Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

141
Taras Bulba
o‘tibdi. Eshit gani shu bo‘ldi. Bu to‘yda idish-to-
voqlar bitta qolmay sindirilibdi, bir qultum may 
qolmabdi, kelgan mehmonlar, xizmatkorlar bar-
cha qimmatbaho asboblarni, qadahlarni o‘g‘ir-
lab ketibdilar, endi to‘yxonaning egasi koshki bu 
to‘y bo‘lmagan bo‘lsa edi deb, xafa bo‘lib yurib-
di. Tarasning ko‘nglini ovlab xursand qilmoqchi 
bo‘lardilar, biroq harakatlari behudaga ketardi. 
Sersoqol mo‘ysafid do‘mbirachilar qayta-qayta 
aylanib kelib, Tarasning ishlarini alqab o‘qir edi-
lar, lekin Taras ularga beparvo edi, uning qovog‘i 
sira ochilmas, chehrasidan g‘amginlik ketmas, 
boshini quyi solib, ma’yus: «Bolajonim, Ostapgi-
nam!» – derdi, xolos.
Zaporojyеliklar dengiz safariga otlanmoqda edi-
lar. Ikki yuz qayiq Dnepr daryosiga tushirildi. 
Kichik Osiyo ularning sochi olingan boshlarini, 
uzun kokillarini, bu o‘lkaning obod qirg‘oqla rini 
yiqqan va yoqqanlarini yana ko‘rdi. Qonga bo‘yal-
gan dalalarida behad va behisob gullari har taraf-
ga sochilib, oyoq osti bo‘lganidek, fuqaro ning sal-
lalari ham har tarafga sochilib, oyoq osti bo‘lar, 
daryolarga oqar edi. Zaporojyеliklarning qora moy-
ga belangan shalvarlari, ilondek qamchi tutgan 
baquvvat qo‘llarini ko‘p ko‘rdi bu o‘lka. Toklarini 
poymol qilib, uzumlarini yeb quritdilar. Machitla-
rida go‘nglar tepa-tepa bo‘ldi. Qimmatbaho eroniy 
shollarni otlariga yopinchiq qildilar, kir to‘nlari 
ustidan belbog‘ qilib bog‘ladilar. Ulardan qolgan 
kichkina mushtuklarni odamlar topib olardi.
Zaporojyеliklar qayiqlariga tushib, shod-xur-
ram qaytdilar. Turklarning o‘n zambarakli kat-
ta kemalari ular ketidan quvlab kelib, o‘n zam-
barakdan baravariga otib, kazaklarning xarob 


142
Nikolay Gogol
qayiqlarini qushdek har tarafga parokanda qil-
dilar. Qa yiqlarning uchdan bir qismi dengiz gir-
dobiga g‘arq bo‘ldi. Ammo qolgan qayiqlar yana 
to‘planishib, o‘n ikki sandiq to‘la oltin-kumush 
bilan Dneprga yetib keldilar. Biroq Tarasda bun-
day ishlarga sira havas yo‘q edi. U yolg‘iz o‘zi 
ovg‘a chiqqan bo‘lib, sahro va dalalarga ketar, le-
kin miltig‘i o‘qlangancha qaytib kelar edi. Dengiz 
bo‘yiga borib, miltig‘ini yerga qo‘yib, g‘am-g‘ussa-
ga to‘lib o‘tirar edi. Bunda uzoq-uzoq o‘tirar. «Bo-
lam, Ostap, bo‘tam, Ostap!» der edi, xolos. Oldida 
bepoyon Qora dengiz mavj urib, tovlanib turar 
edi; uzoqdagi qamish ichida baliqchi qush qich-
qirar, Tarasning oqargan mo‘ylovi kumushdek 
yaltirar, ko‘z yoshi chak-chak tomar edi.
Tarasda toqat qolmadi: «Nima bo‘lsa ham borib 
bilaman, tirikmi, o‘likmi? Go‘rdami yoki go‘rda 
ham asari qolmadimikin? Bilmaguncha qo‘ymay-
man!» Oradan bir hafta o‘tgach otliq, qurol-aslaha-
lik, qilich-qalqon va nayzalik, egari qoshiga to‘rva 
osilgan, ko‘vachada talqoni, miltiq dori soladigan 
qortig‘i, otga kerakli jabduqlar bilan Uman shah-
riga yetib keldi. Shaharga kirib to‘ppa-to‘g‘ri, de-
razalari kichkina, kir bosgan, qan daydir bir nar-
sa bilan bulg‘angan, iflos bir uyga keldi. Uyning 
mo‘risiga latta tiqilgan, teshilib yotgan tomi to‘la 
chumchuq edi. Shundoqqina eshik tagida axlat-
lar uyulib yotibdi. Boshiga qorayib ketgan mar-
varid qadalgan toqi kiygan juhud derazadan qa-
rab turardi.
Taras otdan tushib, otini eshik oldidagi temir 
ilgakka bog‘larkan:
– Ering uydami? – dedi.
Juhud xotin:


143
Taras Bulba
– Uyda, – dedi-da, darrov otga yem uchun bir 
cho‘michda bug‘doy, otliq uchun bir kosa pivo 
olib chiqdi.
– Ering qani?
– Narigi uyda, ibodat qilyapti, – dedi juhud 
xotin. Bulba kosani og‘ziga olib borganda ta’zim 
qilib: – Sog‘ bo‘ling, – dedi.
– Sen bu yerda qol, otimga yem-xashak, suv 
berib qo‘y, men o‘zim kirib gaplashib chiqaman, 
unda ishim bor.
Juhud ma’lum-u mashhur Yankel edi. Bu yer-
ga kelib, birovning joyini ijaraga olib saroyvonlik 
qilar ekan; sekin-sekin tevarak-atrofdagi boyon 
va mansabdorlarni qo‘lga olib, hammaning pu-
lini so‘rib olibdi, juhudligini bu yurtga shunday 
ko‘rsatibdiki, qayerga borsang, uning nishona-
si bor. Atrofi uch tosh yergacha xarob bo‘lma-
gan bitta ham uy qolmabdi; hammasi buzilgan, 
yiqilgan; butun yurt xuddi o‘lat tekkandek yoki 
o‘t tushib kuygandek vayronaga aylanibdi. Agar 
Yankel bunda yana o‘n yil tursa, butun mam-
lakatni xarob qilar ekan.
Taras ichkari uyga kirdi. Juhud kir bosgan 
chodirini yopinib, ibodat qilar ekan, o‘z dinining 
qoidasiga oxirgi marta tupurmoq uchun orqasi-
ga qayrilgan edi, orqasida turgan Bulbaga ko‘zi 
tushdi. Juhudning ko‘ziga daf’atan Bulbaning 
boshini keltirgan kishiga va’da qilingan ikki ming 
oltin ko‘rindi, lekin o‘zining nokasligidan o‘zi 
uyalib, juhudning dilini doim qurtdek yeb yotgan 
hirsini, oltin o‘chligini bildirmaslikka urindi.
Taras juhudga qarab:
– Hoy, Yankel, men seni o‘limdan qutqarib 
qoldim, men bo‘lmasam, zaporojyеliklar seni bur-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling