Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
153
Taras Bulba taniyolmas edilar. Afti o‘ttiz beshdan oshmagan odamga o‘xshar edi. Ruxsori qip-qizil, yuzidagi yamoqlari undagi salobatni yana oshirar, zarbof kiyimlar, juda yarashib turardi. Ko‘chalar hali ham uyquda. Pulparastlardan hech kim hali shahar ko‘chasiga chiqqani yo‘q, Bulba bilan Yankel cho‘qqayib o‘tirgan laylakka o‘xshagan bir imorat oldiga keldilar. Yalpaygan, pastak bu imoratning bir yog‘idan laylakning bo‘ynidek uzun mezana chiqib turar, mezananing tepasida kichkina tomcha ham bor. Bu imorat- ning vazifasi ham ko‘p edi; kazarma ham, avaxta ham, hatto qozixona ham shu yerda edi. Bizning yo‘lovchilarimiz darvozadan kirib, katta ayvonga chiqdilar. Bunda bir mingga yaqin odam yotar- di. Ro‘paradagi pastakkina eshik oldida o‘tirgan posbonlar chertmak o‘ynab o‘tirardilar. Posbon- lar kelgan-ketganlarga uncha parvo qilmas edi- lar, shuning uchun Yankel: – Bizmiz, og‘alar, – degandan keyin qayrilib qa- radilar. Ulardan biri bir qo‘li bilan eshikni ocharkan, ikkinchi qo‘lini chertmakka tutib berib: – Kiringlar! – dedi. Ular qorong‘i, tor yo‘lakka kirdilar va bu yo‘lak- dan borib, yana shunaqa yuqorisi bor deraza zal- ga chiqdilar. Bir necha kishi birdaniga baqirishib: – Kimsan? – deyishdi; Taras birtalay mukam- mal qurollangan odamni ko‘rdi. – Hech kimni kirgizishga ruxsat yo‘q. Yankel: – Bizmiz, biz! Azbaroyi Xudo, bizmiz! – deb shuncha qichqirsa ham, hech kim unga quloq solmadi. Yaxshiki, shu paytda semiz bir odam 154 Nikolay Gogol kelib qoldi; aftidan, kattalardan bo‘lsa kerak, chunki hammadan qattiqroq so‘kinar edi. – Janobingiz bizlarni bilasiz-ku, graf janoblari hali yana ko‘p muruvvat qiladilar. – Qo‘yib yuboring, la’natilar, boshqa hech kimni kirgizmang. Hech qaysingiz qilichingizni qo‘ymang, itdek yerda ag‘anab yota ko‘rmang... Bu farmoyishlarning ketini bizning yo‘lov chi- larimiz eshitmadilar. Yankel kimni ko‘rsa: – Bizmiz, pan, biz, oshnamiz, – der edi. Ular bora-bora yo‘lakning oxiriga yetganlari- dan keyin posbonlarning biridan: – Endi mumkinmi? – deb so‘radi. – Mumkin, biroq avaxtaning ichkarisiga sizlar- ni kirgizarmikanlar. Yan ketib qoldi, uning o‘rni- ga boshqa odam turibdi, – dedi posbon. Juhud ohistagina: – E, attang, ishimiz pachava-ku, marhamatli xo‘jam! – dedi. Taras hech narsaga quloq solmay o‘jarlik bilan: – Boshla! – dedi. Juhud nochor itoat qildi. Tepasi qubba zindonning oldida shop mo‘ylov bir sarboz turibdi. Mo‘ylovi uch yoqqa ayri bo‘lib, bittasi balandga, bittasi pastga, bittasi to‘g‘riga qarab ketgan; shuning uchun mushukka o‘xshar edi. Juhud ikki bukilib yonboshlab yurib, uning oldiga bordi. – Muhtaram afandim, ulug‘ martabali pan ja- noblari! – Sen juhud, menga gapiryapsanmi? – Ha... janobi pan! Mo‘ylovdorning ko‘zlari charaqlab: 155 Taras Bulba – Him... Men oddiy bir askarman, – dedi. – Azbaroyi Xudo, men hokimning xuddi o‘zi deb o‘ylagan edim. Hay, hay, hay... – Juhud shunday derkan besh panjasini kerib, bosh chayqadi: – sav- latni qarang-a! Xudo haqqi, polkovnikning xud- di o‘zi. Agar yana bir ellik bo‘lsa, polkovnikning xuddi o‘zi bo‘lardi-ya! Janobingizni pashshadan ham ildamroq arg‘umoqqa mindirib qo‘ymoq ke- rak, ana undan keyin mashq beraverar edingiz! Sarboz pastki mo‘ylovini rostlab qo‘ydi, ko‘zlari juda xurram bo‘lib suyunib ketdi. Juhud yana so‘z qotib: – Harbiylar ham g‘alati bo‘ladi-da! Ulardan yax- shi odam bo‘lmaydi: voy, voy, ta’rifini qo‘yavering. Bog‘ichlari, tugmachalari... oltindek yiltiraydi-ya! Qizlar ko‘rganda... Voy, voy! Juhud yana boshini aylantirib qo‘ydi. Sarboz yuqori mo‘ylovini burab, otning kish- nashiga o‘xshanqirab ketgan bir tovush chiqardi. – Janobingizdan bizga bir xizmat ko‘rsatishin- gizni so‘rayman. Ulug‘, boshqa yurtdan kelibdi- lar, kazaklarni bir ko‘ray deydilar; kazak degan xalqni aslo ko‘rmagan ekanlar, – dedi juhud. Yevropaning chala Osiyo bir qismini tomosha qi- lish uchun boshqa yurtlardan ko‘p ajnabiy graf va baronlar Polshaga sayohatga kelar edilar. Maskovi- ya bilan Ukrainani ular Osiyo hisoblar edilar. Shu sababdan sarboz boshini egib, ta’zim qilgach, bir necha kalima so‘z qotmoqni lozim topdi: – Bilolmadim, janobi oliy, ularni ko‘rib nima qiladilar. Ular odam emas, it! Dinlari ham hech kim tanimagan rasvo bir din. – Shaytondan bo‘lgan, bekor aytibsan! It – sen bo‘lasan! Bizning dinimizni bulg‘atgani qanday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling