kukubenko ko‘zlarini javdiratib aytdi: «O‘rtoqlar, Xudoga shukrki, sizlar oldi ngizda o‘ldim! Bizdan keyin qolganlar bizlardan ham yaxshi yashasin- lar. Iso suygan rus tuprog‘i abadiy shon-shavkat- lar ichida yashasin!» – dedi-yu, yosh ruhi tanasi- dan chiqdi. Uning ruhini farishtalar osmonga olib chiqib ketdilar. Unda ruhi huzur topar, Iso: «Kukubenko, suyganim, kel, o‘tir. Bevafolik qil- mading, noinsoflik qilma ding, odamni baloga gi- riftor qilgani qo‘ymading, mening dinimni asra- ding, qo‘riqlading!» – deydi. Kukubenkoning o‘limi hammani motamga soldi. Kazaklarning saflari juda siyraklanib qoldi, botirlarning ko‘pi nobud bo‘ldi, ammo shunday bo‘lsa ham, kazaklar bar- dosh qilib turardilar. Taras qolgan bo‘linmalar bilan qichqirishib: – Og‘alar, qalaysizlar, qortiqda dorilaringiz bormi? Qilichlaringiz dami qaytmadimi? Char- chamadingizmi? Kazaklar bo‘sh kelmayapti- larmi? – dedi. – Otamiz, dorimiz hali bor, qilichlarimiz o‘tkir, kazaklarda hali kuch ko‘p! Kazaklar xuddi hech talafot ko‘rmagandek, yana hamla qilib ketdilar. Bo‘linma boshliqla- ridan atigi uch kishi qoldi. Har tarafda qizil daryolar, har ikki tarafning o‘liklaridan ko‘priklar paydo bo‘ldi. Taras osmonga boqsa, qator-qator qarchig‘aylar uchib yuribdi. Birovga davlat nasib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling