Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
133
Taras Bulba bo‘lar! Bir yoqda allaqachon Metelitsyani nayzaga olibdilar. Yana bir Pisarenkoning boshi chirpirak bo‘lib kesilib tushdi, ko‘zlari ola-bula alangla nib yumildi; to‘rt taqsim qilib, chopilib tashlangan Oxrim Guska ham ag‘anab tushdi. Taras: «Ha, bo‘linglar!» – deb ro‘moli bilan ishora qildi. Ostap uning bu ishorasini fahmlab, pistirmadan chi qib, dushmanning otliqlariga o‘zini urdi. Lyaxlar uning hamlasiga bardosh qilolmay qochdilar. Ostap ularni quvlab, yerga nayza va yog‘ochlardan qoziq qoqilgan joyga haydab kirgizdi. Lyaxlarning otlari qoqilib, egalari ustidan uchib tushaverdi. Arava- lar orqasida hammadan keyinda turganlar dush- man o‘q yetar yerga yaqin kelganini ko‘rib, to‘sat- dan o‘qqa tutib qoldilar. Lyaxlar hammasi bir yer- ga g‘uj bo‘lib, esankirab qoldi. Kazaklar g‘ayratga mindilar; har tomondan «Zafar biz tarafda, zafar biz tarafda!» degan ovozlar ko‘tarildi. Shodiyo- na karnay chalib, zafar tug‘ini tikdilar. Shikast yegan lyaxlar har tarafga tumtaraqay qochdilar. Taras qal’a tomonga qa rab: «Hali batamom g‘ala- ba qilganimiz yo‘q» – dedi; voqea shunday edi. Shahar darvozasi ochilib, barcha otliq askar- larning shon-shavkati bo‘lgan navjuvon otliq askarlar dabdaba bilan chiqdilar. Hammasi- ning tagida bir xilda to‘riq arg‘umoq ot, hamma- dan oldinda bir juvonmard pahlavon kelar edi. Jez dubulg‘asi tagidan qora kokillari chiqib tu- rar, go‘zallarning go‘zali qo‘li bilan tikilgan qim- matbaho sharf qo‘lida hilpirab borar edi. Taras buni ko‘rib tanigach, es-hushi og‘ib, hayratda qoldi. U Andriy edi. Pahlavon jangning jonboz- lik zavq-shavqiga to‘lib, qo‘liga bog‘langan tuhfa- ga loyiq mardlik ko‘rsatmoq havasi bilan mast 134 Nikolay Gogol bo‘lib, bir gala tozilar ichida barchasidan ildam, barchasidan chiroyli tozichadek javlon urib borar edi. Shikor ustasi uni olkishlab qo‘yib yubordi, u ham to‘rt oyoqlab, yakka kiftlab, qorni to‘zg‘itib, avjiga olganda har qanday yugurik quyonni ham yo‘lda qoldirib borar edi. Chol Taras uning o‘ng-u so‘lini chopib kelishini tomosha qilib, ag‘rayib qol- di. Taras toqat qilolmay: «Hoy, o‘z qarindoshlaring- nimi? Hali-ya? Iblis bolasi, o‘zingnikini urasanmi?» deb baqirdi. Ammo Andriy kim bilan urush qilayot- ganini, oshnami, begonami farq qilmay, o‘ng-u so‘lini surishtirmay urar edi. Uning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas, faqat parishon kokillar, daryo yuzida suzib yurgan oqqushdek siynalar, oppoq qordek tomoq va kiftlar, totli-tot li o‘pish uchun yaratilgan dudoqlar ko‘rinar edi, xolos. Taras baqirib: «Hoy, azamatlar, aldab-suldab chakalakka olib kelinglar uni, chakalak ichiga kelsa bo‘lgani!» – der edi. Ildam, chaqqon kazaklar- dan o‘ttiz kishi darrov hozir bo‘lishdi, bular uzun telpaklarini rostlab olib, ot qo‘yib dushmanning oldini to‘sib chiqmoqchi bo‘ldilar. Yon tomondan kirib, oldindagilarga hamla qildilar, ularni paro- kanda qilib orqadagilardan ayirib tashladilar, ke- yin ikki tomonni ham xo‘b kaltakladilar. Goloko- pitenko Andriyning orqasiga qilichining teskarisi bilan urdi. Kazaklar darrov orqaga qarab qochdi- lar. Andriy g‘azablandi, yosh qoni tomir-tomirla- rini o‘ynatdi. Otiga qamchi urib, jon-jahdi bilan kazaklar ketiga tushgancha, orqasiga qayrilib qaramay, ketidan atigi yigirma kishigina kelayot- ganidan bexabar, ot chopib boraverdi. Kazak- lar esa otlarining joni boricha choptirib borib, chakalakka urib ketdilar. Andriy quvlab borib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling