Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

144
Nikolay Gogol
da-burda qilar edilar, endi navbat senga yetdi, bir 
xizmat qil, – dedi. Yankel unga ta’zim qila-qila, 
borib, sekin eshikni yopdi, uning yuzi sal bu rishdi.
– Qanday xizmat? Agar imkoni bor xizmat 
bo‘lsa, nega qilmay.
– Indama, meni Varshavaga olib bor.
– Varshavaga? Nega Varshavaga? – dedi Yankel 
taajjubdan qoshlari qayrilib, kiftlari uchib ketdi.
– Indamasdan meni Varshavaga boshlayver. 
Nima bo‘lsa ham uni yana bir marta ko‘rgim, 
hech bo‘lmasa bir og‘iz so‘z aytgim keladi.
– Kimga!
O‘g‘lim Ostapga!
– Ajabo, hali eshitganingiz yo‘qmi?..
Eshitganman, bilaman, hammasidan xaba-
rim bor, mening boshimga ikki ming oltin va’da 
qilibdilar. Tentaklar boshimning bahosini yax-
shi bilibdilar! Men senga besh ming oltin bera-
man. Ikki mingini mana hozir ol (Bulba charm 
hamyonidan ikki ming oltinni to‘kdi), qolganini 
qaytgach olasan.
Juhud darrov ro‘mol olib, tillaning ustiga yop-
di. Tillaning bittasini qo‘liga olib, aylantirib tomo-
sha qilgach, tishlab ko‘rib:
– Ajab tilla ekan, voy, g‘alati tilla ekan! Bunday 
oltinni janobingiz kimdan tortib olgan bo‘lsangiz 
ham, boyaqish bir soat ham dunyoda turmasdan 
o‘sha ondayoq o‘zini daryoga tashlab, cho‘kib 
ketgandir! – dedi.
– Sendan iltimos ham qilmasdan o‘zim yo‘l 
topib ketaverar edim-ku, biroq la’nati lyaxlar 
meni tanib qolib, tutib oladilarmi, deb xavotir qila-
man, chunki ayyorlikka uquvim yo‘q, siz juhud-
lar ayyorlikka yaratilgansizlar, sizlar shaytonni 


145
Taras Bulba
ham aldaysizlar. Sizlar har narsani bilasizlar
shu ning uchun sening oldingga keldim. So‘ngra 
bitta o‘zim Varshavada hech narsa qilolmayman. 
Darrov aravangni qo‘sh, meni olib bor!
– Janobingiz, baytalni qo‘shdig-u ketaverdik, 
deb o‘ylaydilarmi! Sizni yashirmasdan shundoq 
ketaversak bo‘ladi deb o‘ylaysizmi?
– Bo‘lmasa, bilganingcha yashir; bo‘sh boch-
kaga tiqib qo‘yasanmi?
– Voy, voy. Sizni bochkaga bekitib bo‘ladi deb 
o‘ylaysizmi? Axir bilmaysizmi bochkani ko‘rgandan 
keyin, har qanday odam ham araq deb o‘ylaydi-da.
– Mayli, araq desalar deyaversinlar. 
Juhud:
– Iy-ye! Mayli deysizmi? – deb ikki qo‘li bilan 
gajaklarini silab, keyin yuqori ko‘tardi.
– Ha, buncha hovliqasan?
Axir bilmaydilarmiki, araqni Xudo ichmoq 
uchun yaratgan? Bundagilarning hammasi nafsi 
buzuq, shirinxo‘rlar, lyax bochkani ko‘rsa besh 
tosh yergacha orqasidan yugurib borib, tesh-
maguncha qo‘ymaydi. Teshgandan keyin araq 
oqmasa, darrov gumon qiladi, bo‘sh bochkani 
juhud bekorga aravaga ortib yurmaydi, bir balosi 
bor deb payqaydi. «Tutinglar juhudni, bog‘lang-
lar juhudni, qamanglar, pullarini tortib olinglar!» 
deydilar. Chunki nima balo bo‘lsa, juhuddan 
ko‘radilar; chunki juhudni hamma it qatorida 
ko‘radi, juhud bo‘lgandan keyin odam emas deb 
o‘ylaydilar!
– Bo‘lmasa, baliq ortgan aravaga o‘tkazib qo‘y.
– Hech bo‘lmaydi, azbaroyi Xudo, bo‘lmaydi! Pol-
shada hozir hamma itdan battar och, baliqni ham 
o‘g‘irlab ketadilar, sizni ham payqab qoladilar.
– Bilganingni qil, nima qilsang ham, meni olib bor!


146
Nikolay Gogol
Juhud yengini shimarib olib, qo‘llarini pan-
shaxa qilib, yaqin kelib dedi:
– Topdim chorasini pan, hozir har yerda 
qo‘rg‘on va qal’alar solmoqdalar, Nemetchinadan
1
farang ustalari kelganlar, shuning uchun yo‘llar-
da g‘isht, tosh ortib borayotgan aravalar ko‘p. Siz 
arava tagiga yotib oling, ustingizdan g‘isht or-
taman. O‘zingiz baquvvat, polvon odamsiz, og‘ir 
bo‘lsa sizga hech narsa qilmas, aravaning tagidan 
teshik qilib qo‘yaman, ovqatni o‘sha teshikdan 
berib turaman.
– Nima qilsang qil, ishqilib, olib borsang bo‘l-
gani.
Bir soatdan keyin ikki xarob qirchang‘i ot 
qo‘shilgan arava, ustida g‘isht bilan Uman shahri-
dan chiqib jo‘nadi. Bir otga baland bo‘yli Yankel 
mingan, u yo‘l bo‘yiga qoqilgan qoziqdek novcha 
bo‘lib, sakragan sari, qalpog‘i tagidan chiqib tur-
gan uzun jingalak kokili selkillab o‘ynar edi.
XI
Bayon qilingan voqealar bo‘lgan zamonda 
chegaraga yaqin joylarda bojxona degan narsa-
lar, tujjorlar ofati bo‘lgan bojchi amaldorlar sira 
yo‘q edi va shu sababdan har kim xohlagan nar-
sasini har qayerga olib boraverardi. Mabodo, bi-
rov tujjorning yukini tintib, musodara qilguday 
bo‘lsa, o‘z nafsi uchun qilar edi, xususan, yukning 
ichida ko‘zga yaxshi ko‘ringan narsalar bo‘lsa 
va uning bilagida kuchi ko‘p, mushtumi og‘ir 
bo‘lsa, shunday qilardi. Ammo g‘ishtga talabgor 
bo‘lmadi, shuning uchun arava shaharning kat-
1
Nemetchina – burun Germaniyani shunday atardilar. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling