Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
147
Taras Bulba ta darvozasidan bemalol kirib boraverdi. Bulba qafasdek joyda o‘tirib, aravalarning taqir-tuquri va ara vakashlarning shovqin-suronidan boshqa hech narsa eshitmas edi. Chang-to‘zon bosgan kalta burul otiga minib, dingillab ketayotgan Yan- kel aylanib-aylanib borib juhud mahalla deb yur- gizilgan qop-qorong‘i iflos tor ko‘chaga qayrildi. Bu ko‘chaning juhud mahalla deyilishining boisi shu ediki, Varshavadagi juhudlarning hammasi shu mahallada turar edi. Bu ko‘cha teskarisiga ag‘darilgan orqa hovliga juda o‘xshab ketar, oftob yuzini aslo ko‘rmas edi. Qop-qora bosgan yog‘och uylarning derazalaridan har qayerda bir xoda chiqib turar va bu uylar ko‘chani battarroq no- xush qilar edi. Goh-gohida g‘isht devorlar uchrab qolar, ammo bu g‘isht devorlar ham qorayib ket- gan edi. Gohida devorning yuqorisidagi bir par- cha ganchiga oftob tushib, ko‘zni qamashtiradi- gan darajada yaraqlar edi. Bunda har narsa poy- ma-poy, bir yoqda mo‘rilar, bir yoqda eski-tuski lattalar, buzuq bochkalar, po‘choq lar. Bun dagilar axlati bormi, tashlandi buyumi bormi, hamma- sini ko‘chaga chiqarib tashlardilar va o‘tgan-ket- ganlarga bu axlatlarni ko‘rib va hidlab, «huzur» qilishga imkon berar edilar. Ko‘chaning u betida- gi uydan bu betidagi uyga tortilib, juhudlarning paypoqlari, kalta ishtonlari va dudlangan g‘oz osib qo‘yilgan yog‘ochlarga otliqlarning boshlari tegay-tegay der edi. Gohida upa-eliklarni xo‘b surtib, munchoqlarni taqib olgan juhud xotin- ning basharasi ko‘hna derazadan ko‘rinib qolar- di. Aft-basharalarini kir bosgan, sochlari qo‘ng‘i- roq, bir gala chuvrindi juhudbachchalar loyga be- lanib, shovqin ko‘tarib o‘ynashar edi. Chumchuq 148 Nikolay Gogol tuxumidek butun aft-basharasini sepkil bosgan sap-sariq juhud oynadan boshini chiqarib, dar- rov Yankel bilan g‘ujurlashib ketdi, keyin Yankel bir hovliga kirdi. Ko‘chada yana bir juhud keta- yotgan edi, u ham to‘xtab gapga aralashdi; Bulba nihoyat g‘isht tagidan emaklab chiqqanda juda hovliqishib, so‘zlashib turgan uch juhudni ko‘rdi. Yankel unga qarab: «Nimaiki talabingiz bo‘lsa hammasini qilamiz, o‘g‘lingiz shahar zindonida yotar ekan, posbonlarni ko‘ndirish juda qiyin, lekin uni sizga ko‘rsatish muyassar bo‘lsa ham, ajab emas», – dedi. Bulba uchala juhud bilan birga ichkari uyga kirdi. Juhudlar yana o‘z tillarida chuldirashib ketdi- lar. Taras har qaysisiga bir-bir qarab o‘tirar edi. Ichdan bir narsani sezganday bo‘ldi. Loqayd va tund yuzida allaqanday umid olovi yondiki, odam najotdan umid uzib, dilgir bo‘lib turgan paytda bir- dan paydo bo‘lib qoladigan quvvatli umid kishini shunday kayfiyatga soladi. Uning keksaygan qalbi yigitlarnikidek, gurs-gurs ura boshladi. Taras: – Juhudlar, mening gapimga quloq solinglar, – dedi; uning bu so‘zida qandaydir bir shodlik alomati bor edi. – Olamda sizlarning qo‘lingizdan kelmagan ish yo‘q, sho‘r daryoning qa’rida bo‘lsa ham topasizlar, burungilarning: agar juhud xohlasa, o‘zini-o‘zi ham o‘g‘irlaydi, degan gapi bor. Bolam Ostapni qutqarib bering! Mal’unlar- ning qo‘lidan chiqib, qochish chorasini ko‘rsat- ing. Manavi odamga o‘n ikki ming oltin va’da qildim, yana o‘n ikki ming qo‘shay. Qimmatbaho qadahlarimni, yerga ko‘milgan oltinlarimni beray, uy-joylarimni, ustimdagi kiyimimni sotay, umrim 149 Taras Bulba boricha nima o‘lja qilsam, hammasini sizlar bilan teng bo‘lay va shunga siz bilan shart bog‘lay! Yankel uh tortib: – Yo‘q, yo‘q! Aslo iloji yo‘q, janobi pan, sira bo‘lmaydi! – dedi. Juhudning unisi ham: – Yo‘q, yo‘q! Iloji yo‘q! – dedi. Keyin uchovi bir-biriga qarashib oldi. Uchinchi juhud boshqalarga qarab, hadik bilan: – Bir harakat qilib ko‘rmaymizmi? Xudo bersa, ajab emas, – dedi. Juhudlarning uchovi nemischalashib ketdi. Bulba qulog‘ini dikkaytirib, har qancha qilsa ham, hech tushunolmadi. Hadeb: «Mardoxay», «Mardoxay» deganlarini fahmladi, xolos. – Mening gapimga quloq soling. Yer yuzida yolg‘iz bir odam bor, shu odam bilan maslahat- lashmoq kerak. U shunday odamki, donolikda Sulaymon payg‘ambarga teng; uning qo‘lidan kelmagan ish boshqa hech kimning qo‘lidan kel- maydi. Shu yerda o‘tiring! Mana kalit! Hech kim- ni kirgizmang! – dedi Yankel. Juhudlar ko‘chaga chiqib ketdilar. Taras eshikni yopib olib, kichkina darchadan iflos juhud mahallani tomosha qilib o‘tirdi. Uch juhud ko‘chaning o‘rtasida turib olib, bir-biriga gap bermay so‘zlashar edi. Bir fursatdan keyin ularga yana bittasi qo‘shildi, yana birozdan ke- yin tag‘in bittasi keldi. Taras yana haligi «Mar- doxay», «Mardoxay» degan so‘zni eshitdi. Juhud- lar hadeb ko‘chaning bir tomoniga qarar edilar. Nihoyat ko‘chaning oxiridagi xaroba bir uy orqa- sidan juhudcha kavush kiygan bir oyoq va uzun to‘nning etaklari ko‘rindi. Juhudlar birvaraka yiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling